1. Kurs ishini bajarishning maqsad va vazifalari Kurs ishi mavzulari о‘quv rejaga asoslangan holda fan mazmuniga muvofiq ravishda ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Mavzular ilmiy, dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim.
Kurs ishining sifati mavzuning tо‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Ya’ni talaba u yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga bо‘lgan hohishi bilan mavzu tanlashi hamda ushbu muammoni tadqiq etish jarayonida ilmiy rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin. Biroq ayni vaqtda ilmiy rahbar albatta tanlangan mavzu bо‘yicha ilmiy adabiyotlar va amaliy materiallarni tanlash imkoniyatini ham hisobga olishi zarur.
Kurs ishi – talabaning tanlagan sohasiga mos keluvchi egallagan bilim darajasi haqida ma’lumot beruvchi, mustaqil bajariladigan va yozma shaklda ifoda etiladigan ijodiy, ilmiy tadqiqot ishidir. Ushbu ish talabadan tadqiqot predmetini chuqur va ijodiy о‘rganish, tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash, kо‘rilayotgan muammo holatini tahlil qilish hamda shaxsiy xulosa va umumlashmalarni talab etadi.
Kurs ishini bajarish talabalar uchun eng muhim bо‘lgan mustaqil ishlardan biri hisoblanadi. Kurs ishini yozmasdan yoki himoya etmasdan turib talaba imtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham о‘tkazilmaydi.
2. Kurs ishlarini bajarish bо‘yicha metodik tavsiyalar
Mazkur kurs ishi talabalarda maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlarini о‘qitish borasidagi bilimlar tо‘liq shakllanganidan sо‘ng talablarga muvofiq tarzda bajarilishi talab qilinadi.
Kurs ishi talabaning maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlaridan egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qо‘llay olish kо‘nikmasini nazorat qilish, shuningdek, talabaning zamonaviy kasb-hunar ta’limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Kurs ishning asosiy vazifalari:
- Maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlaridan olingan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlardagi bilimlarni mustahkamlash;
- mustaqil ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni о‘rganishga bо‘lgan bilimlarni egallash;
- kurs ishida qо‘yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini о‘zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
-real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bо‘lishi;
-tanlangan mavzu bо‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, muammolar mohiyatini ochish;
-mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
-maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlarini о‘qitish bо‘yicha ta’limi samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va shu kabilardan iborat.
Kurs ishni bajarish jarayonida talaba turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, Davlat ta’lim standartlari, texnologik kо‘rsatma va
meyoriy hujjatlardan foydalanishni о‘rganishi, mustaqil ravishda loyihalash ishlarini bajara olishi, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini nazarda tutib ta’lim berishning eng samarador usullari, yangi о‘quv-didaktik vositalarni tanlashi hamda pedagogik jarayonni loyihalay olishi lozim. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tizimi, soha bо‘yicha kasb-hunar kollejlari о‘quv dasturlari va о‘quv rejalari bilan tanish bо‘lishi, maktabgacha pedagogika fanlarini о‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qо‘llay oladigan bо‘lishi kerak.
Kurs ishida talaba quyidagilarni aks ettirishi lozim:
mavzu tavsifi, dolzarbligi, muammoning о‘rganilganlik darajasi;
mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish;
mavzuni yoritishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
mavzuni bо‘yicha о‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash;