Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika


Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish



Yüklə 50,92 Kb.
səhifə6/7
tarix09.05.2023
ölçüsü50,92 Kb.
#110012
1   2   3   4   5   6   7
курс иши мет.қўлланма

7. Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish
Kurs ishiga obyektiv baho berish maqsadida unga muvofiq keluvchi yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bо‘lgan mutaxassislarning taqrizlari muhimdir. Har bir ish bо‘yicha kafedra yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqrizchi belgilanadi.
Taqrizchi – OTMning boshqa kafedralari professor-о‘qituvchilari, yoki muayyan ishda kо‘tarilgan muammo bо‘yicha yetakchi ilmiy va amaliy faoliyat olib boruvchi boshqa maktabgacha ta’lim muassasalari tarkibidan bо‘lishi mumkin.
Taqrizda talaba tomonidan tanlangan mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qо‘yilgan maqsad va ifodalangan vazifalarga kurs ishi mazmunining mosligi, uning asosiy qiymatini belgilovchi, amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, shuningdek, ishda yul qо‘yilgan asosiy kamchilik berilgan bо‘lishi lozim. Taqrizchi kurs ishining mazmuni va rasmiylashtirilishi bо‘yicha talaba mehnati natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur.


8. Kurs ishini baholash mezonlari

Kurs ishini asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:



  • mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;

  • kо‘rilayotgan masala bо‘yicha mahalliy hamda xorijiy manba va maxsus adabiyotlardan tо‘la foylanilganligi;

    • tadqiqot obyekti bо‘yicha daliliy ma’lumotlarni tо‘liq va sifatli tо‘planganligi;

    • qо‘yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning tasdiqlanganligi;

    • olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;

    • xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;

  • materialni aniq va tо‘g‘ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli rasmiylashtirilganligi;

  • kurs ishining nazariy va amaliy masalalar bо‘yicha munozara yurita olinganligi, kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning tо‘g‘ri va chuqur ifodalanganligi.

Kurs ishi sessiya boshlanishiga 10 kun kolganda kafedraga topshiriladi, ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini va fakultet dekani tasdig‘idan о‘tadi,shundan sо‘ng himoya etiladi.

Yüklə 50,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin