Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Tarbiyalash koloniyalaridagi balog‘atga etmagan hukm etilganlarning yoshi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Tarbiyalash koloniyalaridagi balog‘atga etmagan hukm etilganlarning yoshi
xususiyatlari 
Jinoyat kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan mahrum etishga hukm 
etilganlar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmaganlar hamda ular 21 yoshga 
etguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o‘taydilar. 
Yoshi ko‘p jihatdan insonning jismoniy holatini, uning xulqini, qiziqishlarini, hayotdagi 
imkoniyatlarini belgilashi hammaga ma’lum. 
Jazoni o‘tash davrida ham yoshi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ular tarbiyalash jarayonini 
tashkil etishda, hukm etilganlar jamoalarini tuzishda va boshqalarda hisobga olinadi. Balog‘atga 
etmagan jazolanuvchi – bu o‘smirdir. O‘smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, 
kuch-quvvati, faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O‘smirning qattiq emotsionalligi, 
ta’sirchan, engiltakligi intizomni buzish sababi bo‘lishi mumkin. Balog‘atgaetmagan 
jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda 
ta’sirchan bo‘ladilar. Ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qaramaydilar. Bu 
ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u hulqini ijtimoiy boshqarish samarasini pasaytiradi. Bular 
ularda ijtimoiy foydali ko‘rsatmalar, qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. 
SHu bilan bir vaqtda ma’naviy beqarorligi, “oson va chiroyli” hayot kechirishga intilishi, 
madaniylik darajasi pastligi xulqini ma’naviy o‘zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-
axloqsizlik harakatlardan ular osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o‘tishlariga olib 
keladi. 
Bu yoshdagi o‘smirning hulqi va faoliyatiga o‘zicha baho berishi ta’sir ko‘rsatadi, u 
ko‘pchilik hollarda yoki oshirib yuborilgan yoki pasaytirilgan bo‘ladi. O‘ziga yuqori baho 
berishda o‘smir o‘zini hammadan ustun deb hisoblaydi, boshqalar orasida ajralib turishni istaydi. 
Bunday jazolanuvchilar koloniya xodimlarining maslahatlariga kam quloq soladilar, 
tarbiyachilarga kinoyali munosabatda bo‘ladilar, ularda ma’naviy o‘zini takomillashtirishga istak 
uyg‘onishga intilishga e’tiborsizlik bilan qaraydilar. O‘zini baholashi past bo‘lgan 
jazolanuvchilar o‘zlarida ishonchsizlikni his etadilar, qo‘rqadilar, boshqalardan yomon 
ko‘rinadilar. Buning oqibatida ular boshqalar ta’siri ostida qoladilar. 
Balog‘atga etmagan jazolanuvchilarda bu yoshda irodasi va irodaviy sifatlari shakllanishi 
jarayoni boradi. Bu davr davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlarini shaxs sifatida, kuchli va irodali 
shaxslarni namuna qilib olib o‘zlarini tarbiyalashga qodir ekaliklarini anglab etadilar. 
Ammo tashqi ko‘rinishi ularda ko‘pincha qilgan ishlari ma’naviy mazmunini to‘sib 
qo‘yadi. Buning natijasida ma’naviy namuna sifatida ularda jinoyatchilik romantikasi 
ishqivozlari o‘rin oladi. 
Ko‘pchilik balog‘atga etmagan jazolanuvchilar uchun dunyoqarashlari qarama-qarshiliklari 
xosdir. Ularning qarashlari va ishonchlari mantiqsiz va qarama-qarshidir. Jazolanuvchilarning 
o‘zlari bu mantiqsizlikni, tartibsizlikni kamchilik deb tushunadilar. Bunday o‘smirlarni qarama-
qarshilikka ishontirish va ularda to‘g‘ri xulq qoidalarini tarbiyalash oson bo‘ladi, lekin 
pedagogik va ijtimoiy ancha qarovsiz jazolanuvchi balog‘atga etmaganlar guruhlari bor. 
Ular mantiqiy tartib bilan va asoslab o‘z qarashlarini himoya qilishlari mumkin. Bunday 
turdagi o‘smirlar bilan ishlash ancha qiyin. Sotsiologik tekshirishlar ko‘pchilik o‘smirlar 
jazolanishlaridan avval militsiyada ro‘yxatda turganlar bilan munosabatlarda bo‘lganliklarini 
ko‘rsatadi. Ular kitob o‘qish, musiqa bilan qiziqmaganlar, ulardan kamdan-kamlarigina sport 
bilan qiziqqanlar. Tekshirishlar ko‘rsatishicha jazolanuvchilarning 70 % dan ko‘prog‘i hukm 
etilishlaridan avval 5-8 soat bo‘sh vaqtlari bo‘lganligini ko‘rsatdi, ular hech narsa bilan mashg‘ul 


62 
bo‘lmaganlar, maktabga bormaganlar, ishlamaganlar, uy ishlarini bajarmaganlar. Ularning bilim 
darajalari odatda 2-3-sinfni tashkil etgan: o‘smirlar orasida umuman savodsizlari ham uchraydi. 
Balog‘at yoshiga etmagan jazolanuvchilarning ko‘pchiligi kasb-hunarga ega emas, ish stajlari 
yo‘q.
Bo‘sh vaqtlarining ko‘pligi, ularning alkogol ichimliklari, narkotiklar iste’mol qilishlariga, 
erta jinsiy aloqalarni boshlashlariga olib kelgan. Bunday hayot ularni ijtimoiy foydali 
mashg‘ulolardan chetga tortadi, ko‘pincha qarindoshchilik munosabatlarining uzilishiga, 
o‘qishga qiziqishi yo‘qolishiga, oxir oqibat jinoyat sodir etishiga olib kelgan. 
Jazolanuvchilarning ko‘pchilik qismi (53 %) to‘la bo‘lmagan oilalarda, bolalar uylarida 
tarbiyalanganlar. Ota-onalarining yo‘qligi ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini qiyinlashtiradi. 
Bunday hollarda asosan bola qorni to‘qligi va eni butunligi haqidagi qayg‘uriladi. Ikkala ota-
onasi bo‘lgan oilalarda kattalar va bolalar o‘rtasida bir-birini tushunish yo‘qligi, o‘smirning
ma’naviy axloqiy muammolari, do‘stlariga ota-onalarning befarqligi aniqlandi. 
Ana shu masala bo‘yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon 
beradi: 
1. 
Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo‘lishlari sababli 
ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o‘zaro aloqalari yo‘q. 
SHuning uchun ota-onalar o‘smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va 
talablari haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko‘r-ko‘rona 
muhabbatni yuzaga keltiradi. 
Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej) 
bilan aloqalarini yaxshilash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin edi. Ma’lumki, o‘quv yurtlarida 
o‘smirning xulqi yomon belgilarini ancha ob’ektiv baholaydilar (uning hulqi og‘ishini, 
jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga 
pedagoglar malakali yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. 
2. 
O‘smirning oiladan tashqaridagi yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi 
yo‘llar bilan xabardor bo‘ladilar: 
a) ularning qiziqtirgan uning o‘zi haqidagi va uning do‘stlari haqidagi muammolarni 
qo‘pol va odobsiz usulda talab etadilar. 
b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar. 
v) bolaning xulqini o‘zlari kuzatishlari natijasida. 
Ota-onalar odatda bolaga o‘zlariga yoqqan bolalar bilan do‘st-o‘rtoq bo‘lishni majbur 
qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg‘onchi 
qiladi. 
Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. SHuning uchun ota-onalarni umumiy 
pedagogik o‘qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o‘tkazish yo‘li, bu 
maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo‘li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va 
psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “oila xizmati” tizimlari yordamida. 
3. 
Bugungi kundagi ota-onalar ko‘p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor 
emaslar. SHuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o‘z farzandlariga to‘gri 
harakat qilish bo‘yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar. SHu sababli ota-onalarning 
o‘zlari orasida va oilaning katta a’zolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati 
yuzaga keladi. 
Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirib 
berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda 
bo‘lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo‘lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar 
sharoitida o‘smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo‘ladi. Bu erda o‘smirning xulqi 
asosiy yo‘nalishi ularga xavfli joylarga borishni ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy 
bajarishi bo‘ladi. 
4. 
Bolalar va o‘smirlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan 
ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko‘plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini 
ko‘rsatadi. 


63 
Kichik va katta sinf o‘quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha faqatgina qisqa 
ma’lumotlar oladilar. 
Hozirgi paytda 4-11-sinflar uchun respublikamizda yangi Fan kiritilgan, “Sog‘lom avlod 
tarzi (asoslari?)”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo‘lim bor. Lekin faqatgina jinsiy 
masalalarni o‘rganishning o‘zigina etarli emas. 
Balog‘at yoshiga etmaganlar jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish 
bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. CHunki bu holat aniq bir balog‘atga etmagan yoki 
o‘smirning o‘ziga emas, balki uning atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko‘rsatadi. 
Bafarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir etish usuli o‘smirlar tomonidan (tarbiyasida 
kamchiliklari bo‘lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o‘xshash harakatlarni amalga 
oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu o‘smirga uning 
tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin (ya’ni, o‘smirlar tengdoshlari va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘ladigan bo‘lib qoladilar). 
SHundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to‘g‘ri baho berish va 
ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish 
zaruriyati yuzaga keladi. 
Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor hulqli 
shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha birgalikda ish 
olib borishlari kerak. 
5. 
O‘g‘il bolalar va qizlar o‘zaro munosabatlari muammolari o‘smirning jinsiy etilish 
yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar 
haqidagi ma’lumotlar odatda noto‘gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan 
qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo‘lsa, u bu sohaga shunchalik ko‘p qiziqadi. SHuning uchun 
jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo‘ladi. 
Akseleratsiya sababli bugungi kunda o‘smirlarning erta dinsiy etilishlari va uning ijtimoiy 
tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o‘rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir 
qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilmlar, 
matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo‘zg‘atib kelinayotgan jinsiy 
instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi. 
Bu muammoni hal etish o‘smirlarni sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik 
ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo‘ladi. 
SHu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda o‘smirlar o‘rtasida 
huquqbuzarlikni olidini olish bo‘yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo‘lishi kerak 
deb to‘g‘ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi 
kerak bo‘ladi. 
Haqiqatan, maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko‘rsatishni tartibga soluvchi bo‘lishi 
kerak. Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya qilish 
organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi 
qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni ancha kengaytiradi. 
Bu ishda qo‘shimcha ta’lim, bolalarning dam olishlari va ijod bilan shug‘ullanishlari, 
bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli katta. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin