Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi 
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy 
pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi. 
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi YAn Amos
Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida 
ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy 
qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari 
o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib 
turadi. Ya.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi 
psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga 
tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. 
Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va mutafakkiri 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan 
edi. 
Masalan, “Uy-ro‘zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli 
mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. 
“YOmon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni 
tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), 
inson tabiati qoidalarini bilishi kerak. 
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar 
tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. 
Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat 
bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta bo‘lishidan ilgari 
bola bo‘lishi kerak”. 
Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) Yetim va qarovsiz bolalar 
uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy 
kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi 
lozim. 
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Bestalotssi ketidan bu 
prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. Uz ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya 
jarayonida yo shva individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim. 
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini 
topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy “Inson tarbiyaning mazusi sifatida” degan 
psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va 
qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq 
qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur
hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash 
qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin. 
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobi (873-950) 
pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ediki, inson 
tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok 
qilish mumkin. 
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs 
ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan 
pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin. 


14 
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) 
degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon 
qonuniyatlari aniq ta’riflangan. 
Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga 
kiritgan. 
Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy
kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi. 
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib, 
quyidagi qoidalarga tayanish lozim: 

Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish; 

Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish; 

me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual 
xususiyatlarini e’tiborga olish; 

bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish; 

bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin