48
beradilar. Bunday oilalarda spirtli ichimliklar ichish yomon hisoblanmaydi, bolalarni spirtli
ichimlik ichishlari esa tashvish tug‘dirmaydi. Bolalar ichkilikbozlik odatlarini spirtli ichimlik
ichishga boshlashdan ancha avval bilib oladilar.
Bolalar o‘yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so‘zlari gapiradilar, bakallarni
urishtiradilar, ularning mast holatlarini o‘xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol
tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo‘ladi.
Alkogolning o‘zi gendan o‘tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri
xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o‘tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan.
Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik
holatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Uchinchi bosqich o‘smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi ettitasini
ko‘rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv
reklamalar; bo‘sh vaqtida hech bir ish bilan shug‘ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi;
muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o‘zini tashkil toptirish.
Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo‘ladi, bu berilish odatga aylanadi, bu
odat esa ko‘pchilik hollarda alkogolga qaram bo‘lib qolishi hollariga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: