Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Ijtimoiy ta’lim (o‘qitish)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Ijtimoiy ta’lim (o‘qitish) 
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar, 
ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, 
integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni 
egallaydi. 


12 
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning 
jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval 
jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: emaklash, o‘tirish, yurish, 
yugurish va h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-
ukalarini), o‘z ismiga egaligiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush 
ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta 
ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq 
tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, 
ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi. 
Eng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida 
bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi. 
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani 
o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, unda bolaning ijtimoiy 
tiklanishi ko‘p holda bunga tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi. Bola o‘zi uchun 
zarur bo‘lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so‘ngra bolalar uyida tarbiyalansa 
boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish bo‘lmaydi; ota, 
ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni 
shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda 
ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo‘lishi 
kerak. 
Maktabda o‘qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan 
birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi 
lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va 
ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin