Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat 


32 
Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik 
qiladigan oila yoki bola qilib oldigan oila bo‘lishi mumkin. Bular orasida farq birinchi holatda 
bola uchun unga qarindosh bo‘lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik 
aloqasi bo‘lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo‘ladi. Vasiyning vazifasi 
bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga
etmagan bolada mavjud bo‘lgan mol-mulki va ko‘chmas mulkini saqlash va foydalanishini 
nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o‘zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola 
qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu erda u 
o‘z bolasi huquqiga ega bo‘ladi. 
Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. 
Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o‘z bolalari huquq va 
majburiyatlariga tenglashtiriladi. 
Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish oilasi. Vaqtinchalik asrab 
oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham 
keng tarqalgan hisoblanadi.
O‘zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas. 
Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi 
birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo‘ladi. Agarda chet eltajribalariga 
murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko‘rsatish mumkin: 
1. Ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo‘lishi kerak; 
2. Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. 
3. Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to‘lanadi. 
4. Bolaning oilada bo‘lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga 
olinadi. 
5. Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o‘z shaxsiy uylarida o‘tadi. 
Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar 
bolaning oilada bo‘lishini ko‘zda tutadi: o‘z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo‘natilishi, internat 
yoki boshqa muassasalarga yuborilishi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin