Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi 
Oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy 
guruxdir. Oila ijtimoy mikromuhitdir. Ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning 
jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga 
kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-
sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir. 
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamalakat madaniyatiga
uning ma’naviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o‘rgatish – ota-onalarning majburiy 
vazifasidir. 
Tarbiyaviy vazifasi 
Boshlang‘ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. 
Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi muhit va sharoit 
bolaning shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi, erkalaydi, 
tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari – 
bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning 
taqlid etishga qiziqishi, havas qilishiga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola 
kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan 
tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. 
To‘g‘ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, 
pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin.
Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay 
ma’naviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin