Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Alkogolizmning oqibatlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Alkogolizmning oqibatlari 
1. 
Itimoiy-iqtisodiy (o‘qishni tashlab ketish, ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin 
pasayishi, ishlab-chiqarish va maishiy jarohatlar sonining oshib borishi, turli xil alkogolizmga 
qarshi chora-tadbirga harajatlar sarflash). 
2. 
Ijtimoiy-psixologik (oilaviy, maktab, mehnat yoki boshqa ijtimoiy-ijobiy 
aloqalarining uzilishi, shaxsning ma’naviy va ruhiy barbod bo‘lishi, mikromuhitda ma’naviy-
psixologik vaziyatning yomonlashishi). 
3. 
Kriminal (jinoyatlar sodir etish, boshqa odamlar bilan jinoiy faoliyatlarga 
qo‘shilib ketish, kriminalizitsiya va viktilizatsiya
13
yuzaga kelishi uchun qulay vaziyatlar 
yaratilishi). 
4. 
Jismoniy (alkogol iste’mol qilgan aniq bir shaxsning o‘zigina emas, balki kelajak 
avlod sog‘lig‘i uchun ham zarar keltiriladi). 
Spirtli ichimlik ichishga bolalarning (moyillik) berilish darajalari 
Katta sinf o‘quvchilarining spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari jarayonini o‘rganib 
chiqqan olim-fiziologlarning tekshirishlariga tayanib ettita darajalarini ko‘rsatish mumkin. 
 
Bolalarning spirtli ichimlik ichishga berilish darajalari 
Bosqich nomi 
Sabablari 
1. Nolinchi daraja 
--//-- 
2. Boshlang‘ich daraja 

Kattalar dunyosiga qo‘shilish 

“hamma kabi bo‘lish” 
3. Alkogolni ba’zan iste’mol qilib 
turish 

kayfiyatni ko‘tarish 

o‘ziga ishonchini oshirish 

o‘z ko‘rinishini yaxshilash 
4. Yuqori darajasi 

organizmni quvvatini oshirish 

erkin xis etish 

do‘stlari orasida vaqtni xursandichilikda o‘tkazish 
5. Yaqqol psixik qaramligi 

hayot tashvishlaridan vaqtinchalik chalg‘ish 

o‘ziga ishonchini oshirish 
6. Jismoniy bog‘liqlik 

o‘zini yomon xis etishini yo‘qotish 

avvalgi ichganlari ta’sirida 

hayot tashvishlarini esdan chiqarish uchun

hayotiy kuch-quvvatini oshirish uchun 
7. Shaxsning alkogolizm bilan 
buzilishi 

kasalmand holatini yo‘qotishga intilish 
Nolinchi darajasi o‘zining shaxsiy fikri bo‘yicha sog‘lom hayot kechirishga intiluvchi hech 
qachon spirtli ichimlik ichmagan balog‘at yoshiga etmagan bolalarni ifodalaydi. Spirtli 
ichimliklar ichishdan bosh tortish sabablari: spirtli ichimliklarning organizmga, o‘zini xis 
etishiga va hulqiga yomon ta’sir ko‘rsatishiga ishonishi. 
Boshlang‘ich bosqichida spirtli ichimliklarini alohida hollarda yoki judakam hollarda 
iste’mol qiladilar 
Alkogolni iste’mol qillganda o‘zini yomon xis qiladi, spirtli ichimliklar yoqmaydi. 
Alkogolni iste’mol qilish sabablari quyidagilardan iborat: kattalar dunyosiga qo‘shilish, hamma 
kabi bo‘lish, bu bosqich odatda 2-3 oy davom etadi. 
13
Виктилизация (лотинча victime-і???он) – ижтимоийлашиши учун но?улай шароит, вазиятлар, 
Бунинг о?ибатида инсон ?урбон б?либ ?олади 


50 
Vaqti-vaqti bilan spirtli ichimlik ichish alkogoli bor turli ichimliklarni ichib ko‘rib bilan 
ifodalanadi. Kichik miqdordagi spirtli ichimliklar eyforiyani keltirib chiqaradi. Alkogolni 
iste’mol qilish sabablari: kayfiyatni ko‘tarish, o‘ziga ishonchini oshirish, kommunikabelligini 
ko‘tarish, bu davr 3-4 oy davom etadi. 
YUqori xavfli darajali davri ichkilik ichish uchun odatda sabablari ko‘payib borishi bilan 
ifodalanadi, odatda. oyiga ikki marotabadan ko‘proq. Sabablari: o‘zini tetik xis etish yoki erkin 
xis etish uchun, do‘stlari bilan vaqtini xursandchilikda o‘tkazish uchun. Bu davrning davomiyligi 
4-12 oydan iborat. Bu bosqichda alkogolni iste’mol qilishga faol intilishi namoyon bo‘ladi, 
uning ta’sir kuchini tushunib oladi. Alkogol ta’siri ostida o‘smirlarda faqatgina yaxshi kayfiyat 
paydo bo‘libgina qolmay, balki faolligi va tajovuskorligi ham oshadi. O‘smirlar o‘zlaridan bir 
necha yosh katta bolalar bilan aloqalar o‘rnatadilar. 
Kattalardan mast holatlarini yashirishga o‘rganadilar. Bu bosqichda spirtli ichimliklarga
odatlanib qoladi, lekin hali bog‘lanib, qaram bo‘lib qolgan emas. 
Alkogolga yaqqol psixik bog‘lanib qolganligi darajasi. Alkogoldan mast bo‘lish 
o‘smirlarning juda yoqtiradigan psixik holatiga aylanib qoladi va ulardan bolalar kayfiyatini, 
hulqini boshqaruvchi sifatida foydalanadilar. Sabablari: vaqtinchalik hayot tashvishlaridan 
chalg‘ish, o‘ziga ishonchini oshirish. Psixik bog‘lab qolish 1,5 yil davomida yuzaga keladi. Bu 
bosqichda alkogolga psixik qaram bo‘lib qolishi shakllanadi. Spirtli ichimlik iste’mol qilish 
kunlik sur’ati ortib boradi. 
Alkogol ichishga intilish endi faqatgina kechki paytlarda emas, balki butun kun davomida 
davom etadi, shu bilan birga sutkalik me’yori ortib boradi. Spirtli ichimlik iste’mol qilishni 
to‘xtatgan paytlarida jahldor, ta’sirchan bo‘lib qoladilar. Ularning kayfiyatlari tez o‘zgarib 
yomonlashadi, ko‘pincha janjalkashlik va jahldorliklari namoyon bo‘ladi. Ular kichik bolalarni 
spirtli ichimlik ichishga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Bunday hollarda pedagogik va tarbiyaviy 
ta’sirlardan tashqari tibbiy choralar – narkologga murajjat etish va davolash zarur bo‘ladi. 
Alkogolga jismoniy bog‘lanib qolish darajasi. Spirtli ichimlikka juda o‘rganib qoladi, 
boshi og‘rib, xumor qiladigan bo‘lib qoladi, alkogolni iste’mol qilish miqdori nazorat 
qilinmaydi. Jismoniy bog‘lab qolishlik spirtli ichimlik iste’mol qilganida 3-5 yil davomida 
yuzaga keladi. Bu davrda alkogolga psixik va jismoniy bog‘liqligi kuchayishi sodir bo‘ladi. 
YAqqol ifodalangan bosh og‘rig‘ini yo‘qotish sindromi paydo bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i paytida 
kayfiyati yomonlashishi, xafa bo‘lishi, ko‘ngli bo‘shashib ketishi, organizmi fiziologik 
vazifalarining buzilishi kuzatiladi: tez terlab ketadi, qo‘llari qaltiraydi, yura kurushi tezlashadi. 
Bu bosqichda shaxsning patologik xususiyatlari tez shakllanadi, u ta’sirchan, jahldor, tajang, 
qo‘pol, beraxm bo‘lib qoladi. Intellektual rivojlanishi sekinlashadi. Bolalar tez-tez 
mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradilar, yomon o‘qiydilar. Ba’zan uylaridan ketib qolib daydib 
yuradilar. Bu bosqichda darxol kasalxonada davolash kerak bo‘ladi. 
SHaxsning alkogolik buzilish darajasi surunkali ichkilikbozlikning rivojlanishi bilan 
ifodalanadi, spirtli ichimlikka chidamliligi pasayadi. OGir jismoniy bog‘liqligi shunchalik 
kuchliki, u alkogoldan psixik bog‘liqlikdan ham ustun bo‘ladi. Sabablari: yomon ahvolini 
tuzatishga harakat qilish. Bunday holatda darhol kasalxonada davolash zarur bo‘ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin