Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Chet el ijtimoiy pedagogikasi rivojlanish tarixidan



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

2.Chet el ijtimoiy pedagogikasi rivojlanish tarixidan 
 
Ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan ajralib chiqqaniga deyarli ko‘p vaqt bo‘lgan emas. 
Biroq pedagogika fanining o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina, XVII asrdan boshlab 
shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) nomi va uning 


20 
“Buyuk didaktika” asari bilan bog‘liq. Bu asarda pedagogikaning tadqiqot predmet iva 
prinsiplari belgilab berilgan. Pedagogik jarayon qonuniyatlari ko‘rsatib berilgan. SHu bilan birga 
pedagogika tarixining ildizlari juda qadimga borib taqaladi. 
Ilgari ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida 
rivojlanib keldi. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo 
pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida, u bilan birga 
rivojlangan. 
Shu sababli, ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z 
tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va xalqlar o‘tmish allomalarining 
pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish 
davrlariga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni bir qator bosqichlarga bo‘lish mumkin 
deb o‘ylaymiz. 
Birinchi – dastlabki - boshlang‘ich boqich. Bu bosqich qadimgi davrlardan XVII 
asrlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda tarbiya amaliyoti va pedagogik 
ijtimoiy pedagogik qarashlarning shakllanish davridir. 
Bu bosqichda tarbiyaviy va ijtimoiy voqeliklarni vujudga kelishi yuz berdi. Inson tarbiyasi 
bu davrda tabiiy holatdan ongli faoliyatga aylandi. Tarbiya nazariyasining turli ko‘rinishlari 
vujudga keladi. Ibtidoiy jamiyatdan feodalizm jamiyatiga o‘tilib, kapital munosabatlari vujudga 
kela boshladi. Bu o‘z navbatida tarbiyada turli muammolarni oldinga suradi. Ijtimoiy 
pedagogikaga oid ko‘pgina g‘oyalar uzoq qadimgi antik davrlarda olg‘a surilgan. o‘arbdagi 
Uyg‘onish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu 
davrga italyan pedagogi, insonpavari Vittorino Da-Feltre (1378-1446) “Quvonch uyi” deb 
nomlangan birinchi maktab-internati tashkil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin. 
Ikkinchi bosqich – XVII-XIX asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga 
kelish va bu fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. XVIII-XIX asrlar jahon 
madaniyati tarixidan burjua-demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan yirik olimlar 
(pedgoglar, faylasuflar, sotsiologlar, psixiloglar) ijtimoiy pedagogik muammolar echimini
izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar echimini izladilar. Tarbiya 
masalalari jamiyatni qayta tashkil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimoiy 
pedagogik g‘oyalarida barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi 
haqidagi fikrlar ko‘tarilgan. 
Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy ijtimoiy pedagogika bilan uzviy 
aloqada rivojlandi. O‘sha davr etuk pedagoglari bolalarning turli muammolariga bag‘ishlab, 
Yetim va qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalari, maktab va boshqa muassasalar tashkil 
etadilar. 
Butun XIX asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni 
uzoq davom etdi. SHu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashqari 
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya (inson kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan) 
tibbiyot va boshqa fanlar katta ta’sir ko‘rsatdi. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralib 
chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lot. inteeger - 
yaxlit) ya’ni, boshqa fanlar bilan birlashishi davom etdi. 
XIX asr oxirida ijtimoiy pedagogik – pedagogik fanning mustaqil sohasi bo‘lib ajralib 
chiqdi. Bu hodisa Adolf Disteverg, Paul Notori va boshqalarning nomlari bilan bog‘liq. 
Uchinchi bosqich – XX asrning boshidan - ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida 
rivojlanish davri. Bu davrni teki syoki ososn davr deb aytib bo‘lmaydi. 
Hozirgi kungacha turli davlatlar olimlari orasida ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik 
fanlar orasida qanday o‘rin tutishi haqida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy 
faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va 
boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” atamalari ijtimoiy 
pedagogikada umuman ishlatilmaydi. Masalan, AQSH da o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga 
talabalar “ta’lim falsafasini” o‘rganadilar, odamlarga amaliy-yo‘naltirish yordami sohasi ijtimoiy 
ishga taalluqli, biroq, ijtimoiy xizmatchilar orasida aynan turli muammolari mavjud bolalarga 


21 
yordam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxassislar bo‘lsa ham. Belgiyada “ortopedagogika” 
atamasidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” tushunchalariga 
yaqin. 
Rossiyada ijtimoiy pedagogika rivojlanishi – fan sohasi sifatida ham va professional 
amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida - o‘z xususiyatlariga ega. 
Ijtimoiy pedagogikani mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-sharoitlarni XIX asrning 
K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashhur pedagoglari va boshqalar asarlarida topish mumkin. 
XX asrning 20-30-yillarida A.S.Makarenko, S.T.SHatskiy, V.N.Soroko-Rosinskiy kabi 
pedagoglar faoliyatlarida Yetim bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga 
qarilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin sotsializm g‘alab qilgani e’lon qilingandan keyin hamma 
ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Ularni o‘tmish sarqitlari deb atab ular haqida 
gapirmaslikka harakat qilindi. 
XX asrning 90-yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishi yangi davri 
boshlandi. Ular bu yillarda “yuqoridan” imperativ (lot. imperativus - farmon) ya’ni, e’tirozlarni 
qabul qilmaydigan, tanlashga yo‘l qo‘ymaydigan, kiritilgan. 
Bu ijtimoiy psixologiyaning ilmiy va amaliy sohalari bir vaqtda bir-biridan ajralgan holda 
rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan xali amalda yo‘q edi, fan 
haqida hech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat faqatgina endgina shakllanar edi. 
Bu ijtimoiy pedagogikaning o‘quv fani sifatida tashkil topishida ham ta’sirini ko‘rsatdi. Bu ham 
ijtimoiy-pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi. Fanning va 
amaliyotning tashkil topmaganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda ham ko‘plab hal 
qilinmagan, tortishuvli masalalar bor. Bu ob’ektiv holatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida
rivojlanishini sekinlashtiradigan omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada 
shunchalik jiddiy va dolzarb Ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar 
shug‘ullana boshladilar. 
Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika Markazi (RAO), ijtimoiy ta’lim 
Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Ekaterinburg va boshqa universitetlarida “ijtimoiy 
pedagogika” fakultetlari tashkil etildi. 
V.G.Bocharova, M.A.Galaguzova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olimlar ijtimoiy 
pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda XX 
asr 90-yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kiritildi. Ijtimoiy ishchilarning vazifasi 
aholining ijtimoiy himoyalanmagan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘ldi. 
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir-biriga juda yaqin. Birinchi 
navbatda ularni madaniy-tarixiy an’analari, alohida g‘amxo‘rlik va e’tiborni talab qiluvchi 
odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam ko‘rsatish” va 
boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ishlarda keng foydalanilishi bejiz emas. 
Ammo ular yaqqol ifoda etuvchi o‘ziga xoslikka va farqlarga ega. Ularning umumiyliklari 
va o‘ziga xosliklari nimalardan iborat: birinchi navbatda bu ularning ob’ekti yoki adresatiga 
taalluqlidir. 
Ijtimoiy ishchi ko‘z oldida inson bo‘ladi, lekin har qanday emas, faqatgina insonga 
muvaffaqiyatli bo‘lishi, farovonligi, jamiyatning haqiqiy a’zosi, tekis hayot kechirishida 
muammolari bo‘lgan inson bo‘ladi. 
Insonning hayoti davomida yuzaga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular 
psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga 
bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millatlararo va boshqa 
kataklizmalar) yoki ichki shaxslararo muammolar (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘lig‘i 
yaxshi emasligi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, ijtimoiy ishlar ob’ekti ijtimoiy 
hayoti davomida, yordamga muhtoj bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni 
inson yoshidan qat’iy nazar ijtimoiy ob’ektdir. 
Ijtimoiy pedjagogika esa uning ijimoiylashishi – individning ijtimoiy sub’ektga aylanishi 
jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, ya’ni bola 
shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs. 


22 
Bu ob’ektlarni taqqoslash ana shu ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot 
jarayonida yordam ko‘rsatish) va ob’ektni farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko‘rsatadi. 
Bu nuqai nazardan ijtimoiy ishlarda yordam ko‘rsatilayotgan odamni odatda mijoz deb atashlari, 
ijtimoiy pedagogikada esa odatda bola so‘zi ishlatilishi ham buni tasdiqlashi mumkin. 
Shunday qilib, turli mamlakatlarda tarixiy va madaniy an’analari, jamiyatning rivojlanish 
darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminologiyalarida ham 
va tushunchalari mazmunida ham o‘z farqlari bor. Ammo ularni birlashtiruvchi narsa ham bor. 
Umumiyligi shundan iboratki, har qaday jamiyat ham “doimiy muammolarni” rivojlanishi 
tarbiya va ta’limi, ayniqsa kamchiliklari va muammolari bo‘lgan bolalarning muammolarini har 
doim hal etib kelgan, hal etmoqda va hal etadi. 
Ijtimoiy pedagogikaga birinchi navbatda nemis fani pedagogikasi rivojlanishi tarixi katta 
xissa qo‘shgan, shuning uchun Germaniyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixini ko‘rib 
chiqamiz, uning tarixi 100 yildan oshiqroqdir. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin