40
alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi
jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid
9
.
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial
xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada,
biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola
jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga etmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat,
janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan sub’ekt, o‘z
harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
- arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talonchilik, avtotransportni
o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz
qilishdan iborat.
- Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati
bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga etguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va
Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor
Dostları ilə paylaş: