Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari 
Chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib 
ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish boy tajribalari to‘plangan. 
Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqirozintervent va muammoli-yo‘naltirilgan modelni 
o‘zaro aloqlarini ko‘rsatadilar. 
Inqirozintervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam 
ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi 
mumkin yoki tasodifiy zarar etkazuvchi holat bo‘lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar 
bolaning yoshi inqirozi bilan bog‘liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi. 
Uch yosh inqirozi shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni 
bilan va ijtimoiy-ma’naviy sifatlarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq 
bo‘ladi. 
7-8 yosh inqirozi maktab o‘quvchisi yangi ijtimoiy mavqega moslashishi, hayotning yangi 
rejimini o‘zlashtirishi, o‘qituvchi bilan, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o‘rnatilishi bilan 
bog‘liqdir. 
12-17 yosh inqirozi o‘zini tashkil toptirish, oila a’zolari, ota-onalari bilan, umuman kattalar 
bilan munosabatlarini o‘zgartirish davri. 
18-21 – ijtimoiy o‘zini aniqlash davri. 
Oilaga inqiroz paytida faqatgina ijtimoiy pedagog emas, balki professional psixolog
yordam ko‘rsatish norasmiy guruxlari, maxsus tashkilotlar (ijtimoiy himoya, reabilitatsiya 
markazi va boshqalar) yordam ko‘rsatadilar. 
O‘zaro aloqalar muammoli- yo‘naltirilgan modeli (shakli) qisqa vaqtli ishlar strategiyasiga 
kiradi, uning davomiyligi 4 oydan oshmaydi. Muammoli-yo‘naltirilgan modeli oila murojaat 
etgan aniq amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. 
Bu model diqqat markazida muammo va yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar bo‘ladilar, 
oilaga yordam ko‘rsatuvchilar o‘z kuchlarini oila anglab etgan va ular buning ustida ishlashga 
tayyor bo‘lgan muammoni hal etishga qaratishlari kerak. Bunday muammolar bolaga destruktiv 
munosabatlar (lotincha destructio-buzish, barbod etish, biror narsaning normal tuzilishini 
parchalash), tarbiyalash noto‘g‘ri usuli, oiladagi yomon, ko‘ngilsiz psixologik muhit bo‘lishi 
mumkin. CHet el davlatlari ish tajribalarida asosan ustun bo‘lgan ishlar olib borish uzoq vaqtli 
shakllari mijoz bilan uzoq vaqt munosabatda bo‘lishni (4 oy va undan ko‘p) talab etadi va 
odatda psixologik yondoshishga asoslanadi. 
Oilalar ijtimoiy-pedagog va psixologik yordam so‘rab murojaat etmasa (ular bunga 
muhtojlar aslida) unda ularga nisbatan patronaj kabi ish usuli qo‘llaniladi. Patronaj ijtimoiy 
pedagogning ish usullaridan bir shaklidir, bu usulda ijtimoiy-pedagog diagnostik, tekshirish
nazorat, moslashish-reabilitatsion maqsadlarda oilalarni uyiga kelib ishlashidan iborat bo‘ladi. 
O‘zbekiston respublikasida patronaj ish usuli mavjud bo‘lib va pediatrik xizmatlar, nogironlar va 
nafaqaxo‘rlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin tibbiy 
va xo‘jalik-turmush xizmatlari patronaj imkoniyatlarini chegaralamaydi, uning doirasida turli xil 
ta’lim, psixologik yordamlari amalga oshirishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy pedagogning 
oilaga kelib ishlash shakli uning ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Patronaj bilan bir qatordaoila bilan ishlash shaklidan biri sifatida konsultatsion suhbatlarni 
ko‘rsatish mumkin. Individual konsultativ suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlash guruxli 
ishlash metodi –trening qo‘llanishi mumkin. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin