Sport o‘yinlari va ularni o‘qitish uslubiyoti. Sport o‘yinlarni shakllanish tarixi. Sport o‘yinlarni O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni. Ta’lim muassasalarida sport o‘yinlar mashg‘ulotlarini tashkil etish. Basketbol, Voleybol, Futbol, Gandbol o‘yinlari texnika va taktikasini o‘rgatish. Sport o‘yinlari musobaqalarini tashkil etish hakamlik, musobaqa hujjatlari.
Suzish va uni o‘qitish uslubiyoti. Suzish usullarini rivojlanishi, suzish sportini O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni, ta’lim muassasalarida suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish, suzish harakatlariga o‘rgatish, sportcha suzish usullari, erkin suzish, chalqancha suzish, delfin, brass suzish usullari texnikasi, suzish harakatlariga o‘rgatish uslubiyoti, suzish usullarida start va burilishlar texnikasi, amaliy suzish usullari, suvga sakrash, suv ostida suzish, sinxron suzish, suv polosi, uzoq masofaga suzish, amaliy suzish usullariga o‘rgatish texnikasi, cho‘kayotganda qutqarish usullari, tibbiy yordam, suzish bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, hakamlar vazifasi, musobaqalar hujjatini tuzish.
Milliy kurash usullari va ularni o‘qitish uslubiyoti: O‘zbek milliy kurash usullarini shakllanishi va rivojlanishi, Buxorocha va Farg‘onacha Kurash usullari. Belbog‘li va Xalqaro Kurash usullari. Milliy kurash usullarini O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish, kurash mashg‘ulotlarida jarohatlanishni oldini olish. Kurash usullari texnikasiga o‘rgatish uslubiyoti. Hujum texnika va taktikasi, milliy kurash usullari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish. Hakamlik qilish. Musobaqa hujjatlarini tashkil qilish.
III-BOB PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT TURLARI BO‘YICHA NAZARIY BILIM VA MALAKALARNI YORITISH
3.1. Pedagogik tajriba – talabalarni jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligining bosqichi sifatida.
O‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish muammosiga ko‘plab olimlar va pedagoglar murojaat qilganlar. Ular oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayonning asosiy vazifasi kasbiy faoliyat sohasida maxsus bilimlar, tajribalar va ko‘nikmalar bilan qurollangan mutaxassis shaxsini shakllantirish bo‘lishi kerak deb hisoblaydilar.
Shuning uchun oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida talabalarda kasbiy-pedagogik yo‘nalganlikni shakllantirish muammosi muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.
Kasbiy tayyorgarlikda bosh yo‘nalish qilib, bo‘lajak o‘qituvchilarni ularga maktabda olib boriladigan ishlashlarda yordam berish mumkin va zarur bo‘lgan mustahkam, ishonchli bilimlar bilan qurollantirish vazifasi oldinga surilmoqda.
Ta’limda nazariy bilim va amaliyot bir-biri bilan bog‘langan bo‘linmas zanjirdir. Jismoniy tarbiya va sport tizimida talabalarga o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil etiladigan va amaliyotchining kelajakdagi faoliyat ob’yektining o‘ziga xosligini aks ettiradigan pedagogik amaliyotning roli kattadir. Ya’ni pedagogik amaliyot o‘quv jarayonining ajralmas qismidir, uning maqsadi talabalarni kasbiy faoliyatda ilmiy-nazariy bilimlarni va kasbiy yo‘naltirilgan fanlar, xususiy uslublar va maxsus fanlardan amaliy tajriba va qobiliyatlarini ongli va ijodiy qo‘llash ko‘nikmalariga o‘rgatishdan iboratdir.
Talabalarning pedagogik amaliyotining mazmuni uning yo‘nalishida o‘tkazilayotgan ilmiy va o‘quv fani, shuningdek, talaba egallayotgan kasb tavsifidan kelib chiqib belgilanadi. Amaliyot mundarijasi quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi. Bular: o‘qitish jarayonida olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, tajribalarni shakllantirish va ularni umumta’lim maktabida jismoniy madaniyat o‘qituvchisi faoliyatini real sharoitlarida amaliy qo‘llashdir.
Dostları ilə paylaş: |