Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


O‘smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishga asosiy yondashuvlar



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

4.O‘smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishga asosiy yondashuvlar 
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sishi jamiyat oldiga ijtimoiy 
me’yorlardan og‘ishgan xulqli o‘smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va 
usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. SHu sababli deviant va delinkvent xulq-
atvorli o‘smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar 
Fan va amaliyotda keng tarqalgan. 
Profilaktika (oldini olish)-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli 
ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki 
neytrallashga yo‘naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-


42 
tadbirlarining yig‘indisidir. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir 
necha yondashuvlari mavjud. 
1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og‘ishganlik kelib 
chiqishida voyaga etmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o‘z asosiy 
yo‘nalishi sifatida voyaga etmaganlarga bu me’yorlarga rioya qilish, o‘z huquq va burchlari 
haqida axborot berishdan iborat. Davlat va jamiyat qo‘ygan talablarini bajarishda bolalarning 
yosh ko‘rsatkichiga mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko‘zda 
tutadi. 
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie)dan 
kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan foydalanish mumkin. 
2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari 
va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga etmaganlar tomonidan 
giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida 
ma’lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik 
moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O‘smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi 
psixotron moddalar to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni 
iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Bizning jamiyatimizda o‘smirlar o‘rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi 
muammosi ham muhim o‘rin tutadi. O‘smirlar ichkilikbozlik va alkologizmning og‘ir ijtimoiy va 
psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar. 
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan 
og‘ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog‘lom shaxslarga 
munosabat-biologik darajada bo‘lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog‘lig‘ida 
turli nuqsonlar bo‘lsa, u o‘z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi 
mumkin. Bu holatda insonga uni o‘zgartirib bo‘lmaydigandek qaraladi. O‘smirda bunday psixik 
nosog‘lomlikni o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir. 
CHunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O‘smir 
psixiatr mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari ko‘rilishi 
lozim. 
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o‘smirni deviantlik xulq-
atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to‘g‘rilashdan iborat. Ayniqsa, uning 
axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O‘smirlarda, ularning irodaviy 
xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim: 

o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish; 

o‘smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar etkazish kabi illatlarga bo‘lgan qiziqish 
va harakatlarini to‘xtatish; 
o hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish; 
o huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish. 
Erki bo‘lmagan inson flyugerga o‘xshaydi, shamol qay tarafga essa o‘sha tomonga 
o‘giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni 
engillik bilan aldash, o‘zgalarning so‘zlariga quloq solishi. o‘zga axloqiy qarash va baholarga 
og‘dirish oson. O‘zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga
ega bo‘ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini 
berib, uni o‘z-o‘zini boshqara olishga o‘rgatish zarur. 
5. Saknsiyalarni qo‘llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan insonni jinoiy 
qonunlar asosida jazolash turadi. 
Biroq, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bu Samara bermaydigan holat bo‘lib, jamiyat 
tomonidan qattiq sanksiya bo‘lib hisoblanadi, xalos. SHu sababli ijtimoiy og‘ishganlik 
sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin