Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat 
yuritish tuzilmasi 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu aniq bir bolaga uning individual muammolarini hal etish 
uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatdir. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi prinsiplarga tayanadi: 

bolaga individual-shaxsiy yondoshish 

bola shaxsining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratish 

bolaga yondoshishning ob’ektivligi 

konfedensialligi
14
14
кофеденциал (лотинча confidential - ишониш) – ишонувчи, овоза қилинмайдиган, махфий 


51 
ijtimoiy-pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi o‘z tuzilishiga ega va quyidagi 
tarkibiy qismlardan tashkil topgan: maqsad, sub’ekt, ob’ekt, funksiyalari, metodlari, shakllari
spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning 
tuzilishi har bir tarkibiy qismi mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 
Birinchi - tashkiliy qismi. Alkogolizmga odatlangan o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik 
faoliyatning maqsadi bolalarda alkogolizmni rivojlantirishga imkon beruvchi salbiy omillarni 
yo‘qotishga qaratilgan. 
Birinchi omili – individual psixologik hisoblanadi, bu shaxsiy xislatlari buzilishiga, 
sabablilik doirasining zararlanishini o‘z ichiga oladi. O‘smirning munosabatlar ko‘nikmalari 
rivojlanmagan, pedagogik qarovsiz, psixik rivojlanishi (ZPR) ortda qoladi. 
Ikkinchi omil – individual-somatik – spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolada nasliy 
somatik kasalliklar bo‘ladi, ular jismoniy kasalliklar rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi. 
Uchinchi omil – ijtimoiy-maktabdan tashqari, bu kattalar tomonidan bola huquqlari 
buzilishini, bola qarovsiz qolganini yoki kattalar bolani haddan tashqari qattiq tarbiyalash bilan 
shug‘ullanishlarini anglatadi, yoki bolani noqonuniy harakatlarga jalb etadilar, oilaning ijtimoiy 
mavqei past, oilaviy o‘zaro munosabatlar yomon bo‘ladi. 
To‘rtinchi omil – ijtimoiy maktab, ya’ni sinfdagi yomon ta’sir qiluvchi psixologik muhit, 
o‘quv guruhining (sinfning) past ijtimoiy mavqei. Bu omillar bolaga ta’sir ko‘rsatadi, unda spirtli 
ichimliklarga bog‘lanib qolishni rivojlantiradi. SHuning uchun, ijtimoiy-pedagogik faoliyat 
bolaning ijtimoiylashishini qiyinlashtiruvchi omillarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadlarini quyidagi vazifalarni hal etish bilan amalga 
oshirish mumkin: 
1. Ma’lum bir o‘smirga faol yordam ko‘rsatish va himoyalash usullarini yaratish. 
2. O‘smirda ijobiy qadriyatli yo‘nalishlar shakllantirish 
3. O‘smirni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish. 
4. Faol shaxsni tarbiyalash. Unga fuqarolik, oilaparvarlik sifatlarini rivojlantirib, o‘ziga 
to‘g‘ri baho berishini shakllantirib tarbiyalash kerak. 
5. Bolaning jismoniy va psixik sog‘lomligini mustahkamlab borish. 
6. Bolaning huquqiy madaniyati asoslarini shakllantirish. 
7. Qiyin vaziyatlarda yo‘l topa bilish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Ikkinchi tarkibiy qism – bu uning sub’ekti. Faoliyat sub’ekti ijtimoiy-pedagogik
hisoblanadi, lekin undan tashqari maxsus ishlar bo‘yicha mutaxassislar ham valeolog
15
, psixolog 
va ota-onalar jalb etilishi mumkin. 
Uchinchi tarkibiy qismi – bu ob’ektdir, butun ijtimoiy-pedagogik faoliyat tashkil etiladigan 
ob’ekt. Faoliyat ob’ekti alkogolizm jarayoniga turli darajalarda berilgan bolalar hisoblanadilar. 
To‘rtinchi tarkibiy qism – faoliyat vazifalari, bu vazifalarni faoliyat sub’ektlari bajaradilar: 
ijtimoiy-pedagog, ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis, valeolog, psixolog, ota-onalar.
Ijtimoiy-pedagogning faoliyati vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. 
Ijtimoiy-pedagogik- ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni yo‘lga quyishda bolaga 
va oilaga yordam ko‘rsatish, bolaning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish. 
2. 
Ijtimoiy-o‘qitish vazifalari – bolaga ichkilikbozlik muammolari haqida bilimlarni 
egallab olishga yordam ko‘rsatish hamda ichkilikbozlikka berilish jarayoniga qarshi turish 
ijtimoiy mahoratlari va ko‘nikmalarini egallashiga yordam ko‘rsatish. 
3. 
Huquqiy-himoyalanish vazifalari, bu vazifa alkogolizmga berilgan bolaning 
huquqlarini himoya qilishni va rioya qilishni ko‘zda tutadi. 
Ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) 
Ijtimoiy turmush – oila va bolaga turmush, tura rjoy sharoitlarini yaxshilashda 
yordam ko‘rsatish va qullab-quvvatlash. 
2) 
Ijtimoiy-iqtisodiy - spirli ichimlik ichadigan bola yashaydigan oilaga moddiy 
yordam ko‘rsatishda ishtirok etishini ko‘zda tutadi. 
15
валеолог (лот. Vale - соІ бґл) – болалар соғлом турмуш тарзига ўргатувчи мутахассис 


52 
Valeolog ijtimoiy-tibbiy vazifalarni bajaradi, bu spirtli ichimlik ichadigan bola sog‘lig‘ini 
saqlash bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi. 
Psixolog ijtimoiy-psixologik vazifalarni amalga oshiradi, bu ishlar turli xildagi testlardan 
o‘tkazishni, bola va ota-onalarga maslahatlar berishni ko‘zda tutadi. Bolaning ota-onalari bola 
shaxsi shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishlari kerak.
Faoliyatning beshinchi tarkibiy qismi metodlar hisoblanib, ular uning turli sub’ektlari 
faoliyatlariga, bolaning yoshi xususiyatlariga, uning alkogolizm jarayoniga berilganliklari 
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Faoliyat tuzilishining oltinchi tarkibiy qismi - aniq metodlarga binoan belgilanadigan 
metodlarni amalga oshirish shakllari. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ushbu texnologiyasi kompleks hisoblanadi, chunki bir 
maqsadga erishishga harakat qiluvchi turli mutaxassislarni ishlarini birlashtiradi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin