Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Jinoyat sodir etishning sabablari (motivlari)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
Jinoyat sodir etishning sabablari (motivlari) 
Og‘ir moddiy ta’minlanganlik holati o‘smirlarning o‘z ehtiyojlari va qiziqishlarini 
qondirish uchun imkoniyatlarini kamaytiradi, bu ko‘pincha o‘smirlarni jinoyat sodir etishga 
majbur etadi. Biror-bir buyum xarid qilib olish uchun mablag‘ning etishmasligini ular noqonuniy 
usul bilan to‘ldiradilar. Balog‘atga etmagan hukm etilganlar uchun nomusiga tegish, o‘g‘rilik, 
bosqinchilik, odam o‘ldirish, tan jarohati etkazish, avtomashinalarni o‘g‘rilash kabi jinoyatlar 
xosdir. YOmon niyatda jinoyat sodir etishning sabablari quyidagilar: qimmatbaho buyumni 
egallab olish istagi, buyumlar sotib olish uchun shaxsiy puliga ega bo‘lish istagi. Bu jinoyatlar 
asosida modadan qolmaslik tengdoshlari ega bo‘lgan narsalarga ega bo‘lish, hatto jinoyat sodir 


64 
etib bo‘lsa ham ega bo‘lish istagi yotadi. Kuch ishlatib jinoyat sodir etishning eng ko‘p 
uchraydigan sabablari: qasos olish, “erkakligini” ko‘rsatib quyish, “irodasini mustahkamlash”, 
“hech narsadan qo‘rqmaslik” va shunga o‘xshash. Ko‘pchilik jinoyatlar “xavfi bo‘lganiga 
javoban”, “do‘stini sotmaslik”, “o‘rtoqlarini ishontirishga” kat sababli sodir etiladi. 
Retsedivlar (takroriy jinoyat sodir etish) sabablari orasida “jabrlanuvchilar qarshilik 
ko‘rsatmadilar”, “o‘ziga ishonish xissi paydo bo‘ldi”, “o‘g‘rilangan narsani sotish osonligi”, 
“tajribali yo‘lboshchining rahbarligi” kabi sabablar uchraydi. 
Asossiz beshavqatlik xususiyatiga ega og‘ir jinoyatlar, odam o‘ldirish, bezorilik, og‘ir tan 
jarohati etkazishning ko‘pchilik qismi o‘smirlar tomonidan mast holatda yoki narkotik iste’mol 
qilgan holatda sodir etiladi. Bunday holatlarda jinoyat sodir etish aybni og‘irlashtiruvchi 
hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko‘pchiliklari erta chekishni boshlaganliklari, spirtli ichimlik 
ichganlari aniqlandi, bunga kattalar, shu jumladan ota-onalari ibrat bo‘lganlar, yana o‘rtoqlaridan 
toksik moddalarni xidlashga, narkotiklar iste’mol qilishga o‘rganish sabab bo‘lgan.
Jinoyatlarning bir qismi o‘smirlar tomonidan kattalar bilan birga sodir etiladi. Bunday 
jinoyatlar odatda oldindan tayyorlanadi. Katta yoshli jinoyatchilar, jinoyat fosh etilgan taqdirda 
o‘smir “o‘rtoqlik xissi” va qasam ichganligi sababli aybni o‘z bo‘yniga oladi deb o‘ylaydilar, 
agarda sud bo‘ladigan bo‘lsa unga katta muddat bermaydilar, shartli yoki ijro etishni orqaga 
surish beriladi deb ishontiradilar. Mustaqil va hech kimga qaram bo‘lmaslikka intilib, lekin 
bunga xali tayyor bo‘lmay o‘smirlar jamoatchilikka yot elementlarning psixologik ta’sir 
ko‘rsatishlariga osongina ko‘nadilar. O‘smir bir o‘zi hech qachon jazm eta olmaydigan ishni u 
guruhda amalga oshira oladigan bo‘ladi. 
Ba’zi o‘smirlar jinoyat sodir etib buni sho‘xlik deb baholaydilar. Ular tartib buzish bilan 
jinoyat orasidagi chegarani ko‘rmaydilar. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida hukm etilgan 
balog‘atga etmaganlarning 50 % gina ular jinoyat sodir etayotganlarini bilganlar. 20 % taxmin 
qilganliklari, qolganlari esa hatto xayollariga ham keltirmaganliklari aniqlandi. Ularing 
ko‘pchiliklari o‘z huquqbuzarliklarini jasorat, madrlik va irodasini ko‘rsatish deb baholaydilar. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin