Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

INSON 
Yaxshi fikr 
 
Yaxshi so’z
 
Yaxshi ish (xulq-atvor) 


19 
maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib 
hisoblanadilar). 
Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi 
ittifoq sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar 
mobaynida o‘zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor 
etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi 
bilan quporamiz”. 
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan barcha pedagogika sohasidagi 
oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g‘alaba 
qilganligi e’lon qilindi. SHu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti 
mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, engil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi. 
Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi. 
1991 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning 
ko‘pgina sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy pedagogikaning ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 
1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘isida” Qonun (1997 yil) qabul 
qilinishi bilan ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, ma’naviy madaniyatni 
rivojlantirish, shaxsning fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali 
yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va 
insonparvarlashtirish kabi vazifalar quyildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va 
amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” predmeti ham endigina 
shakllanmoqda. 
Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishini yuritish shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha 
mamlakatimizda: Ma’naviyat va ma’rifat Markazi, “Oila” markazi, nodavlat hukumatga qarashli 
bo‘lmagan hayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
qoshidagi respublika o‘quv-metodik ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU (mafkura) 
g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar. Respublikamizda har bir navbatdagi yilni ijtimoiy 
muammolardan biriga bag‘ishlash an’ana tusiga kirgan. Masalan, 2001 yil “Onalar va bolalar 
yili” deb e’lon qilingandi. SHu munosabat bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb 
nomlangan respublika metodik seminarii o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom turmush tarzi” 
predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari 
ko‘rib chiqildi. 
O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga 
aylandi. Masalan, 1998 yil “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 
“Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla yili”, 2004 
yilni “Mehr va muruvvat yili” deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish 
yo‘llari izlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab empirik va nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la 
anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning kelgusi 
rivojlanishi etarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi 
nuqtai nazardan turib, o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga 
moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim. 
CHet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi 
vaqtda esa bu sohada juda ko‘p muhim ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. SHu sababli ham 
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa 
mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida
vujudga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni 
o‘rganishning o‘rni beqiyos. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin