Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
4-mavzu. Deviatsiya ijtimoiy pedagogik muammo sifatida 
 
Reja: 
1. Axloq me’yorlaridan chetga chiqish tushunchasi, unga tavsif va uning tiplari. 
2. O‘smirlik yoshida me’yordan og‘ish deviatsiya holatlari. Deviatsiya turlari. 
3. O‘smirlarda deviantlik xulqining sabablari 
4. O‘smirlarning deviantlik xulqining oldini olish (profilaktikasi) ga asosiy yondoshuv. 
5. Deviant xulqli o‘smirlarda ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlari. 
Asosiy tushunchalar: Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me’yorlar, rivojlanishida 
og‘ishlik bo‘lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvant xulq, qarovsizlik. 
1. 
Me’yor va xulqiy og‘ishganlik tushunchasi va ularni tavsiflash. Xulqini 
og‘ishganlik tiplari. 
Rivojlanishning qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday jamiyatda, u eng 
rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo‘ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, 
ularda o‘zlariga alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo‘ladi. Bunday insonlar biror-bir 
jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday 
insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo‘lib ajralib turadi. Ularga doimo 
maxsus alohida munosabatda bo‘lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-
madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo‘lib kelingan. Masalan, 
qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosog‘lom bolalarni 
qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan. Boshqa jamiyatlarda esa
bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan. 
hozirgi davrda AQSH va qator Evropa mamlakatlarida nosog‘lom insonlarga ham barcha 
qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo‘ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a’zosi 
sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yokti imkoniyati cheklangan shaxs sifatida alohida 
maxsus e’tibor beriladi. 
“Muammoli inson” tushunchasi AQSHda keng qo‘llanilsa Evropa mamlakatlarida 
“imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko‘p ishlatiladi. 
Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog‘liq 
masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. CHunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o‘sib 
bormoqda. 
YUNESKOning istiqbol bo‘yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu 
ko‘rsatkichni o‘zgartira olmaydi. 
Sog‘lom muhit doimo insonlar ongida o‘z chegarasiga ega bo‘lib, chegaradan tashqi 
bo‘lganlar “nome’yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki 
anglamagan holda o‘zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi. 
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda 
keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta’rif berishga bo‘lgan intilish 
muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif 
berganlar. “Me’yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat 
terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy 
me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. SHu sababli ham ular birinchidan, 
milliy o‘ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o‘tishi bilan qayta-qayta o‘zgarib turadilar. AQSHda II 
jahon urushidan so‘ng ikki-uch o‘n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy” hodisa 
hisoblangan bo‘lib, unga jamiyatda bee’tibor bo‘lganlar. hozirda, jamiyat bu yomon, sog‘liq 
uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida 
munosabatda bo‘ladilar. 
Aslida, qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo‘lsa, shunchalik shaxsning 
nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamli munosabatda bo‘linadi – agar totalitar rejimga


36 
asoslangan bo‘lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo xulqiy og‘ishlik 
holatlariga yo‘l qo‘yilsa, ular raxmsizlik bilan jazolanadilar. SHuni unutmaslik lozimki, me’yor 
– bu shunday g‘oyaviy hosilaki, unda ob’ektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o‘rtacha statistik 
ko‘rsatkich bo‘yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi. 
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o‘z ko‘rsatkichlari, parametrlari 
(o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo‘lmagan holatlar barchasi boshqa so‘z 
“me’yordan og‘ishlik” deb yuritiladi. 
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ishlik” tushunchalari juda muhimdir. 
Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo‘llaniladi. 
Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, me’yordan 
xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo‘lib 
ifodalanishi mumkin. 
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik, alkogolizm
giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, balki jamiyatning) ijtimoiy 
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha 
shakllari taalluqli bo‘lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar
aksincha eski me’yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin