Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


 O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. Deviatsiya tiplari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

2. O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. Deviatsiya tiplari 
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish 
bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb 
hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, etuk 
inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi. 
O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi 
qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarining 
yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati 
almashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy etilish 
faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik 
muammolarni vujudga keltiradi. 
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”-
savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki 
bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar 
shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib 
turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, 
oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va 
norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. 
O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq 
xush ko‘radi. 
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki 
o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k erto‘lalar ham bo‘lishi 
mumkin. 
Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli vaziyatda 
bo‘ladilar. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dakka g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda 
bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. SHu sababli 
kattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi 
shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin harakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga 
qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film 


39 
qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va 
boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilishi 
holatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch 
turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi kosmetika va boshqa 
vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida 
o‘zini tan olishlariga harakat qiladi. 
SHu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni 
aytish mumkin; hissiy noetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini etarli darajada nazorat qila olmaslik, 
o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, 
o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu etarli darajada 
etilmagan va etuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning 
chegarasidir. 
Katta deb hisoblanishi uchun etarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda 
atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va 
harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan bosqich 
o‘smir shaxsidir. 
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga etmagan, biroq o‘z xulq-atvori va hatti-harakatlariga 
axloqiy hamda huquqiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. SHu sababli 
o‘smirlar uchun o‘z hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o‘rnatilgan. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin