Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Balog‘atga etmagan hukm etilganlar munosabatlari o‘ziga xosliklari. Ularning



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Balog‘atga etmagan hukm etilganlar munosabatlari o‘ziga xosliklari. Ularning 
kattalardan farq qilish xususiyatlari 
Balog‘atga etmaganlarga tarbiyalash koloniyalarida bo‘lishi boshlang‘ich davri, hayot 
sharoitiga moslashishlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Moslashish yaxshi va yomon ham bo‘lishi 
mumkin, lekin salbiy va ijobiy ham belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bu davrda yuqori o‘rinni 
egallash, jamoadagi rollarini taqsimlash uchun kurash boradi. Bu davrda tartibni buzish va 
jinoyatlar sodir etishning o‘sishi kuzatiladi. Tashqi dunyodan ajratib qo‘yilishi hukm 
etilganlarning munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rejimli tashkilotlarda munosabatlar ikki 
turga ajratiladi: rasmiy va norasmiy. Rasmiy munosabatlar jazoni o‘tash rejimi va ichki tartib 
bilan boshqariladi. Norasmiy munosabatlar - hukm etilganlarning norasmiy munosabatlar 
tizimida tutgan o‘rniga binoan ularni kategoriyalarga ajratuvchi “boshqa hayot” qoidalari bilan 
boshqariladi. 
Stratifikatsiya
16
hukm etilganning o‘z guruhida balog‘atga etmaganlarni “o‘zlariniki va 
begonalarga” ajratish mavqeini qat’iy belgilashdan iborat bo‘ladi. 
Retsidivistlar
17
keng jinoiy aloqalarga ega bo‘lib, ular ancha yuqori mavqega ega 
bo‘ladilar. Ko‘plab sonli guruhlar mavjud bo‘lishiga qaramay hukm etilganlar ikkita asosiy 
guruhlarga ajratiladi: 
1) Yuqori mavqeli - mustahkam, qat’iylar, “o‘g‘il bolalar” 
2) past statusli – ezilganlar, “pastlar” xo‘rlanganlar. 
16
стратификация – (лотинча stratum - қатлам) – даромади катталигига, билим даражаси, ҳокимияти 
катталиги, касби обрўси катта-кичикликларига қараб юқоридан пастга қараб ижтимоий 
қатламларнинг жойлашиши. Статус (лотинча status-вазияти, ҳолати) – индивиднинг гуруҳ ёки 
жамиятдаги ижтимоий вазияти (ҳолати). 
17
Рецидивист (лот. Recidivus- орқага қайтувчи)- илгари жазоланган жиноятига ўхшаш жиноят 
содир этган ва қаттиқроқ жазо олиши керак бўлган одам. 


65 
Bu guruhlardan har biri o‘z guruhlariga ega, bu ko‘plab janjallar kelib chiqishiga olib 
keladi. 
Tarbiyalash koloniyasiga kelgan yangi odamni mavqei odatda “ro‘yxatga olish” yo‘li bilan 
aniqlanadi. Yangi bolani faxm-farosatliligini, aqlini, o‘zini himoya qila olishini tekshirib 
ko‘radilar.
Ko‘pincha bu sinovlar beshavqat va beraxmlik ko‘rinishida bo‘ladi. Sinovdan 
o‘tayotganning sog‘lig‘i uchun ma’lum xavf mavjud bo‘ladi. Balog‘atga etmagan hukm 
etilganlarning kattalardan farqi ko‘pchilik o‘smirlarda ma’lum hayotiy rejalari, kelajakdagi 
istiqbollari yo‘qligidan iborat bo‘ladi, bu ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni ancha 
qiyinlashtiradi. 
Shunday qilib, balog‘atga etmagan hukm etilganlarning shaxsi va guruhlari belgilari 
quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi: 
1. 
Yoshi xususiyatlari – organizmining tez jismoniy rivojlanishi 
- ma’naviy beqarorligi. 
- mos bo‘lmagan ravishda o‘ziga baho berish (yuqori baholash, past baholash) 
- irodasi jadal shakllanishi jarayoni.
- dunyoqarashning qarama-qarshiligi. 
2. 
Pedagogik va ma’naviy tarbiyasizligi. 
- bo‘sh vaqtining tashkil etilmaganligi. 
- bilim, ma’naviy va professional darajasi pastligi. 
- oiladagi muammolar. 
- ota-onalarining yo‘qligi, yoki oilasi to‘liq emasligi. 
- ota-onalarining yoki qarindoshlarining jamoat tartib-qoidalarini buzishlari. 
- qarindoshlik aloqalari uzilishi. 
3. 
Jinoyat sodir etish motivlari. 
- Sotib olishga qurbi etmagan narsaga ega bo‘lish istagi. 
- o‘g‘il bolaligini ko‘rsatib qo‘yish, guruxda obro‘ga ega bo‘lish. 
- Jinoyat sodir etayotganligini yaxshi tushunib etmaslik. 
4. 
Deviant (og‘ish, chetlanishlar) yomon axloqqa odatlanishi’ 
5. 
Katta yoshdagi jinoyatchilarga bo‘ysunishi. 
6. 
Huquqiy bilimi pastligi. 
7. 
tashkilot tarbiyasi va tartibiga qarshi bo‘lish. 
8. 
Tashkilot sharoitlariga moslashib olish imkoniyatlari. 
9. 
Hukm etilganlarning stratifikatsiyasi (status-rolli munosabatlar) 
10. 
Ma’lum hayotiy rejalarning yo‘qligi. 
Shunday qilib, balog‘atga etmagan hukm etilgalar – bu shaxsi ijtimoiylashishi jarayoni 
oxiriga etmagan odamlar, bu jarayon turli ijtimoiy o‘rin egallashni, ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlar tizimiga qo‘shilishini ko‘zda tutadi. 
O‘smirni jinoyat sodir etganda aybdor deb hisobladilar. Uni tarbiyalash koloniyasiga, ya’ni 
yopiq turdagi tarbiyalash tashkilotiga yuboradilar. Bu albatta shaxsning ijtimoiylashish 
jarayonini to‘xtatib qo‘yadi va uning bir tekis rivojlanishini yanada qiyinlashtiradi. 
Ijtimoiylashish yakunlanmagan jarayonini jamiyatdan ajratib qo‘yilgan holatda davom 
ettirishga to‘gri keladi. Bu Ushbu jarayonning mohiyatiga qarama-qarshidir. Ko‘pchilik 
o‘smirlar (jinoyat sodir etgan) ijtimoiy muhit uchun jiddiy xavf tug‘diradilar. SHuning uchun 
ularni jamiyatdan ajratib qo‘yish zarurdir. SHu sababli ular uchun ozodlikdan mahrum etish 
jazosini qo‘llashdan bosh tortishning iloji bo‘lmay qoladi. 
Shunda qarama-qarshilik yuzaga keladi: o‘smirni jamiyatdan ajratib quyish zarurligi va shu 
bilan bir vaqtda uni ijtimoiylashtirish jarayonini yakuniga etkazish. 
Milliy va chet el tajribalarining ko‘rsatishiga jazo choralarini kuchaytirish, qattiq nazorat 
qilish o‘smirlar orasida jinoyatchilikning o‘sishi muammosini samarali hal etish yo‘li deb 
qaralishi mumkin emasligini ko‘rsatdi. Jinoyatchilikni yo‘q qilish – bu birinchi navbatda ijtimoiy 
muammodir. 


66 
Jinoyatchilik darajasi faqatgina uni yuzaga keltiruvchi omillarni yo‘qotib borilgan holdagi 
asta-sekin pasayib borishi mumkin. Balog‘atga etmaganlar jinoyatchiligi bilan kompleks va 
samarali kurashish maqsadlarida davlat milliy dasturi rejalashtirilmoqda va amalga 
oshirilmoqda. Masalan, 70-yillarda AQSHda axloqi buzilgan yoshlar hayoti ijtimoiy, turmush 
madaniy va moddiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha 36 dastur amalga oshirildi. XX asrning 90-
yillarida AQSHda yoshlar orasida axloqi buzilganlar bilan kurashish bo‘yicha 65 ta dastur 
amalga oshirilgan. Ana shu dasturlarni bajarish uchun kongress 15 mlrd. dollar ajratdi. Evropa 
parlamenti ekspert komissiyasi 1996 yili balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik 
muammolarini ko‘rib chiqib yoshlar va balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik bilan 
kurashish samaradorligi oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Ular asosan quyidagilardan 
iborat: politsiya xodimlari, ijtimoiy tashkilotlar va yoshlar, balog‘atga etmaganlar ishlari 
bo‘yicha milliy tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi hamkorliklarini ancha 
kuchaytirish kerak: balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni jinoiy javobganlikka tortish va ularni 
tergov paytida ushlab turish amaliyotini o‘zgartirish kerak; O‘smirlarni jazr o‘tash muddatlarini 
ikki yil bilan chegaralash, muddatidan avval ozod etish huquqini berish. Umuman olganda 
balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni tuzatish tashkilotlariga joylashtirmay qayta tarbiyalashni 
afzal bilish taklif etiladi. 
Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jinoiy jazodan to‘la bosh tortishga erishish 
masalasi mumkin bo‘lmaganligi sababli ko‘pchilik mutaxassislar jazo choralari 
belgilanayotganda o‘smir huquqbuzarlarning undan psixologik ta’sirlanishlari va ularning yoshi 
xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya etadilar. Tarbiyalash koloniyalariga joylashtirilgan 
balog‘at yoshiga etmagan huquqbuzarlar bilan ishlashda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralari, 
maktab va o‘smirlarning ozod etilishiga psixologik tayyorgarligi asosiy rol o‘ynashi kerak 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin