Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra olib



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra olib 
boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat xususiyatlari 
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar 
Bir yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarda odatlari yuzaga kelishida, uning hayotiy 
yo‘nalishlari shakllanishida ota-onalar katta ta’sir ko‘rsatadilar. SHuning uchun ijtimoiy 
pedagogning faoliyati birinchi navbatda bolaning oilasi (uning ota-onalari bilan) hamda bolaning 
o‘zi bilan ishlashdan tashkil topadi. 
Bolaning bu yoshda spirtli ichimlik ichish istagi ko‘p hollarda kattalarga taqlid qilishdan 
iborat bo‘ladi. 
Agarda bu davrda bolada yomon odatlar paydo bo‘lib, ularning orasida alkogolni iste’mol 
qilishni ma’qullaydiganlari mavjud bo‘lsa, unda 7 yoshiga kelib ular to‘la shakllanadi. Bu 
yomon odatlarni tuzatish, yo‘qotish juda qiyin bo‘ladi. 
Ota-onalar bilan ishlash ikki yo‘nalishlarda olib boriladi: 
1. 
Oila a’zolari o‘rtasida munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina 
munosib oilaviy munosabatlar mavjudligidagina ma’naviy alkogolga qarshi ko‘rsatmalarni 
shakllantirish mumkin. 
2. 
Bolaning sog‘lom hayot faoliyati muxitini yaratish, bu unda alkogolga va spirtli 
ichimliklar iste’mol qiluvchi odamlarga nisbatan salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishni, bu 
holatni ma’naviy qoralashni o‘z ichiga oladi. 
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: 
1) 
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisida o‘kishga intilishni shakllantirish (bola 
spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o‘qishida jiddiy muammolar 
yuzaga keladi va o‘qishni istamaydi qoladi). 
2) 
Irodasi, o‘z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va 
rivojlantirish 
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko‘rsatib berish, 
syujetli-rolli o‘yinlar 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin