Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Balog‘atga etmagan huquqbuzar shaxsiga individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Balog‘atga etmagan huquqbuzar shaxsiga individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish 
Bugungi kunda bizning jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan masalalardan biri so‘zsiz yoshlar orasida jinoyatchilikning o‘sishini pasaytirish yo‘llarini 
izlash va ularni oldini olish samaradorligini oshirish hisoblanadi. 
Profilaktika (lotincha prophlaktikos – oldini oluvchi, saqlovchi) – tarbiyasi qiyin o‘smirlar 
delikvent (noqonuniy) va deviant (og‘uvchi) hulqlarini yuzaga kelishi, tarqalishini oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar to‘plami.
Uyushgan jinoyatchilik doirasiga borgan sari ko‘proq balog‘at yoshiga etmaganlar tortib 
borilmoqda. O‘smirlardan tashkil topgan kriminal guruhlar tomonidan xavfli jinoyatlar sodir 
etilmoqda. Jinoyatchilik yosharib bormoqda va mustahkam retsidiv (takrorlanuvchi) xususiyatga 
ega bo‘lib bormoqda. 
Bu keskin muammoni hal etishda ijtimoiy pedagogika asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi, biroq 
bu muammoni jamiyatning hamma kuchlarini jalb etish, kompleks usullar bilangina hald etish 
mumkin. Aniq bir huquqbuzar bilan individual ish olib borish, tarbiyaviy-profilaktik jarayonni 
tashkil etish sohasida aniq bir sistemaning yo‘qligi oqibatida tarbiyalash tizimida ko‘pchilik 
kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Ba’zi pedagoglar individual yondoshishni hulqida og‘ish 
bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlarning xususiy xususiyatlarini hisobga olish deb tushunadilar. 
“Individual yondoshish – deb yozadi A.S.Makarenko – shaxsning alohida injiqliklari bilan 
shug‘ullanishni bildirmaydi. Individual yondoshish bahonasida yakka individalistik tarbiyani 
tushuni kerak emas. O‘quvchi kamchiliklariga ko‘z yumuvchi, uning injiqliklariga ko‘nuvchi, 
tarbiyalash va xarakterni tuzatish o‘rniga uning aytganini qiladigan pedagog kuchsiz, ilojsiz 
bo‘ladi. Individual yondoshish uning individual qobiliyati va imkoniyatlariga mos ravishda 
tarbiyalash ijtimoiy xususiyati bilan belgilanadigan shaxs sifatlarini unga etkazishdan iborat 
bo‘ladi”
18

A.S.Makarenkoning fikricha ikkita xato juda ko‘p uchraydi: birinchi xato “hammani bir xil 
teng ko‘rish”dan iborat bo‘lib, odamni standart namunaga kiritish, inson turlari tor seriyasini 
18
Макаренко.А.С. Сочинения. В 7 т. Т.5 – с. 334 


67 
tarbiyalashga intilish hisoblanadi. Ikkinchisi - har bir individning xususiyatlariga passiv e’tibor 
qilish, har bir odam bilan alohida tartibsiz shug‘ullanish bilan hammani bir vaqtda boshqarishga 
natijasiz urinish. Bu – gipertrofiyadir (lotincha - haddan tashqari oshirib yuborish). 
Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilish tuzatish-yo‘naltirishdan biri sifatida 
elementidan iborat bo‘ladi, lekin faqatgina undan iborat bo‘lmaydi. Bu shaxsni maqsadga 
muvofiq qayta tarbiyalash jarayonidir. 
U huquqbuzarlarning tarbiyachilar, jamoatchilik va atrofdagilar ta’siri ostida o‘zlari to‘g‘ri 
qarashlar va ishonchlar, tushunchalar ishlab chiqishlaridan iborat. Ijtiomiy-ijobiy hulqi 
ko‘nikmalari va odatlarini egallaydilar, o‘z hissiyotlari va irodalarini rivojlantiradilar. SHu tariqa 
qiziqishlari, intilishlari va layoqatlarini o‘zgartiradilar. Boshqa tomondan individual profilaktika 
aniq bir shaxsga atrof-muhitning tas’ir ko‘rsatishini bartaraf qilishga qaratiladi. Ushbu jarayonni 
samarali boshqarish uchun quyidagilarni ta’minlovchi profilaktik metodlarni tanlash kerak: 
1. 
Ma’naviy ongini ishlab chiqish. 
2. 
Pozitiv hulqi ko‘nikma va odatlarini shakllantirish 
3. 
Jamoyatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi tura olishga imkon beruvchi irodaviy 
kuchlarini tarbiyalash. 
4. 
Mikromuhitni ijtimoiy sog‘lomlashtirish. 
Huquqbuzarlikni profilaktika qilish asosiy vazifalari: 
1. 
Ijtimoiy hulqi og‘gan va huquqbuzarlikka qodir bo‘lgan shaxslarni hamda ularga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota-onalar va boshqa shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash. 
2. 
YOsh insonning jamiyat bilan kelishmovchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, bunga imkon 
yaratuvchi sabablar va holatlarga yo‘l quymaslik maqsadida balog‘atga etmagan 
huquqbuzarlarning shaxsi yoshi va psixologik xususiyatlarini o‘rganish 
3. 
Huquqbuzarlarga va uni o‘rab turgan muhitga individual tarbiyaviy profilaktik 
ta’sir ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish. 
4. 
Tarbiyaviy va profilaktik ishlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat hamma 
sub’ektlarining birgalikdagi harakatlarini va mosligini tashkil etish, hulqi buzilgan o‘smirlar 
hayot kechirishini kundalik, muntazam nazorat qilishni amalga oshirishni tashkil qilish. 
Qayta tarbiyalash - qayta kuch talab etadigan, jiddiy, mashaqqatli, turli xil profilaktik va 
ma’naviy ta’sir ko‘rsatish usullaridan foydalanishni talab etadigan murakkab jarayondir, chunki 
oilada ham, maktabda ham va mehnat jamoalarida ham hulqi ijobiy qo‘nikmalariga 
o‘rganilmagan tarbiyaviy va pedagogik mazmunda eng ortda qolgan odamlar bilan ishlashga 
to‘g‘ri keladi. 
Qayta tarbiyalash jarayonini tashkil etishda quyidagi kategoriyadagi balog‘atga 
etmaganlarga alohida e’tibor berilishi kerak: 
1. 
Jazo olib tarbiyalash koloniyalaridan qaytib kelgan, lekin ularning hulqlari 
tashvish uyg‘otadigan shaxslarga. 
2. 
Ozodlikdan mahrum etish hukmini ijro etish kechiktirilgan balog‘atga etmagan 
huquqbuzarlarga nisbatan. 
3. 
Jinoyat sodir etib, lekin jinoiy javobgarlikdan jamoatchilik yoki administrativ 
ta’sir ko‘rsatish, yoki amnistiya sababli ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi 
mumkin bo‘lgan yoshgacha ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etganlarga. 
4. 
Maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilotlardan qaytib kelganlarga. 
5. 
Jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko‘rsatish choralariga olib keluvchi 
huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan. 
6. 
Spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar iste’mol qiluvchilar. 
7. 
Ilgari sudlanmagan, lekin bir yil davomida ikki marta administrativ javobgarlikda 
ayblangan, yoki rasmiy ogohlantiriga takror olib keluvchi shaxslar. 
8. 
O‘qishni doimiy qodiruvchilar. 
9. 
Doimiy qimor o‘ynaydigan va jamoatchilik tartibiga rioya qiymay hayot 
keradiganlar. 


68 
Profilaktik ta’sir xususiyatlari va tendensiyalarini hisobga olganda va uning ichki 
hissiyotlari bilan, intilishlari bilan mos kelganda optimal bo‘ladi. SHunda tashqi profilaktik ta’sir 
kursatish go‘yoki o‘zini tarbiyalash, o‘zini rivojlantirish jarayoni bilan uyg‘unlashadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin