46
Bolalar miyasi kattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol
yaxshi erishi va organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o‘pka va jigarda qolishiga
olib keladi. Qolgan 93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi.
Bola bu zaharga tezda o‘rganib qolishiga olib keladi.
2.
Kasallikning og‘ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida
turganligi bilan organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida
organizm va asab tizimini buzuvchi, og‘ir tuzatib bo‘lmaydigan jarayonga sabab bo‘lishi bilan
ifodalanadi.
3.
Bola tomonidan alkogolni (katta) ko‘p miqdorda iste’mol qilish. Bu bolalarning
alkogolni iste’mol qilishi jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, shu sababli ham bolalar
yashirincha, birdaniga ko‘p miqdorda iste’mol qilishga harakat qiladilar.
4.
Ichkilikbozlikning tez rivojlanishi. O‘smirlar istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar
tufayli ichishni me’yoriy odat qilib oladilar, engil mastlik holatidayoq ular o‘zlaricha
ishonchsizlik holatini sezadilar. SHu sababli ular to‘liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar.
SHundagina ichimlikni muvaffaqiyatli, to‘liq darajali hisoblaydilar.
5.
Davolashning kam samaraliligi. Voyaga etmaganlar o‘rtasidagi ichkilikbozlik
xulqiy og‘ishganlik bilan uzviy bog‘liqdir. O‘smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi
shundaki, u o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatini bo‘shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo‘ladi:
Voyaga etmaganlar ko‘pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o‘g‘rilik, 76
% bezorilik, 6 % zo‘ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko‘pgina zo‘ravonlik holatlari (agressiv)
mastlikda sodir etiladi. Bu holat – mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor
ko‘nikmalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi;
ko‘pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida
sodir etiladi;
ichkilikbozlik voyaga etmaganlarda ko‘pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish
(kriminologiyada “mast motivatsiya” atamasi mavjud);
ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga etmaganlarning jamiyatdan xulqiy og‘ishgan tengdoshlari
guruhlariga qo‘shilishlarida vosita sifatida namoyon bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga etmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo‘shilib qolishlariga sabab
bo‘lib, uni ko‘pincha katta yoshdagilar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: