Mavzu: raqobat va uning vazifalari



Yüklə 16,01 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü16,01 Kb.
#134424
Raqobat 2


Mavzu: RAQOBAT VA UNING VAZIFALARI
Bozor mexanizmining muhim va ajralmas jihati raqobat hisoblanadi. Raqobat – bu yuqori natija va mavqega ega bo‘lish uchun bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy kurashdir.
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli yuritishingiz uchun, albatta, raqobat to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishingiz lozim. Raqobatning bir qator asosiy vazifalari mavjud. Raqobatning vazifalari: Tartibga solish- Resurslarni joylashtirish- Innovatsiyani rag‘batlantirish- Taqsimlash- Nazorat qilish
RAQOBAT SHAKLLARI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishingizni tanlashdan avval uning qanday raqobat sharoitida amal qilishini oldindan bilishingiz muhim hisoblanadi. Raqobatning to‘rtta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin. Raqobat shakllari: Erkin raqobat- Monopolistik raqobat- Sof monopoliya- Oligopoliya
Erkin raqobat – bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjudligi sharoitidagi raqobatdir. Erkin raqobatning xususiyatli belgilari: – alohida korxona yoki tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni tarmoq umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushining katta emasligi; – ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmasligi; – tarmoqqa kirish va undan chiqishning erkinligi. Masalan, siz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tadbirkorligi bilan shug‘ullansangiz, u holda erkin raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Sof monopoliya – bu tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi mavjud bo‘lib, u yakkahukmronlik mavqeyiga ega bo‘lgan bozor holatidir. Sof monopoliyaning xususiyatli belgilari: – tarmoqdagi barcha mahsulotning yagona korxona tomonidan ishlab chiqarilishi; – ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi; – tarmoqqa kirish va undan chiqishning o‘ta qiyinligi.
Monopolistik raqobat – bu bir vaqtning o‘zida ham raqobat, ham monopoliya xususiyatlariga ega bo‘lgan raqobatdir. Monopolistik raqobatning xususiyatli belgilari: – tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha o‘nlab korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi; – o‘z mahsulotini boshqa shu turdagi mahsulotlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilishi; – ishlab chiqaruvchining o‘z mahsuloti narxi ustidan qisman nazorat o‘rnata olishi; – tarmoqqa kirish va undan chiqishning ma’lum darajada qiyinligi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishi sharoitidagi raqobat. Oligopoliyaning xususiyatli belgilari: – tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi; – ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan sezilarli nazorat o‘rnatishi; – tarmoqqa kirish va undan chiqishning qiyinligi.
RAQOBATLASHISH USULLARI
Raqobatning narx vositasidagi va narxsiz raqobat usullari farqlanadi. Narx vositasida raqobatlashuv – bu muayyan mahsulotlar narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishga asoslangan raqobat usuli. Narxsiz raqobat – raqobat kurashining asosiy omili bo‘lib tovarning sifati, servis xizmat ko‘rsatishi, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanuvchi kurash usuli. INSOFSIZ RAQOBAT Raqobatlashuvning noiqtisodiy usullaridan foydalanish insofsiz raqobat deb yuritiladi. Ularga jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish, iqtisodiy resurslar manbalaridan mahrum etish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish kabilar kiradi.
KORXONA RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Bozor iqtisodiyotida boshqa raqobatchilardan o‘zib ketish yoki ustun kelish qobiliyati, ya’ni raqobatdoshlik muhim hisoblanadi. Raqobatdoshlik turli darajalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Raqobatdoshlik darajasi Tovar raqobatdoshligi Korxona (firma) raqobatdoshligi Tarmoq raqobatdoshligi Milliy iqtisodiyot raqobatdoshligi Raqobatdoshlikning har qanday darajasi uchun xususiyatli bo‘lgan asosiy omillar mavjud:. Sifat- Narx- Reklama- Assortiment- Tadqiqot va rivojlanish- Xizmat ko‘rsatish
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun korxonangiz raqobatdoshligini ta’minlashingiz zarur. Korxona raqobatdoshligi – muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalarga o‘zining ishlab chiqarish, moliyaviy va marketing faoliyati samaradorligi jihatidan munosib qarshi tura olish qobiliyati. Buning uchun, albatta, korxona raqobatdoshligini ta’minlash yo‘llari to‘g‘risida bilishingiz kerak. Quyida ularning asosiylarini keltirib o‘tamiz: – muntazam ishlab chiqarish jarayoniga yangiliklarni joriy etish; – mahsulotning nisbatan takomillashgan shakli ustida izlanish; – mahsulot sifatining milliy va jahon andozalariga muvofiqligini ta’minlash; – yuqori sifatli xomashyo va materiallardan foydalanish; – muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirib borish; – xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash; – bozorda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va boshqalar.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Raqobatning qanday vazifalari mavjud? 2. Raqobatning qanday shakllarini bilasiz? 3. Erkin raqobatning xususiyatli belgilarini izohlang. 4. Narx vositasidagi raqobat nima? Uning qanday usullari mavjud?
Yüklə 16,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin