Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Me’yordan og‘ishganlik tiplari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Me’yordan og‘ishganlik tiplari 
Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy, psixik, 
pedagogik va ijtimoiy. Me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, 
tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, 
bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini 
xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq 
keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og‘ishgan bolalarni 
ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi. 
Sog‘lig‘i jihatidan me’yordan og‘ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga 
o‘tuvchi omillar, ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir ekologik 
vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining 
og‘irlashishi va boshqalar. Sog‘ligi va o‘sishida me’yordan og‘ishlik bo‘lgan insonlarning 
ko‘pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati 
cheklangan shaxslar uchun uch bo‘g‘inli shkalasini qabul qildi. 
1. 
Xastalik – inson sog‘lig‘idagi har qandy yo‘qotish, psixik yoki jismoniy funksiya 
anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir. 
2. 
Cheklangan imkoniyat – inson uchun me’yordagidek hisoblanadigan har qanday 
cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson 
faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar. 
3. 
Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan 
imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy 
yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat. 
G‘arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul 
qilingan. O‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi 
bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi 
ta’lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab 
etadi. 
Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va 
murakkab kabi turlarga ajratilgan. 
Me’yordan psixik og‘ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi,uning psixik nuqsonlari 
bilan bog‘liq. 
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan bolalar va aqliy 
norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda 


37 
turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: engil – debillik, chuqur – idiotiya. SHuningdek, psixik 
og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. 
Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (YUnon tilidan, autos- sam) – 
psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o‘z-o‘zini 
o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi. 
Me’yordan psixik og‘ishganlik bolalarning alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga 
muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni bajarishda yutuqlarga erishuvida 
muhim bo‘lgan bolalar iste’dodining o‘ziga xos turlaridir. Hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni, 
ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’at, sport, aqliy qobiliyatlilarini ertaroq aniqlovchi 
ajoyib metodikalar ishlab chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllashtirishga ham 
xizmat qiladi. 
Pedagogik me’yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy 
pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda 
tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik 
me’yordan og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo‘lib, 
mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq
ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o‘zlashtirishi, o‘rta ma’lumot (9-
sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (9-sinf) hamma 
uchun majburiydir. SHu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus 
yoki kasb ta’limi o‘qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi. 
Biroq o‘rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. O‘zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati 
turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o‘qishga hoxishi 
yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb faoliyati bilan shug‘ullana olmasligi kabi 
xususiyatlari birlashtiradi. SHunday holatlarlardan kasb ta’limiga ega bo‘lmagan bolalar kelib 
chiqadi. Bu me’yordan og‘ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik 
yordami zarur bo‘ladi. 
Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi “ijtimoiy me’yorlar” tushunchasi bilan 
bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan 
hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) 
qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular 
Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. SHu 
maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu 
(man qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan. 
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan 
yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan 
munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan ahloq va hulqli me’yordan og‘ish holatlari 
shakllanishiga qarshi me’yorlash yuzaga keldi. 
Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi: 
1. 
Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar. 
2. 
Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki 
insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli 
me’yorlar. 
Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar 
bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan 
bola deb ataydilar. 
Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid 
adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, 
toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik
huquqbuzarlik va boshqalar kiradi. 


38 
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: 
“Tarbiyasi og‘ir”, “Og‘ir xulqli”, “deviant bola” xulqi og‘ishgan, asotsial xulqli bola. Ijtimoiy 
rivojlanishida xulqiy og‘ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog‘isiz 
qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – Yetimlar va “ijtimoiy Yetimlar” dir. Ular biologik 
ota-onalari bo‘la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan 
chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. SHu sababli 
ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy 
og‘ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalar 
holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og‘ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish 
ishlarini bajarish lozim. 
Me’yordan og‘ishganlik tiplari
Jismoniy
Psixik
Pedagogik
Ijtimoiy

Kasallik; 

ko‘rishida 
nuqsonli; 

eshitishda 
nuqsonli 

harakat 
apparatidagi nuqsonlar 

psixik rivojlanishida 
ortda qolish; 

aqliy zaiflik 

nutqiy nuqson 

emotsional-irodaviy
nuqsonlar 

iqtidorlilik 

umumiy 
ta’lim 
olishdan og‘ishlik 

kasbiy 
ta’lim egallashdagi 
og‘ishlik 

Yetimlik 

xulqiy og‘ishlik: 
alkogolizm, 
toksikomaniya, 
giyohvandlik, 
buzuqlik, 
qarovsizlik, 
daydilik, 
huquqbuzarlik, 
jinoyatchilik. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin