Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


To‘rtinchi ko‘rsatkichi-vaziyatli-rolli moslashishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
To‘rtinchi ko‘rsatkichi-vaziyatli-rolli moslashishi 
Bu moslashish oilada bolaga munosabat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolaga oqilona ijobiy 
munosabatda bo‘lganda, bolaning muammosini hal qilishda oilaning yuksak madaniyatliligi va 
faolligi bo‘lgan holda uning vaziyatli-rolli mavqei yuqori bo‘ladi: agarda bolaga haddan tashqari 
e’tiborlilik, uning muammolariga aralashish ko‘p bo‘lsa, unda 0 o‘rtacha bo‘ladi. Agarda 
bolaning muammolariga e’tibor berilmasa va undan ham yomoni bolaga yomon munosabatlar 
bo‘lsa, bu oilaning past madaniyati va faolligi bilan birga vaziyatli-rolli mavqei – past bo‘ladi. 
 
Oilaning tipologiyasi 
Oilaning ko‘plab tipologiyalari mavjud bo‘ladi: psixologik, pedagogik, sotsiologik. 
Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob beradi, u jamiyatda 
ijtimoiy moslashuvi darajasi bo‘yicha farq qiladigan oilaning to‘rt kategoriyadagi tiplarini 
ajratishni ko‘zda tutadi. 
1. 
YUqori darajasi - mustahkam oilalar. 
2. 
O‘rtacha – xavfi bor oilalar guruxi. 
3. 
Past darajali – notinch (baxtsiz) oila. 
4. 
Juda past – asotsional oilalar. 
Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini bajara oladilar. Ijtimoiy pedagog yordamiga deyarli 
muhtoj emaslar. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni moddiy, psixologik va 
boshqa ichki imkoniyatlariga asoslangan qobiliyati hisobiga o‘z bolasining talab-ehtiyojlariga 
tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash va rivojlantirish masalarini muvaffaqiyatli hal etadi. 
Muammolar paydo bo‘lgan hollarda ularga ijtimoiy pedagogning bir martalik yordami 
(maslahati) etarli bo‘ladi. 
Xavfi bor gurux oilalari qoidalardan bir qancha chetlanishi bilan ifodalanadi (to‘la 
bo‘lmagan oila, kam ta’minlangan oila va shu kabilar). Bular oilaning moslashish qobiliyatini 
pasaytiradi. Ular bolani tarbiyalash vazifalarini o‘zlarining ko‘p kuchlarini ishlatib bajaradilar, 
shuning uchun ijtimoiy pedagog oila holatini kuzatib borishi kerak va kerak bo‘lganida o‘z 
vaqtida yordamini taklif etishi zarur. 
Notinch oilalar, bu hayot faoliyati biror-bir sohasida yoki bir vaqtda bir nechtasidan past 
ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalar. Masalan, oila daromadi past darajada, yomon psixologik 
muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara 
olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy tarbiyalash jarayoni qayta 
qiyinchiliklar bilan o‘tadi, natijasi kam bo‘ladi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog 
tomonidan faol va davomiyli yordam kerak bo‘ladi. 
Asotsional oilalar – bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot 
kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar-gigienik 
talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim 
shug‘ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishdan 
ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy 
pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda
hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak. 


29 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin