Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga nisbatan ijtimoiy-pedagogik reabiliyatatsiya



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

5. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga nisbatan ijtimoiy-pedagogik reabiliyatatsiya 
ishlari 


43 
Ijtimoiy pedagogning jamiyatga moslashagan, xulqiy og‘ishgan o‘smirlar bilan olib 
boradigan ish texnologiyasi ularni reabilitatsiya qilishidir. 
Reabilitatsiyani insonni jamiyatga muvofiqlashtirishga kiritadigan chora-tadbirlar tizimi 
sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya yana inson shaxsi, uning jismoniy alohida psixikasining 
funksiyalariga ta’sir etishning natijasi sifatida ham qaralishi mumkin. Adaptatsiya 
(moslashuvchanlik)dan farqli ravishda, reabilitatsiya inson faoliyatini qayta tiklash deb 
tushuniladi. Reabilitatsiya – bu bolani faol hayotga, jamiyatga va ijtimoiy foydali mehnatga 
qaytarish maqsadini ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimidir. 
Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-
iqtisodiy, kasbiy, maishiy. 
1. 
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o‘z funksiyasini yo‘qotgan u yoki bu 
joyning to‘la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni 
sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan. 
2. 
Psixologik reabilitatsiya o‘smir ruhiyati, ongiga deviant xulq-atvorning 
kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan. 
3. 
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni o‘qitish yoki unga to‘g‘ri keladigan mehnat turiga 
qayta o‘qitib tayyorlash, engallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo‘lgan 
ish joyi bilan ta’minlash. 
4. 
Maishiy reabilitatsiya o‘smirning hayoti uchun me’yordagidek sharoitning 
yaratilishini ko‘zda tutadi. 
5. 
Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta 
tiklash jarayonidir. SHuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi
ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo‘l quymaslikdir. 
6. 
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o‘smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini 
himoya qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. 
7. 
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli
bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-
tadbirlar tizimi bo‘lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o‘z-
o‘ziga xizmat qilishda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori 
bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur ta’limni olish kabilarni o‘z tarkibiga oladi. 
O‘smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb 
ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:

qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o‘smirlarda 
profilaktik oldini olish choralarini ko‘rish. 

Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, 
jismoniy, psixologik zo‘ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og‘ir hayotiy vaziyatlarga 
tushgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish 

Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot 
ko‘nikmalarini shakllantirish 

Ota-ona qaramog‘i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o‘z 
qaramog‘iga olish funksiyasining bajarilishi 

favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo‘llab-qo‘vvatlash 

oilaga qaytishga hamkorlik qilish 

ta’lim olish, me’yordagidek o‘sishga imkoniyat bilan ta’minlash. 

Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g‘amxo‘rlik qilish. 
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy 
himoya qilish va qo‘llab-qo‘vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishda yordam berish.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin