Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Vasiylik va himoyasiga olish



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Vasiylik va himoyasiga olish – Yetim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni 
boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish 
shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga etmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18 
yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi. 
Farzand qilib olish – farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-
onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik 
akt. 
Davlat qaramog‘iga olish – farzand qilib olinayotgan bolaga (Yetim bolaga) uni 
tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur sharoitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga 
joylash 
Anomal bolalar – me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida 
bo‘lgan hamda ularning asoratlarini engib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini 
qo‘llanilishiga muhtoj bolalar. 
Iqtidorlilik – me’yordagi yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda 
bo‘lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo‘lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar. 
Ijtimoiy me’yor – Jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand 
va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xo‘lqiy 
va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar. 
Deviant xulq - Ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit 
jamiyat uchun muvofiq bo‘lmagan xulq-atvor. 
Delikvent xulq - O‘rnatilgan huquqiy me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib 
keluvchi hatti-harakatlarni sodir etuvchi hulq-atvor. 
Qarovsizlik – Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash 
haqidagi g‘amxo‘rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qoilishi. 
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika- negativ xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy og‘ishganlik 
holatlariga olib boradigan asosiy sabab va sharoitlardan ogohlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-
tarbiyaviy chora-tadbirlar yoki sog‘lig‘i sababli jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan (nogiron 
bolalar), ijtimoiy maqomi o‘zgargan (Yetim bolalar), hulqiy og‘ishgan (qarovsiz bolalar), 
huquqbuzar bolalar va boshqalarning oldini olish choralari. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin