2.2.Sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar va ularni o‘qitish uslubiyoti.
Sport va harakatli o‘yinlarni shakllanish tarixi. Sport va harakatli o‘yinlarni O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni. Ta’lim muassasalarida sport va harakatli o‘yinlar mashg‘ulotlarini tashkil etish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida sport va harakatli o‘yinlarni o‘tkazish. Basketbol, Voleybol, Futbol, Gandbol o‘yinlari texnika va taktikasini o‘rgatish.
Harakatli o‘yinlarni pedagogik mohiyati. Milliy harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari musobaqalarini tashkil etish hakamlik, musobaqa hujjatlari.
Suzish va uni o‘qitish uslubiyoti. Suzish usullarini rivojlanishi, suzish sportini O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni, ta’lim muassasalarida suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish, suzish harakatlariga o‘rgatish, sportcha suzish usullari, erkin suzish, chalqancha suzish, delfin, brass suzish usullari texnikasi, suzish harakatlariga o‘rgatish uslubiyoti, suzish usullarida start va burilishlar texnikasi, amaliy suzish usullari, suvga sakrash, suv ostida suzish, sinxron suzish, suv polosi, uzoq masofaga suzish, amaliy suzish usullariga o‘rgatish texnikasi, cho‘kayotganda qutqarish usullari, tibbiy yordam, suzish bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, hakamlar vazifasi, musobaqalar hujjatini tuzish.
Milliy kurash usullari va ularni o‘qitish uslubiyoti: O‘zbek milliy kurash usullarini shakllanishi va rivojlanishi, Buxorocha va Farg‘onacha Kurash usullari. Belbog‘li va Xalqaro Kurash usullari. Milliy kurash usullarini O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish, kurash mashg‘ulotlarida jarohatlanishni oldtnt olish. Kurash usullari texnikasiga o‘rgatish uslubiyoti. Hujum texnika va taktikasi, milliy kurash usullari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish. Hakamlik qilish. Musobaqa hujjatlarini tashkil qilish.
Musiqiy ritmik tarbiya. Musiqiy ritmik tarbiyaning maqsad va vazifasi. Jismoniy tarbiya jarayonida musiqiy ritmik tarbiyaning o‘rni, ta’lim muassasalarida musiqiy ritmik gimnastika mashg‘ulotlari. Musiqa jo‘rligida bajariladigan harakatlar texnikasi. Ritmik gimnastika harakatlariga o‘rgatish. Musiqiy ritmik gimnastikani yoshlarni ma’naviy va jismoniy tarbiyasidagi vazifasi.
Dostları ilə paylaş: |