3-Topshiriq Dinshunoslik tarixi, Milliy dinlar



Yüklə 69,38 Kb.
səhifə1/12
tarix07.05.2023
ölçüsü69,38 Kb.
#109009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-topshiriq


3-Topshiriq
1.Dinshunoslik tarixi, Milliy dinlar
“Dinshunoslik” din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, ijtimoiy mohiyati, muqaddas yozuvlar, evolyutsiyasi, uning jamiyat tarixida tutgan o’rni, xurfikrlik va diniy falsafa, ilmiy va diniy dunyoqarashlarning o’zaro munosabati kabi dunyoviy va diniy masalalar haqidagi ilmiy, jumladan falsafiy ta’limot, aniqrog’i o’quv predmetidir.
Dinshunoslikni tavsifi shundan iboratki, ilohiyotdan farqli o’laroq, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix filologiya, falsafa, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanadi. Ularning o’rganishni, tahlil qilishni, umumlashtirishni amalga oshiradi; ob’yektiv olam, - tabiat, jamiyat, inson, uning hayoti haqidagi, tabiatdan tashqaridagi kuchlar to’g’risidagi fikrlarni tan olmaydi, rad etadi, ilohiyot esa bularni tan oladi, inkor etmaydi.
Dinshunoslik strukturasi, ya’ni to’zilishi – mazmuniga quyidagi asosiy mavzular kiradi: bu kurShing ta’rifi, tavsifi, predmeti, vazifa (funksiya)lari; din – ma’naviy, ijtimoiy va tarixiy shakllari, ularning ma’nosi; jahon dinlari: buddizm, xristianlik, islom; islomning vujudga kelishi; Uning muqaddas yozuvlari; Uning jahon dini sifatidagi madaniyatga, turmush tarziga ta’siri; Markaziy Osiyoda islom; mustaqillik va din v. h.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun etarli bilim olishi mumkin”. Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab etadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi e’tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘‘jizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas.
Kishilik jamiyati tarixida din shakllari turli-tuman bulgan. Ammo har qanday din muayyan, konkret tarixiy sharoit va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq holda paydo bo'lgan, o'zgargan hamda rivojlangan.Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bulish mumkin: urug'-qabila dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari.
Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim.. dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni kup xudolik dinlari bo'lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdeq muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning yaqqol namunasidir. Ibtidoiyquldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o'ziga xos yana bir xususiyati oxirat to'g'risidagi tasavvurning paydo bo'lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to'la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo'lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo'lida meva-cheva, noz-ne'matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining sunggi davrlariga kelib odamlar o'rniga hayvonlar qqurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib qilinardi. Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga
kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning, sungra millatning shakllanishini uzlarida aks ettirgan.

Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan. Eng so’nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, sikxizm, daosizm, konfusiychilik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-evropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta bo‘lib, o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar. Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat:

  • Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);

  • Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”);

  • Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);

  • Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);


Yüklə 69,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin