Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 459 Kb.
səhifə12/25
tarix10.01.2023
ölçüsü459 Kb.
#78866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
401-27

Reyting nazorat hamda attesstatsiya oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari hayotida muhim ahamiyatga ega. Reyting nazorat haqidagi yo‘llanmalar, ko‘rsatmalar va ma’lumotlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy hujjatlarida, oliy pedagogik materiallarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida hayot tajribasi bilan boyitib, to‘ldirib boriladi. O‘quv yilining har bir semestri uchun belgilangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar yarim yillik davomida tizimli rivishda davom ettiriladi. Har bir semestr davomida o‘zlashtirishni hisobga olib borish va nazorat qilish talabalarni reyting nazoratlarga puxta tayyorlashga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi. Semestrlar oxirida talabalarning bilim va malakalarni o‘zlashtirish darajalari reyting nazorat yo‘li bilan baholash esa o‘zlashtirishni hisobga olishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Chunki bungacha talabalarning bilimi ma’ruza jarayonida oraliq nazorat kollekvium, testlar sinab bilan ko‘riladi. Uni to‘laroq sinash seminar, amaliy mashg‘ulotlar vaqtida joriy baholash bilan amalga oshiriladi. Shubhasiz, ushbu davrda og‘zaki va yozma ishlar o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida Reyting nazoratini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy mashqlar texnikasini egallash darajasi joriy baholash bilan baholanadi. Oraliq baholashda ma’ruza mashg‘ulotlardagi o‘zlashtirishlari kollekviumlar orqali o‘tkazilib baholanib boriladi. Yakuniy baholashda talabalar nazorat me’yorlari orqali jismoniy mashq texnikasini egallaganlik malakasi va jismoniy fazilatlar rivojlanganlik darajasi nazorat qilinadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni yakuniy nazorat me’yorlari sifatida “Alpomish va Barchinoy” test sinovlaridan foydalanish mumkin.
Tayyorgarlikni muntazam amalga oshirish uchun, dastavval sessiyaga kiritilgan fanlarni va ularning o‘tkazilishini muddatlarini aniqlab olish lozim. Asosiy tayyorgarlik ishlari ham sessiyagacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishi zarur. Reyting nazoratlar semestr, kurs nazoratlari deb bo‘linadi. Semestr reyting nazorati ma’lum bir fan yoki uning biror bo‘limi yarim o‘quv yili davomida o‘tib bo‘lingandan so‘ng tashkil etiladi. Kurs reyting nazorati esa u yoki bu kursning, ya’ni fanning to‘la o‘tib bo‘lingandan so‘ng qabul qilinadi. Semestr va kurs reyting nazoratlarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazgan o‘qituvchilar-professorlar, dotsentlar va katta o‘qituvchilar qabul qiladilar. Ma’ruzalarni o‘qish va reyting nazoratlarni qabul qilish assistentlarga topshirilmaydi. Yakuniy nazoratlarini topshirilishi uchun sessiya belgilanib, bu davrda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar to‘la ravishda to‘xtatiladi. Har bir fanni qayta tayyorlash, ba’zi adabiyotlarni takror o‘qib chiqish uchun har bir yakuniy nazoratga bir necha kundan vaqt ajratiladi. Reyting nazorat sessiyasiga kirgan fanlar uchun necha kundan vaqt ajratish guruh talabalariga havola etiladi va ajratilgan vaqt dekanat yoki kafedra tomonidan rasmiylashtiriladi. Shu asosda dekanat yakuniy nazoratlarini topshirish bo‘yicha jadval tuzib, uni e’lon qiladi.
Reyting nazoratini Yakuniy baholash qismi “tayanch ibora” yozma ishlari shaklida o‘tkaziladi. amaliy fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar amaliy nazorat me’yorlari topshirish yoki test sinovlari o‘tkazish bilan baholanadi. Ma’ruza soatlari bor bo‘lgan fanlar bo‘yicha yozma ishlar o‘tkazilib, yozma ishlar savollari nazariy fanda uchraydigan tayanch iboralarni yoritish va tahlil etishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir yozma ish hajmi 800-1000 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak. Har bir talabaning yozma ishlari ballar bilan baholanadi va taqriz beriladi. Reyting nazoratlarda ball qo‘yish me’yori esa kafedrada muhokama qilinib, tasdiqdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Bu ish kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliy, seminar va tajriba mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalarni har bir mashg‘ulotdagi ishtiroki Joriy baholash bilan baholanadi. Min-0,4: Max-0,7. Mashg‘ulotlar yakunida hamda Ma’ruza mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng Oraliq baholash yozma ish, test sinovlari, kollekviumlar bilan o‘tkaziladi. yakuniy nazorat fan o‘tib bo‘lgandan so‘ng yoki semestr yakunida “tayanch ibora” yozma ishlari shaklida o‘tkaziladi. Barcha nazoratlar ballar bilan baholanadi. Umumiy balga nisbatan Joriy baholashda 35%, Oraliq baholashda ma’ruza mashg‘ulotlariga 70%, seminar, amaliy va tajriba mashg‘ulotlariga 35%, Yakuniy baholashda 30% ball qo‘yiladi. Talabaning umumiy o‘zlashtirish darajasi quyidagicha baholanadi. Talaba fandan o‘zlashtirish bali ja’mi ballning 55%-70% tashkil etsa o‘zlashtirish qoniqarli, 70%-85% bo‘lsa yaxshi, 85%-100% bo‘lsa a’lo darajada o‘zlashtirish hisoblanadi. Ta’lim shakli sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari bilimini o‘zlashtirish darajalari reyting nazoratlari quyidagicha olib boriladi. Umumiy balga nisbatan Oraliq baholash ma’ruza mashg‘ulotlariga 70%, amaliy, seminar, tajriba mashg‘ulotlariga ham 70%, Yakuniy baholashda 30% ball qo‘yiladi.
Yakuniy davlat attesstatsiyalari ham “tayanch ibora” yozma ishlari shaklida olib boriladi. Davlat attesstatsiyalarini dastur materiallari bo‘yicha tuzilgan biletlar asosida o‘tkaziladi. har bir biletda beshtadan savol bo‘ladi. har bir javobga Max-20 ball qo‘yilib, umumiy ball chiqariladi. Olingan ball ja’mi 100 ballning 55%-70% tashkil etsa yozma ish qoniqarli, 70%-85% bo‘lsa yaxshi, 85%-100% bo‘lsa a’lo bajarilgan hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishlarni baholash ballari darajasi ham shunday miqdordan hisoblanadi. Kurs ishlariga esa Max-30 ball hisobidan olinadi. Talabalarning o‘quv va pedagogik amaliyotdagi ishtiroki ham reyting ballari bilan baholanadi. O‘quv-Lager yig‘inlarida ishtiroki Joriy baholash, mashg‘ulotlar davomidagi jismoniy harakatlarni bajara olish malaka va ko‘nikmalari Oraliq baholash, O‘quv –Lager yig‘inlari yakunida nazorat me’yorlarini topshirish bilan Yakuniy baholash nazoratidan o‘tadilar. Ballar miqdori, har kuniga–6 soat-6,0 ball hisobidan olinadi.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin