39
qahramonlari,
kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va
boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik
uchun harakat qilishi
holatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch
turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi
kosmetika va boshqa
vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida
o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.
SHu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni
aytish mumkin; hissiy noetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini etarli darajada nazorat qila olmaslik,
o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi,
o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu etarli darajada
etilmagan va etuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning
chegarasidir.
Katta deb hisoblanishi uchun etarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda
atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va
harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan bosqich
o‘smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga etmagan, biroq o‘z xulq-atvori va hatti-harakatlariga
axloqiy hamda huquqiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. SHu sababli
o‘smirlar uchun o‘z hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: