Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Valeolog (lot. Vale - sog‘ bo‘l) – bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi  mutaxassis.  Viktilizatsiya



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Valeolog (lot. Vale - sog‘ bo‘l) – bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi 
mutaxassis. 
Viktilizatsiya (lotincha victime-qurbon) – ijtimoiylashishi uchun noqulay sharoit
vaziyatlar, Buning oqibatida inson qurbon bo‘lib qoladi 
Kofedensial (lotincha confidential - ishonish) – ishonuvchi, ovoza qilinmaydigan, 
maxfiy. 
Degradatsiya - (fransuzcha degradation) – doimiy yomonlashish, og‘irlashish, 
tushkunlik, harakatning orqaga ketishi. 
Eyforiya (grekcha euphoria) – yuksak quvonchli, xursandchilik kayfiyati, vaqtichog‘lik 
va beg‘amlik. Ob’ektiv vaziyatga mos kelmaydigan kayfiyat. 
Oila – odamlar orasidagi o‘zaro munosabatlar doimiy shakli. Ijtimoiy institut, uning 
doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlar, bola 
tarbiyalash, turmush, boshlang‘ich ijtimoiylashish, maishiy hayotning katta qismi, ta’lim va 
tibbiyot xizmatlari va boshqalar. 
Xavfi bor guruh oilalari -  balog‘atga etmaganlarning ota-onalari yoki ularning qonuniy 
vakillari bolani tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan, yoki ularga nisbatan 
qonuniy harakatlar qilayotgan oiladir. 
Oilaning ijtimoiy mavqei – oilaning individual xususiyatlari bilan uning tuzilish va 
funksional parametrlari bilan mos kelishi hisoblanadi. 
Yetimlik – jamiyatda ota-onalari vafot etgan bolalar hamda ota-onalari qarovisiz qolgan 
bolalar borligi sababli ijtimoiy holatdir. 
Ijtimoiy Yetimlik – biologik ota-onalariga ega bo‘lgan bola, lekin ular biror-bir 
sabablarga ko‘ra bolani tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik 


74 
ko‘rsatmaydilar; shunday holatda bola haqidagi tashvishlarni jamiyat va davlat o‘z zimmasiga 
oladi. 
Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar – bu bolalarning ota-onalari: vafot etgan; ota-
onalik huquqidan mahrum etilgan; ota-onalik huquqlari cheklangan; noma’lum sabablarga ko‘ra 
yo‘qlar deb tan olingan; layoqatsiz (nogironlar); axloq tuzatish koloniyalarida jazo muddatini 
o‘tayotganlar, jinoyat sodir etishda ayblanadilar va qamoqqa olingan; bola tarbiyasidan bosh 
tortadiganlar; bola vaqtinchalik joylashtirilgan davolash, ijtimoiy muassasalaridan bolani olib 
ketishdan bosh tortadilar. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin