Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va sportda ilmiy tadqiqotlar tashkil etish



Yüklə 459 Kb.
səhifə22/25
tarix10.01.2023
ölçüsü459 Kb.
#78866
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
401-27

Jismoniy tarbiya va sportda ilmiy tadqiqotlar tashkil etish. O‘quv mashg‘ulotlarida quyidagi mavzular tahlil etiladi va amaliy malaka va ko‘nikmalar tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya va sportda samarali natijalarga erishish, ta’lim tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish. Ilmiy tadqiqot uslublari, shakllari va vositalari. Adabiyotlar tahlil etish. Qo‘lyozmalarni qayta ishlash, axborot va ma’lumotlar yig‘ish. Suhbat, anketa va so‘rovnomalar o‘tkazish. Pedagogik nazorat. Tajriba va eksperiment guruhlari. Dastlabki, yakuniy va doimiy nazoratlar. Natijalarni qayd etish. Kundalik tutish hamda rejalar va bayonnomalar tuzish. Natijalarni matematik, statistik qayta ishlash. Jismoniy rivojlanganlikning o‘rtacha ko‘rsatkichi, ko‘rsatkichlar korrelyatsiyasi va variatsiyasi, ko‘rsatkichlar ishonarliligi, xatolar, xatolik farqi, kvadrat og‘ishlar. Tibbiy, biologik va psixologik nazorat uslublari. Jismoniy rivojlanganlikni nazorat qilish. Antropometrik nazorat. Asab, yurak, qon-tomir, ayirish va modda almashinish jarayonlaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish. Jismoniy tarbiya va sport jarayonida xissiy tushunchalar, ruhiy holat. Sport natijalariga shaxs xarakaterlarining ta’siri. Jismoniy tarbiya va sportda ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayoni, ilmiy tadqiqotlarni boshqarish va rejalashtirish.
Sport fanlarini o‘qitish uslubiyoti fanida quyidagi mavzular tahlil etiladi. Ta’lim muassasalarida sport o‘yinlari, yengil atletika, gimnastika, suzish va milliy kurash mashg‘ulotlari va darslarini tashkil etish uslubiyoti.
Gimnastika va uni oqitish uslubiyoti. Gimnastikani shakllanishi va rivojlanishi, O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning tutgan o‘rni. Gimnastika mashg‘ulotlarida jarohatlanishni oldini olish, ta’lim muassasalarida gimnastika darslarini tashkil etishni rejalashtirish va boshqarish. Saf mashqlari. Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Osilishlar va tayanishlar, muvozanat saqlash mashqlar, uloqtirishlar. Akrobatika, ommaviy gimnastika harakatlari. Gimnastika bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etish va boshqarish. Gimnastika musobaqalarida hakamlarning vazifasi. Gimnastika trenirovkalarini tashkil etish va boshqarish. Gimnastik mashqlar o‘rgatish uslubiyoti.
Yengil atletika va uni oqitish uslubiyoti. Yengil atletikani shakllanishi va taraqqiyoti. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport tizimida Yengil atletikaning tutgan o‘rni. Yengil atletika mashqlarining texnikasiga o‘rgatish. Yengil atletika darslarini tashkil etish. Yengil atletikachilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi. Yengil atletika sport trenirovkalarini tashkil etish. Ta’lim muassasalarida yengil atletika mashqlariga o‘rgatish uslubiyoti. Qisqa masofaga, uzoq masofaga, o‘rta masofaga yugurishlar. To‘siqlar osha yugurish, estafeta yugurishlari va kross yugurishlar. Nayza va lappak, granata, to‘p uloqtirish, yadro itqitish, uzunlikka va balandlikka sakrash. Yengil atletika mashg‘ulotlarini rejalashtirish va o‘tkazish uslubiyoti. Yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Yengil atletikada hakamlik. Yengil atletika musobaqalarining hujjatlarini tuzish.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin