Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Tarbiyalash koloniyalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat reabilitatsion dasturlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Tarbiyalash koloniyalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat reabilitatsion dasturlari 
Huquqbuzarlik sodir etgan o‘smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda 
(o‘smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa yoki shartli hukm etilgan bo‘lsa) o‘tkazilsa yoki 


70 
maxsus o‘quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog‘atga 
etmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi. 
Balog‘atga etmaganlar uchun koloniyalarda tarbiyalash jarayoni “kattalar” koloniyalaridan 
ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun katta imkoniyatlar 
yaratib beradi, ta’sir ko‘rsatish pozitiv choralari qo‘llaniladi, bu imtiyozlar sonini ancha oshiradi 
va jazo choralarini ancha kamaytiradi. O‘smirlar bilan ishlashda umumta’lim va professional 
tayyorgarlikdan 
iborat o‘quv-tarbiyaviy 
ishlarga 
asosiy 
e’tibor qaratiladi. Hamma 
tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar yaratiladi: shu bilan birga 
kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va mehnat bozori talablari, 
yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat tarbiyasining samaraliligini 
oshirish o‘smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil hayotga tayyorlashning muhim 
sharti hisoblanadi. 
Hukm etilganlarning ko‘pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda 
o‘qigarlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb 
ta’riflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o‘qituvchilarni haqoratlaganlar. 
SHuning uchun o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan hukm etilgan o‘quvchilar 
orasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O‘z faniga 
qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo‘lish va qo‘yilgan maqsadga 
erishishda qat’iy, tirishqoq bo‘lish – mana shular bu turdagi balog‘atga etmaganlar bilan 
ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir. 
Hukm 
etilganlarning 
bilm 
olishga, 
mehnatga 
munosabatlarini 
o‘zgartirish, 
tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan, 
texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bajargan ishlariga haq 
to‘lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o‘smirlarning o‘z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini 
oshiradi. Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumta’lim o‘qitish 
kiradi. Umumta’lim o‘qitish balog‘atga etmaganlarga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida alohida rol 
o‘ynaydi. CHunki tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda 
koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumta’lim maktabida 
hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar 
umumta’lim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo‘yicha taqsimlash 
ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo‘lim-sinf” prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab 
chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o‘qitish faqatgina maktabdan bo‘sh vaqtida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o‘qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va 
kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o‘zaro aloqalari juda 
muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, leksiya, 
munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi. 
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan 
hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar 
keng qo‘llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o‘qishdan va ishdan bo‘sh 
vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish kerak bo‘ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo‘yilgan 
bo‘ladi. SHuning uchun, ular rasmiy ko‘rinishda bo‘lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm 
etilganlar uchun bo‘sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. CHora-tadbirlar 
o‘smirlarda hayotga qiziqish uyg‘otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid 
ta’sirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak. Hukm 
etilganlarning qarindoshlari bilan ijtimoiy-foydali aloqalardan foydalanish katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi, ular tarbiyaviy ishlar jarayonini faollashtiradi, ilgari yaratilgan jamoatchilik tartib 
qoidalariga zid hayot tarzi va hulqini buzishga imkon beradi. Hukm etilgan balog‘atga 
etmaganlarga tuzatuvchi ta’sir ko‘rsatishlar samaraliligi umumiy kriteriylar bo‘yicha belgilanadi. 
Bu kriteriylar ma’lum tuzatish daradalariga asoslangan bo‘ladi: “tuzatish yo‘liga kirdi”, “tuzatish 
yo‘lidan aniq bormoqda”. 


71 
Bu tushunchalar o‘rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma 
tuzatish koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks 
ettirmaydi. 
Demak, tuzatish ta’sir ko‘rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko‘rsatkich ozod 
etilgandan so‘ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi. 
Balog‘atga etmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish ta’sir ko‘rsatishi amaliyotida jazo 
turlarini qo‘llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish 
jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo‘lishi mumkin, bu 
usul Evropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. SHartli ravishda hukm etish haqida gapirsak 
jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo‘llanilgan o‘smirlarni 
aniq nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu talab bajarilmaganda o‘smirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan 
bo‘ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi. 
Balog‘atga etmaganlar huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda 
istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb 
etilgandagina samaraga erishish mumkin. Penitensiar
19
tashkilotlar boshida bunday yuksak va 
qiyin masalani hal etishga qodir bo‘lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng 
yaxshilari turishlari kerak. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin