Annotasiyasi



Yüklə 13,42 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü13,42 Kb.
#128414
аннотация (узб)


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Mamatova Zulfizarning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida assotsial xulq-atvor shakllanishi diagnostikasi va korreksiyasi” mavzusidagi dissertasiya
ANNOTASIYASI


Tayanch so‘zlar: Korreksiya, assotsial xulq-atvor, pedagogika, metod, metodika, metodologiya, texnologiya, ta’lim texnologiyasi, YUNESKO, kompetensiya, kreativlik, didaktika, integrasiya, induksiya, deduksiya, empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv ta’lim.
Tadqiqot ob’yektlari: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning shakllanish korreksiyasi jarayoni.
Ishning maqsadi: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvor shakllanishi va rivojlanish sabablarini ko`rib chiqish va oldini olishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish hamda ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalyotga tadbiq etish.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqot mavzusiga doir bo‘lgan ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, suhbat o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va matematik statistik metodlardan foydalanish.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Hozirgi davrda boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasi muammosining ilmiy-nazariy jihatlari asoslandi;
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasi xususiyatlari aniqlandi;
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasi modeli va asosiy mezonlari belgilandi;
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasi mazmuni, shakl va metodlari tavsiya etildi;
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasi samaradorligi darajasi aniqlandi.
Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasiga oid nazariy yondashuvlar, ilmiy qarashlar, metodik tavfsiyalar bilan boyitadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasining bugungi kun dolzarb tomoyillarining, belgilanganligi, mazkur tushunchani nazariy-ilmiy chegaralash va anglash imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida assotsial xulq-atvorning rivojlanish korreksiyasi va diagnostikasiga doir bilimlar majmuasi boyitilib, mazkur bilimlarni tarbiyalanuvchilar tafakkurida shakllantirishning pedagogik asoslari aniqlandi.
Tadqiqot ishining ommalashtirilishi: Tadqiqot mavzu bo‘yicha respublika ilmiy jurnalida 2 ta, konferensiyada 2 ta, xorijiy jurnallarda 1 ta maqola chop etildi.
Qo‘llanish sohasi: Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari.
Yüklə 13,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin