Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Reproduktiv vazifasi 
(productio lot, so‘zidan - o‘zini qayta ishlab chiqish, ko‘payish, avlod ishlab chiqarish) 
inson zotini davom ettirish zaruriyatini sababini asoslaydi. Oxirgi paytlarda 2-3 odamdan tashkil 


25 
topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning 
erkinliklarini cheklaydi: ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o‘zining qobiliyatlarini 
amalga oshirishda. Bola ko‘rmaslik afsuski faqatgina mavjud bo‘lmay, ular bolaga ega bo‘lish 
yoshidagi er-xotinlar orasida keng tarqalmoqda, bu evropa davlatlari uchun xosdir. Oila 
kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo‘lmoqda: tug‘ilishning kamayishi, yosh 
oilalarning ota-onalaridan ajralib chiqishlari, ajralishlarning o‘sib borishi natijasida bir ota yoki 
onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog‘lig‘i sifati va mamlakatda sog‘liqni saqlash 
rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon ekologik sharoit, axloqsiz hayot 
kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli yoshi katta aholining 10-15% 
sog‘lig‘i holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas. 
Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari 
Azaldan oilasi har doim jamiyatning xo‘jalik boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov 
qilish va don etishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalar taqsimlangan 
bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Azaldan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, 
erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyusiya asriga kelib odamlar hayoti 
yumushlarining ko‘plari (ovqat tayyorlashq Kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) 
qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi. Iqtisodiy vazifasi oila a’zolari uchun boylik to‘plash 
bilan bog‘liq bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiriladigan 
buyumlar, to‘yga, voyaga etish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning 
jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, 
xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi 
masalalardagi iqtisodiy vazifasi yana faollashib bormoqda. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin