Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Balog‘at yoshiga etmaganlar jinoyatchilik muammolari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Balog‘at yoshiga etmaganlar jinoyatchilik muammolari 
Balog‘at yoshiga etmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng 
dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o‘sishi eng avval 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlar uchun xosdir. Balog‘at yoshiga etmaganlar va yoshlar 
o‘rtasida jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g‘arb mutaxassislari yoshlar o‘rtasidagi 
ishsizlikni, yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon 
usullaridan qoniqmasliklarini ko‘rsatadilar. 
Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo‘yicha 1996 yili hibsga olingan hamma 
huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar bilan o‘g‘rilik qilgan 
jinoyatchilar orasida ishsizlar to‘rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular tomonidan shaxslarga 
nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan. 
o‘abr mutaxassislari balog‘at yoshiga etmaganlar orasida jinoyatchilikning o‘sib borishi 
sabablari haqida boshqa fikrlarni ham aytadilar. Masalan, balog‘at yoshiga etmaganlar uchun 
odil sud va huquqbuzarlikni olidini olish AQSH federal byurosi rahbari A.Regneri o‘smirlar 
orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari oilalarning buzilishi, bolalar bilan beraxm 
munosabatlarda bo‘lish, bolalarning ta’lim olish va tarbiyalanish huquqlarining buzilishi, 
yashash uchun qulay sharoitlarining bo‘lmasligi va natijada bolalarning uydan ketib qolishlari 
deb hisoblaydi. Konnektikut shtatida balog‘at yoshiga etmaganlarni tekshirish juda jiddiy zulm 
o‘tkazgan jinoyatchilar orasida 75 % o‘zlariga ham ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan 
shavqatsiz munosabat ko‘rsatilganini aniqlab berdi. Ular kuch ishlatib jinoyat sodir etishlarning 
umumiy sonidan 33 % ni sodir etganlar. 
Yaponiyalik mutaxassislar o‘z mamlakatlarida balog‘at yoshiga etmaganlar jinoyatlari 
hozircha o‘sib borishi sabablarini o‘ziga xos baholaydilar. Ular jinoyatchilik o‘sishi turmush 
sharoitlaring, farovonlikning o‘sishi va o‘qish bilan, oilada tarbiyaning etarli bo‘lmasligi, 
oilaning an’anaviy qadriyatlari buzilishi, individualizmning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq 
oqibatlar-stresslar sababli deb hisoblaydilar. Yaponiyada o‘tkazilgan tekshirishlar balog‘atga 
etmagan huquqbuzarlar ko‘pincha ota-onasiz o‘sgarlar, hamda kam ta’minlangan oilalardan 
chiqqan bolalar bo‘lib chiqishini ko‘rsatdi. 


60 
Rossiyalik mutaxassislar ham jinoyatchilikning o‘sishini ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda 
o‘smirlar Rossiyada aholining eng kriminogen zararlangan qismi hisoblanadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog‘at yoshiga etmagan huquqbuzar 
deb jinoyat sodir etish paytiga kelib 14 yoshga to‘lgan, lekin hali 18 yoshga to‘lmagan shaxslar 
hisoblanadilar. Balog‘at yoshiga etmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. 
Masalan, balog‘at yoshiga etmaganlarga nisbatan ba’i bir jazolar ko‘zda tutilmagan, xususan, 
o‘lim jazosi. 
O‘zbekiston Respublikasi sud amaliyotida xukmni ijro etishni kechiktirishdan keng 
foydalanishni alohida ta’kidlash kerak, bundan hozirgi kunda ozodlikdan mahkum etiladigan 
hamma balog‘at yoshiga etmaganlarning taxminan yarmiga nisbatan qo‘llanilmoqda. 
Bundan tashqari, huquqbuzarlarning ma’lum qismi (20 % dan ortig‘i) jazo berilishdagi 
yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilmoqda. Bu ishlar bo‘yicha materiallar yoki balog‘atga 
etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga yuboriladi yoki ularga nisbatan majburiy tarbiyalash 
choralari qo‘llaniladi, masalan, quyidagilar: 1) ogohlantirish; 
2) ularni ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar, yoki maxsus davlat organlari 
nazoratiga topshiriladi. 
3) keltirgan zararini qoplash majburiyati yuklatiladi. 
4) bo‘sh vaqti cheklanadi va boshqalar. 
Tarbiyaviy ta’sir choralarini muntazam bajarmay kelgan holatida sud jinoiy javobgarlikka 
tortishi mumkin. 
Shunday qilib, haqiqatda jinoiy jazolar jinoiy jazonadigan harakatlar amalga oshirgan 
o‘smirlarning yarmidan kamiga nisbatan qo‘llanilmoqda. Alohida balog‘at yoshiga etmaganlar 
uchun mumkin bo‘lgan jazo (amalga oshirish) asosiy turi ozodlikdan mahrum etish hisoblanadi, 
bu jazoni ular tarbiyalash koloniyalarida o‘taydilar. Agarda huquqbuzarlik sodir etgan o‘smir 14 
yoshga to‘lmagan bo‘lsa (ya’ni jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga to‘lmagan bo‘lsa) uni 
maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilotga yuboradilar. 
Ijtimoiy-pedagogikada delikvent hulqi deb o‘rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va 
xuquqbuzarlikka olib keladigan hulqi tushuniladi: 
Delikvent (lotincha delingnens - huquqbuzar) - hulqi o‘zining keskin ko‘rinishlarida jinoiy 
jazolanadigan harakatlardan iborat xulqi yomon sub’ekt. 
Delikventlik (lotincha delingnens – jinoiy harakat amalga oshiruvchi huquqbuzar) – 
sotsiologiyada va yurisprudensiyada militsiya ro‘yxatida turadigan yoki jinoiy jazoga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarga muntazam amalga oshiruvchi tarbiyasi qiyin o‘smirning 
qonunga xilof harakatlarini ko‘rsatish. 
Shuni ham alohida aytish kerakki, balog‘atga etmaganlar va yoshlar ishlari bo‘yicha 
Komissiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, mahalla jamoyatchiliklari, maktab 
o‘qituvchilari va ota-onalar tomonidan birgalikda katta profilaktik ishlarni amalga oshirilishi 
natijasida O‘zbekistonda balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik kamayib bormoqda. 
Ana shu haqida 7.03.04 ___ “Do‘stlik” kanalining radioeshittirishida Chirchiq shahrining 
prokurori yordamchisi Anora Ergasheva gapirdi. Lekin shular bilan birga Chirchiq shahridagi 
bezorilik qilmishlari holatlari haqida gapirib o‘tdi.
2003 yili 10-sinf o‘quvchisi Nikitin Evgeniy militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib uning maktabida 
bomba qo‘yilganligini xabar qiladi, 2004 yili fevral oyida boshqa ikki o‘quvchilar Korshunov 
Aleksandr 9-sinf o‘quvchisi va 6-sinf o‘quvchisi Nosov Ivanlar ularning maktablarida bomba 
yashirilgan deb militsiyaga qo‘ng‘iroq qiladilar. Qoidabuzuvchilarni darhol topdilar. Lekin, 
bundan avval maktabdan hammani evakuatsiya qildilar, mutaxassislar – saperlar keldilar. 
Darslarni bekor qilish, mutaxassislarni chaqirish davlat uchun 60 ming so‘mga tushdi. 
Keyinchalik bolalarning birinchi darslari yo‘qligi va ular zerikkalarida militsiyaga qo‘ng‘iroq 
qilganliklari ularning gaplaridan ma’lum bo‘ldi.
Ikkala o‘quvchilar ham yaxshi oilalardan bo‘lib chiqdilar: Nosovning otasi ham, onasi ham 
bor, Korshunov.A.ning oilasida ikkita bola va uning oilasi moddiy ta’minlangan, yaxshi oila 
bo‘lib chiqdi. 


61 
Ota-onalari bolalari tarbiyasida qandaydir kamchilikka yo‘l qo‘yganlar, ularning bo‘sh 
vaqtlarini, dam olishlarini tashkil eta olmagandirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-onalar o‘z farzandlari uchun javobgarlar 
deb yozib qo‘yilgan. Portlash moslamasi haqida yolg‘on chaqiruv – bu jinoiy jazolanadigan 
jinoyatdir. Agarda bola qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, uning ota-onasidan jarima undiriladi, agarda 
o‘smir bo‘lsa uni balog‘atga etmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya ro‘yxatiga oladilar. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin