Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

“Ijtimoiy pedagogika” atamasi 1844 yili K.Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq 
ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A.Disterveg tomonidan tarqatilgan. Ana shu 
tushuncha paydo bo‘lgan paytdan hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni ikkita turlicha 
talqini mavjuddir. 
Birinchi talqin (K.Mager) - ijtimoiy pedagogika tarbiyaning ijtimoiy tomoni bilan biror-bir 
umumiylikka ega. Ikkinchi talqin (A.Disterveg) - ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit, 
vaziyatlarda pedagogik yordam sifatida ishtirok etadi. 
Birinchi yo‘nalish vakillari
K.Mager, XX asrda – P.Natorn (20-yillar), E.Bornemann, F.SHliper (60-yillar), D.Pegeler 
(80-yillar) va boshqalar bo‘lgan. Paul Natorn (1854-1924) ijtimoiy pedagogkani umumiy 
pedagogikaning bir qismi, ob’ekti sifatida qaraydi. 
P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifalarini ko‘rsatadi: birinchisi – 
bolaning jinsiy hayoti bilan bog‘liq, uning hayotida oilasi davrasida va atrofidagi yaxshi 
odamlari bilan aloqada rivojlanadi. 
Ikkinchisi – irodasi bilan bog‘liq u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirish 
bilan bog‘liq, shu bilan birga bolada emotsional, ijtimoiy va motorli (harakatlanish) qobiliyatlari 
rivojlanadi. Uchinsi - aql – umumiylikda ochib beriladi. 
P.Natorn ijtimoiy pedagogikani hamma yosh odamlar uchun pedagogik deb hisoblagan, 
uning vazifasi – yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarini tarbiyalash hisoblanadi. P.Natorn 
fikrini davom ettirib bu yo‘nalishning vakillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) 
fan sifatida qaraydilar. SHu mazmunda E.Bornemanning talqin qilishi e’tiborga loyiq, u ijtimoiy 
pedagogikani davolash pedagogikasini, iqtisodiy pedagogikani va boshqalarni birlashtiruvchi fan 
sifatida qaraydi. Uning vazifalari – ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy jamiyatda individual 
mustaqillikka yordam ko‘rsatish. Jamiyatning madaniyati va insonparvarlik rivojlanishi hakida 
qayg‘urishdan iborat. O‘zining qo‘shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiyaning hamma 
sohalariga kirib boradi, ya’ni u pedagogikaning tamoyillarinidan biri sifatida ishtirok etadi. 
SHunday qilib, ana shu talqinga binoan ijtimoiy pedagogika tarbiyaning tamoyili sifatida ishtirok 
etadi. Ikkinchi yondoshish A.Disterveg (40-50y, XIX asr), G.Nol, G.Boymer (XX asr 20-30 yil), 
K.Mollengauer (50-yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A.Distervegdan boshlab bu 
yo‘nalish vakillari ishchi sinfining ijtimoiy himoyalanganligi, xalq ta’limi, boshpanasizlar kabi 
o‘z davrlarining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qiladilar. 
German Nol (1879-1960) ijtimoiy pedagogikaning vazifasi agarda oila va maktab biror-bir 
sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo‘ladigan shoshilinch tez yordam 
ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaydi. G.Polning fikri P.Natornnikidan ancha ishonchli, aniq va 
amaliy ko‘rinadi. 
Uning g‘oyalari 1922 yili qabul qilingan yoshlarning hayriya ko‘rsatish faoliyatlari 
haqidagi qonunda o‘z aksini topdi – bu yoshlarni maktabdan tashqari boshqaradigan 
Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. SHu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda 
“shoshilinch holatlar pedagogikasi” bo‘lib qoldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda 


23 
mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan. Gertruda Boymer birinsi yo‘nalish 
tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogikani pedagogikaning tamoyili emas, balki 
tashkiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsa 
ijtimoiy pedagogikaning muammosi demakdir deb hisoblaydi u. 
K.Mollengauer boshpanasizlik haqidagi tushunchani rivojlantiradi. Agarda alohida ijtimoiy 
institutlar bolaning bu muammosini hal eta olmas ekan deb hisoblaydi u, unda tarbiyaning 
uchinchi yo‘nalishini yaratish zarurligi yuzaga keladi – davlat yordamini deydi u. 
Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunini yetkazish bilan emas, balki o‘sib 
kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida yuzaga keladigan 
muammolarni hal etish bilan shug‘ullanishi kerak, deb hisoblaydi. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari to‘la ishlab chiqilgan bo‘lsa 
ham, ammo bu hali hamma muammolar o‘rganilib bo‘lmagan deb hisoblaydilar. 
Ijtimoiy pedagogika nazariyasining umumiy ko‘rinishi hali ham noaniqligicha qolib 
kelmoqda, deb hisoblaydilar hozirgi davr nemis olimlari. Ular bundan keyin ham shundayligicha 
qoladi, chunki aralash fikrlarning (psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ishlar va boshqalar) davom 
etib kelayotgan differensatsiyasi (lot. differetia - farqlash) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to‘la 
tasvirlab berish imkonini bermay kelayapti. Bu holat har qanday fanning rivojlanishi jarayoni 
uchun tabiiydir. Boshqa tomondan esa bu ijtimoiy pedagogika nazariy munozaralari maydoni 
XXI asrda ancha kengayadi deganini bildiradi. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy 
pedagogika sohasida mutaxassislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlanadi (ya’ni, 
ijtimoiy pedagog). 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglarni tayyorlash boshlandi, XX asrning 
70-yillari boshlariga kelib Germaniya universitetlarida oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglarni 
tayyorlash boshlandi. 
Shuni aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagog bilan bir qatorda XX asr davomida 
bilim va amaliy faoliyat mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. 
Ammo ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishlarda professional faoliyatda ko‘pgina 
umumiyliklar mavjud, shuning uchun Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi. Bu 
standartda bu mutaxassislarning nomlari sinonimlar sifatida defis orqali yoziladi: ijtimoiy ishchi 
- ijtimoiy pedagog. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin