Uchinchi haqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, «Hayot g’ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ullarini to’la tugatishdir. To’rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l - «Sakkizta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlash». Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi. Bu sakkiz narsaga amal qilish meditatsiya deb nomlanadi. buddaviylik ta’limoti asosan uch qismdan iborat: 1. Meditatsiya; 2. Axloq; 3. Donolik. 1. Meditatsiya:
3. Donishmandlik - bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunish. Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) - uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari (sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya-pitaka), buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari(abxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi. Xinayana (sanskritcha "kichik arava" yoki najot topishning "tor yoʻli") — buddizmyaatsh (maxayana bilan birga) ikki asosiy oqimdan biri, uning monaxlik shakli. X.da sansara iskanjasidan xalos boʻlishga intiluvchining oʻzi qiladigan harakati asosiy ahamiyatga ega. X.ning asosiy qoidalari mil. av. 1-asrdan ilgariroq yozilgan matnlarda, shu jumladan, tripitakada bayon qilingan. Mahayana (sanskritcha — katta arava, najot topishning keng yoʻli) — buddizmtt 2 asosiy oqim (xinayana bilan birga)dan biri. Milodning boshlarida keng tarqalgan. Mahayana ruhiy kamolot ahsiga rioya etuvchi, xudoga ilti-jo qiluvchi, rohiblarga inʼomlar berib yordam qiluvchi har qanday dindor najot topishi mumkin, deb hisoblaydi. Mahayana taʼlimotiga koʻra, dunyo — bir roʻyo, faqat nirvana realdir. Mahayanada jannat haqidagi taʼlimot muayyan oʻrin egallaydi. Mahayanaga koʻra, jannat bir nechta, ular Mahayana adabiyotida va lamalar vaʼ-zlarida mukammal va jozioali qilib taʼriflanadi, ikona va katta hajmli koʻrgazma maketlarda tasvirlanadi. Mahayanada Budda donishmand-ustozdan tipik xudoga aylangan. Mahayana Hindistondan tashqaridagi keyingi buddizmning , jumladan, lamaizmning bir necha maktablari va yoʻnalishlari uchun asos boʻlib xizmat qildi.[1] Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddada hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Budda taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Budda zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan asrlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8)ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Budda — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir. Budda tarixi 2500 yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida B. kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Budda jamoalari tashkil topdi. Buddaning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud. Buddada kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar. 20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham B. dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan. 4.Xristianlik dini tarixi, yo ‘nalishlari: katolik, provaslavlik, protestantlik
Xristianlik tarixi.Milodiy yil hisobining boshlanishi xristianlik tarixi bilan bog'liq. Chunki ushbu hisob xristianlik manbalarida Iso Masih (Isus Xristos) ning tug'ilishidan boshlangan deb hisoblanadi. Iso Masih haqidagi birlamchi xabarlar asosan diniy manbalarda uchraydi.Hozirgi kunda xristianlik jahon dinlaridan biri hisoblanadi. U e'tiqod qiluvchilarining soniga ko'ra boshqa jahon dinlari (buddaviylik va islom) orasida eng yirigi hisoblanadi. Xristianlikka e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo'lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to'g'ri keladi. Xristianlik hozirgi kunda ko'proq Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit'alarida tarqalgan.Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Bibliyaning xabar berishiga ko'ra, Iso Masih Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog'ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Xuddi shu davrda yahudiylar o'rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo'ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g'oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg'in qildilar. Iso Masihni 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.Diniy bo'lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.Iso nomiga qo'shiluvchi Masih so'zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi “moshiax” so'zidan olingan bo'lib, “silangan” yoki “siylangan” ma'nolarini beradi. Grekchada bu so'z “xristos” (“christos”) shakliga ega. Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishi ham shu so'zlar bilan bog'liq. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko'p jihatdan ta'sirlanishiga sabab bo'ldi. Xristianlikning asosiy g'oyasi – Iso odamzodning xaloskori “messiya” ekani yahudiylikda mavjud bo'lib, oxirzamonga yaqin qolganda qaytib kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta'limotdan kelib chiqqan.Keyinchalik bu ta'limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida “gunohni yuvish”, ya'ni Isoning o'zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta'limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, O'g'il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch qiyofali Xudo (Troitsa – Trinity) to'g'risidagi ta'limotni, jannat va do'zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o'z ichiga oladi. mBibliya yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko'ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o'zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.Bibliya (biblia) so'zi grek tilida “kitob”, “o'ram” ma'nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo'lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha, 22 ta kitob bo'lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563), katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitobni kiritgan. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o'rtasidagi tafovutni keyinchalik ba'zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo'linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, “Musoning besh kitobi” avval bir butun bo'lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, “kichik payg'ambarlar kitobi” 12 kitobga ajratib yuborilgan.“Injil” so'zi yunoncha “evangelion” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, xushxabar ma'nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning Yer yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi.Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo'limdan iborat. Injil Iso Masihni ko'rib, uni yaqindan bilgan, uning ta'limotini sinchiklab o'rgangan mualliflar tomonidan yozilgan.