Biologik ta’lim jarayonining yaxlitligi. Zamonaviy ta’lim – tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 223,76 Kb.
tarix03.02.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#82555
4-мавзу

BIOLOGIK TA’LIM JARAYONINING YAXLITLIGI. ZAMONAVIY TA’LIM – TARBIYA JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1. Zamonaviy talim-tarbia jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. 2. Talim soxasidagi davlat siyosatining asosiy va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat prinsiplarini ko’rsatish. 3. O’qitish prinsiplari va qonuniyatlari. 4. Biologik ta’lim jarayonining yahlitligi.


Jamiyat rivojining har bir bosqichi ta'lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo'yadi.
Ta'lim tizimi mazkur buyurtmalarga muvofiq o'zining maqsad va vazifalarini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon xamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iktisodiy, madaniy-ma'rifiy, diplomatik alokalarning yo'lga ko'yilishi barcha jabhalar kabi ta'lim tizimini islox qilishni talab etdi. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasining "ta'lim to'g'risida"gi qonunida ta'lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot soxasida ustuvor yo'napish deb e'lon qilingan.Mazkur xujjatda mamlakatimizning ta'lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari etib, kuyidagilar qayd etilgan:
  • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
  • ta'lim uzluksizligi va izchilligi;
  • ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
  • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning xamma uchun ochikligi;
  • ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabakalashtirilgan yondoshuv;
  • bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish;
  • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish;

Uzluksiz ta'lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan iborat:
• ta'lim oluvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
• o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distasion ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish
• yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash orqali, o'qitishni jadallashtirish va samaradorlikka erishish;
• xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosda ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlash; • Uzluksiz ta'lim tizimi oldidagi ijtimoiy buyurtmalar asosan, ta'lim-tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish. • xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
•ta'lim berishning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta'limi va tarbiyasini takomillashtirish;
• o'quvchi-yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish, ta'lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko'tarish
Pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi qonuni.
Pedagogik jarayonning yaxlit va tarkibiy qismlari o'rtasidagi uzviy boglanishlarni,shuningdek, ta'lim jarayonining mazmuni, vositalari, metodlari, shakllari,o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining o’qitish maqsadlari bilan uygun ravishdaboglikligini ta'minlaydi. Mazkur qonuniyatlar uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim strategiyasi va mazmunini belgilab, mazkur tizim oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni shakllantiradi. Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda yuqorida qayd etilgan printsiplar va qonuniyatlar o’qituvchining diqqat markazida bo'lmogi lozim. O’qituvchi o’qitish jarayoni davlat va ijtimoiy buyurtmalarga muvofikmaksadlarni, ta'lim mazmuni, pedagogik mulokot vositalari (o’qitish vositalari, metodlari va shakllari), o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatishakllari, o’quv-bilish jarayonini tashkil etish va nazorat kilish yo'llarini tasavvur qilmogi lozim.
Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar biologik ta'lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko'rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning metodologik printsipi, nazariyani amaliyot bilan bog'lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik, ta'limni tabaqalashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o'qitishni uyg'unlashtirish, o'qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog'liqligi, o'qitish maqsadi, vositalari va natijalar birligi, baholash va o'z-o'zini baholash printsipi bilan bir qatorda, ta'limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi printsiplarga ham amal qilinishi zarurligini ko'rsatdi.
Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar biologik ta'lim jarayonida: ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko'rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning metodologik printsipi, nazariyani amaliyot bilan bog'lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik, ta'limni tabaqalashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o'qitishni uyg'unlashtirish, o'qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog'liqligi, o'qitish maqsadi, vositalari va natijalar birligi, baholash va o'z-o'zini baholash printsipi bilan bir qatorda, ta'limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi printsiplarga ham amal qilinishi zarurligini ko'rsatdi.
Yüklə 223,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin