Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Balog‘atga etmagan huquqbuzarlar bilan ishlash individual profilaktik dasturning



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Balog‘atga etmagan huquqbuzarlar bilan ishlash individual profilaktik dasturning 
tuzilishi va mazmuni. 
Huquqbuzar shaxsini ijtimoiy sog‘lomlashtirish profilaktik dasturi quyidagi muhim 
komponentlarni o‘z ichiga olishi kerak: 
1. 
Individual-profilaktik ta’sir ko‘rsatish maqsadini, ulardan asosiysi - o‘smirda 
axloq va huquq qoidalari talablariga doimiy rioya qilish zarurligi haqida ishonchini yuzaga 
keltirishdir. 
2. 
O‘smirda qanday etishmaydigan sifatlarni tarbiyalash va qanday salbiy xislatlarni 
yo‘qotish zarurligini hisobga oluvchi shaxsga tarbiyaviy va nazorat ta’siri metodlari va 
usullarini. 
3. 
Shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yo‘qotish uchun uning atrofiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatish va shaxslararo munosabatlarni qayta tarbiyalashga imkon beruvchi 
tizimli shakllantirish usullari. 
4. 
Ushbu bolaga nisbatan eng ko‘p tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan aynan ana shu 
mehnat, o‘quv jamoalari, ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik va davlat tashkilotlarining individual-
profilaktik ta’sir ko‘rsatish vositalarini. 
5. 
Shaxsni ijtimoiy sog‘lomlashtirish profilaktik dasturini amalga oshirish asosiy 
bosqichlarini. 
Profilaktik dasturni amalga oshirishda quyidagi talablarga amal qilish kerak: 
1. 
Qayta tarbiyalash jarayonining mazmunliligi, yo‘naltirilganligi, muntazamliligi. 
2. 
Qayta tarbiyalash foydaliligini tushunib olish. 
3. 
Bir tomondan jamiyatning balog‘atga etmagan huquqbuzarga talablarini va 
ikkinchi tomondan - o‘smir shaxsi individual xususiyatlarini va rivojlanish umumiy qoidalarini 
o‘rganish. 
4. 
Qayta tarbiyalashda majburlash va talabchanlikning bo‘lmasligi. 
5. 
Tarbiyaviy profilaktik jarayon ishtirokchilarining hammasi chidamliligi va sabr 
qilishlari. 
6. 
O‘smirning o‘zining faolligi, u o‘ziga ko‘rsatilayotgan tarbiyaviy ta’siri tushunib 
etish, shu bilan birga o‘z tashabbus ko‘rsatish va irodasini namoyon etsin. 
Individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish dasturining asosiy maqsadi balog‘atga etmaganning 
shaxsini umumiy qabul qilingan qoidalar, tartib va boshqa ijtimoiy qadriyatlar tomoniga 
o‘zgartirishdir. Bu maqsadga darxol erishib bo‘lmaydi, oylar va yillar talab etilishi mumkin. 
Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib vazifalar aniqlanadi. Ulardan asosiylari quyidagilar 
hisoblanadi: balog‘atga etmaganning normal pozitiv qiziqshlarini tiklash va rivojlantirish; 
normal munosabatlarni; ijtimoiy mas’uliyatini va intizom va javobgarlik xissini. 
Balog‘atga etmaganni qayta tarbiyalash qo‘yilgan masalalarini hal etish uchun Ushbu 
o‘smirning hayot tarzidagi pozitiv vaziyatlarini, ularning mustahkamligini Xamda uning talab-
istaklarini, qiziqishlarini, layoqatini aniqlash maqsadida bolaning psixologik, ijtimoiy, ma’naviy 
“qiyofasini” tuzib olish muhimdir. 
Individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish metodlarini tanlash bolaning faoliyati ustun doirasini 
hisobga olib quriladi. Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilishda rag‘batlantirish, 
sustlashtirish metodlaridan faol foydalanish mumkin. O‘zining mazmuni bo‘yicha ular an’anaviy 
rag‘batlashtirish va jazolash metodlaridan ancha boydir. Rag‘batlantirish metodik usullari 
qatoriga ma’qullash, maqtov, ishonish, baholash, mukofotlash, minnatdorchilik bildirish va
boshqalarni kiritish mumkin. Yigit va qizlardan iroda va mehnatsevarlikni talab etadigan 
harakatlar va ishlarinigina rag‘batlantirish kerak. Ular ko‘p kuch sarflamay va vaqt sarflamay 
amalga oshirganlarini emas sustlashtirish (tartibga chaqirish, yo‘lga solib turish) metodlari 
usullari tanbeh berish, koyish, ogohlantirish, ya’ni qoida buzuvchi shaxsiga nisbatan qattiq 


69 
talablardan iborat bo‘ladi. Ular insonning hulqiga jamoatchilik talablari alohida shaklidan iborat 
bo‘ladi, unda bir vaqtning o‘zida nima noto‘g‘ri bajarilganligini qoralash ham, keyinchalik 
qanday harakat qilishga ko‘rsatma ham beriladi hamda qilgan ishini takrorlashi mumkinligini 
oldini olish maqsadida kelajakda ogohlantirish beriladi. 
Tormojenie (sekinlashtirish, tartibga chaqirish yo‘lga solish) insonga har kuni kerak 
bo‘ladi va u tarbiyalangan bo‘lishi kerak, odat bo‘lishi, har bir jismoniy va psixik harakatda 
ifodlanishi, ayniqsa tortishuv janjallarda kerak bo‘ladi. Yo‘lga solish usullari agarda ularni 
jamoa, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ayniqsa yaxshi ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin.
Umuman yo‘lga solish uchta asosiy vazifani bajarishi kerak: o‘z kamchiliklarini tushunib 
etishga, ularning yomonligini anglashga, xulqini o‘zi boshqarish bilan bu kamchiliklarni 
yo‘qotish.
Shundan keyin maqsadlarga muvofiq va shaxs xususiyatlarini hamda vaqtni o‘tkazish eng 
nozik davrini (nazoratni kuchaytirish uchun) hisobga oluvchi vositalarni aniqlanadi. Ular 
ko‘pchilik hollarda bo‘ladigan og‘zaki o‘rgatishdangina iborat bo‘lmay, balki turli xil kompleks 
choralardan iborat bo‘lishi kerak. 
Profilaktiv vositalar, hatto tushuntirish, suhbat yoki jamoatchilik ta’siri, uqtirish kabi keng 
tarqalganlari ham har doim ham juda foydali deb hisoblanishi mumkin emas. Bundan tashqari 
vositalar har qanday tizimini doimiy deb tavsiya etib bo‘lmaydi, chunki bola shaxsi rivojlanish 
jarayonida o‘zgaradi, yangi munosabatlarga kirishadi, uning hayot faoliyati sharoitlari o‘zgaradi. 
Yosh huquqbuzarni qayta tarbiyalash samarali vositalaridan biri o‘ziga individual bo‘lgan, 
dinamik, insonning ichki dunyosi hamma boshqa tomonlari bilan murakkab munosabatlarda 
bo‘lgan uning emotsional-irodaviy doirasiga ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi. SHaxsning 
emotsional-irodaviy sohasi tushunchasiga psixologiyada sezgi va irodasini kiritadilar. Sezgi – 
insonning hayotida sodir bo‘layotgan, u idrok etayotgan yoki amalga oshirayotgan ishga turli 
shakldagi hayajonlanish, ta’sirlanish ichki munosabati sezish ta’sirlanish turli shakllari – 
emotsiya, affekt, kayfiyat, stress holati, zavq ham va nihoyat sezgi tor ma’noda bu – shaxsning 
emotsional doirasini tashkil etadi. 
Asosiy emotsional holatini psixologiyada ijobiy ajratish qabul qilingan – bu qiziqish, 
quvonch, hayajonlanish, hayratlanish, emotsional holat sifatida ijobiy yoki salbiy emotsional 
ta’sirlanish belgisiga ega emas. Salbiy emotsional holatga esa azoblanish, g‘azab, nafrat, 
jirkanish, qo‘rqinch, uyat hisoblanadi. 
Shaxsning emotsional holatini ifodalovchi barqaror sezgidan biri muhabbat xissi 
hisoblanadi. Iroda – bu insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishdagi qiyinchiliklarni 
bartaraf etishga qaratilgan o‘z faoliyati va hulqini tashkil etish va o‘zini boshqarishdir. Iroda – bu 
insonning o‘zi belgilab olgan maqsadi bilan belgilanadigan shaxsning faolligi alohida usuli, 
uning hulqini tashkil etish alohida turidir. 
Iroda ikki bir-biri bilan bog‘liq vazifalarni bajarishni ta’minlaydi - rag‘batlantiruvchi, 
uyg‘otuvchi va yo‘lga soluvchi, ularda o‘zini namoyon etadi. Uyg‘otuvchi vazifalari insonning 
faolligi bilan ta’minlanadi. Irodaning yo‘lga soluvchi vazifalari, uyg‘otuvchi vazifasi bilan 
birgalikda ishtirok etib, shaxsning keraksiz, noxush harakatlarini to‘xtatib ushlab qolishda 
namoyon bo‘ladi. 
Huquqbuzarlar bilan ishlash usullari turlicha bo‘lishi mumkin: kitob o‘qishga, san’atga 
qiziqtirish, ijobiy yo‘nalishdagi norasmiy guruhga qo‘shish; kech qolish, dars qoldirish odatlarini 
yo‘qotish. YOsh huquqbuzar shaxsiga tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko‘rsatish metodlari, vosita va 
usullarini tanlash ko‘p holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan bir qismini yuqorida ko‘rsatib o‘tdik. 
Individual profilaktika shaxsning faolligini, kerakli chora-tadbirlarni o‘tkazishga istagi yoki 
qarshiligini hisobga olishni talab etadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin