62
bo‘lmaganlar, maktabga bormaganlar, ishlamaganlar, uy ishlarini bajarmaganlar. Ularning bilim
darajalari odatda 2-3-sinfni tashkil etgan: o‘smirlar orasida umuman savodsizlari ham uchraydi.
Balog‘at yoshiga etmagan jazolanuvchilarning ko‘pchiligi kasb-hunarga ega emas, ish stajlari
yo‘q.
Bo‘sh vaqtlarining ko‘pligi, ularning alkogol ichimliklari, narkotiklar iste’mol qilishlariga,
erta jinsiy aloqalarni boshlashlariga olib kelgan. Bunday hayot
ularni ijtimoiy foydali
mashg‘ulolardan chetga tortadi, ko‘pincha qarindoshchilik munosabatlarining uzilishiga,
o‘qishga qiziqishi yo‘qolishiga, oxir oqibat jinoyat sodir etishiga olib kelgan.
Jazolanuvchilarning ko‘pchilik qismi (53 %) to‘la bo‘lmagan oilalarda, bolalar uylarida
tarbiyalanganlar. Ota-onalarining yo‘qligi ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini qiyinlashtiradi.
Bunday hollarda asosan bola qorni to‘qligi va eni butunligi haqidagi qayg‘uriladi. Ikkala ota-
onasi bo‘lgan oilalarda kattalar va bolalar o‘rtasida bir-birini tushunish yo‘qligi, o‘smirning
ma’naviy axloqiy muammolari, do‘stlariga ota-onalarning befarqligi aniqlandi.
Ana shu masala bo‘yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon
beradi:
1.
Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo‘lishlari sababli
ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o‘zaro aloqalari yo‘q.
SHuning uchun ota-onalar o‘smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va
talablari haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko‘r-ko‘rona
muhabbatni yuzaga keltiradi.
Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej)
bilan aloqalarini yaxshilash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin edi. Ma’lumki, o‘quv
yurtlarida
o‘smirning xulqi yomon belgilarini ancha ob’ektiv baholaydilar (uning hulqi og‘ishini,
jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga
pedagoglar malakali yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
2.
O‘smirning oiladan tashqaridagi yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi
yo‘llar bilan xabardor bo‘ladilar:
a) ularning qiziqtirgan uning o‘zi haqidagi va uning do‘stlari haqidagi muammolarni
qo‘pol va odobsiz usulda talab etadilar.
b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.
v) bolaning xulqini o‘zlari kuzatishlari natijasida.
Ota-onalar odatda bolaga o‘zlariga yoqqan bolalar bilan do‘st-o‘rtoq bo‘lishni majbur
qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg‘onchi
qiladi.
Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. SHuning uchun ota-onalarni umumiy
pedagogik o‘qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o‘tkazish yo‘li, bu
maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo‘li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va
psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “oila xizmati” tizimlari yordamida.
3.
Bugungi kundagi ota-onalar ko‘p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor
emaslar. SHuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o‘z farzandlariga to‘gri
harakat qilish bo‘yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar.
SHu sababli ota-onalarning
o‘zlari orasida va oilaning katta a’zolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati
yuzaga keladi.
Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirib
berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda
bo‘lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo‘lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar
sharoitida o‘smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo‘ladi. Bu erda o‘smirning xulqi
asosiy yo‘nalishi ularga xavfli joylarga borishni ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy
bajarishi bo‘ladi.
4.
Bolalar va o‘smirlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan
ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko‘plab jiddiy xatolar
va kamchiliklar borligini
ko‘rsatadi.
63
Kichik va katta sinf o‘quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha faqatgina qisqa
ma’lumotlar oladilar.
Hozirgi paytda 4-11-sinflar uchun respublikamizda yangi Fan kiritilgan, “Sog‘lom avlod
tarzi (asoslari?)”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo‘lim bor. Lekin faqatgina jinsiy
masalalarni o‘rganishning o‘zigina etarli emas.
Balog‘at yoshiga etmaganlar jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish
bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. CHunki bu holat aniq bir balog‘atga etmagan yoki
o‘smirning o‘ziga emas, balki uning atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko‘rsatadi.
Bafarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir etish usuli o‘smirlar tomonidan (tarbiyasida
kamchiliklari bo‘lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o‘xshash harakatlarni amalga
oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu o‘smirga uning
tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin (ya’ni, o‘smirlar tengdoshlari va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘ladigan bo‘lib qoladilar).
SHundan
kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to‘g‘ri baho berish va
ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish
zaruriyati yuzaga keladi.
Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor hulqli
shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha birgalikda ish
olib borishlari kerak.
5.
O‘g‘il bolalar va qizlar o‘zaro munosabatlari muammolari o‘smirning jinsiy etilish
yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar
haqidagi ma’lumotlar odatda noto‘gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan
qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo‘lsa, u bu sohaga shunchalik ko‘p qiziqadi. SHuning uchun
jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo‘ladi.
Akseleratsiya sababli bugungi kunda o‘smirlarning erta dinsiy etilishlari va uning ijtimoiy
tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o‘rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir
qator
muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilmlar,
matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo‘zg‘atib kelinayotgan jinsiy
instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi.
Bu muammoni hal etish o‘smirlarni sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik
ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo‘ladi.
SHu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda o‘smirlar o‘rtasida
huquqbuzarlikni olidini olish bo‘yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo‘lishi kerak
deb to‘g‘ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi
kerak bo‘ladi.
Haqiqatan,
maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko‘rsatishni tartibga soluvchi bo‘lishi
kerak. Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya qilish
organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi
qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni ancha kengaytiradi.
Bu ishda qo‘shimcha ta’lim, bolalarning dam olishlari va ijod bilan shug‘ullanishlari,
bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli katta.
Dostları ilə paylaş: