3-Topshiriq Dinshunoslik tarixi, Milliy dinlar



Yüklə 69,38 Kb.
səhifə4/12
tarix07.05.2023
ölçüsü69,38 Kb.
#109009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-topshiriq

Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug’ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o’lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o’zi xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so’zlaridir. Ob’yektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu besh forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu protsess «hayot g’ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g’ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.
Ikkinchi haqiqat - «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.

Yüklə 69,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin