Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 256,46 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2019
ölçüsü256,46 Kb.
#29918
1   2   3
kasb-hunar kollejlarida maxsus atamalarni oqitish muammolari


17. Men kimman? (Wer bin ich?) usuli:

Mashhur kishi qiyofasidagi kishi chiqib, o’zi haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. O’quvchi uning kimligini topishi lozim:



  1. Ich habe 37 Sachen geschrieben: Dramen, Tragoedien und Koemodien. Wer bin ich? (W.Shakespeare).

  2. Ich habe “Robinson Kruso” und viele oekonomische und politische Romanen geschrieben. Wer bin ich? (Daniel Defoe).

  3. Ich bin im 1667 geboren und habe “Gulliver’s Reise”geschrieben. Wer bin ich?. ( J.Swift )

  4. Ich habe “Faust” geschrieben.Wer bin ich? (J.W.Goethe).

18.Tezkor javob (schnelle Antwort) Bu usul yuqori sinf o’quvchilari uchun muljallangan bulib ,takrorlash darslarida foydalaniladi.

19. Rasmlar so’zlaganda ( “Wenn die Bilder sprechen”). Ancha qulay bo’lib, nemis tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim:

20. Zanjirli hikoya (Ketten- Geschichte):

Was kennen Sie ueber Deutschland?.

Nein, wir werden euch viel mehr Saetze sagen.Ich moechte wissen,wer ein gutes Gedaechtnis hat.

Schueler-1: Deutschland ist eine der grosessten Staat der Welt.

Schueler-2: Deutschland ist der groesseste Staat der Welt und hat viele Sehenswuerdigkeiten.

Schueler-3: Deutschland ist der groesesste Staat der Welt und hat viele Sehenswuerdigkeiten wie Berliner Mauer,Olympische Stadion in Muenchen.

21.Muzyorar (Eisbrecher) usulini darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.

Masalan: Nemis tili to’garagining mashg’ulotlarini boshlaganingizda o’quvchilar bir-birini tanimasligi mumkin. SHunda muzerar usuli ularning tanishishlariga, bir-biri to’g’risida ko’proq ma’lumot olishlariga yordam berishi mumkin:

Ikki o’quvchi o’zaro nemischa gaplashishadi, (ismi, turar joyi, xobbisi) keyin ulardan biri ikkinchisini boshqalarga tanishtiradi. SHunday qilib, do’stona vaziyat yuzaga keladi.Nemis tilida erkin so’zlashish uchun o’quvchi talabaning lug’at boyligini oshirish lozim. Bu vazifani hal qilishda har xil o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi.O’yinlar orqali so’zlar o’rgatilsa o’quvchilar yangi so’zlarni tez ilg’ab olishadi va bu so’zlar ularning xotirasida bir umrga qoladi.Bunday o’yinlar butun sinf bilan, yoki kichik-kichik guruhlarga bo’lingan holda o’rgatilishi mumkin.

Keling, o’qituvchilar yangi so’zlarni o’rgatayotganlarida qanday uyinlardan foydalanishlari mumkinligini ko’rib chiqaylik:

21.Xotirani mustakamlovchi o’yin (Memoriespiel)

Bir o’quvchi bitta gap aytadi boshqa o’quvchi shu gapga bir so’z yoki gap qo’shadi.

1-o’quvchi: 1-o`quvchi: Mein Freund kommt.

2-o`quvchi: Mein Freund und seine Mutter kommen.

3-o`quvchi: Mein Freund und seine Mutter kommen mit dem Zug.

Qaysi o’quvchi so’z qo’sha olmasa yoki xatoga yo’l qo’ysa o’yinni tark etadi.

22. So’z bog’liqligi o’yini (Woerter Assozation)

Bir sinf turkumiga oid so’zlar olinadi.

Masalan: Uy jihozlariga oid so’zlar.

1-o’quvchi: 1-o`quvchi: das Sofa.

2-o`quvchi: das Bett.

3-o`quvchi: der Sessel.

4-o`quvchi: der Schrank.

Qaysi o’quvchi tezda so’z topa olmasa o’yinni tark etadi.

23.Mimika (Mimik)

Bu o’yin yuqori sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilar ko’p so’zlarni bilishlari ya’ni lug’atlari boy bo’lishi kerak.

Bu uyin kasbga oid bo’lishi mumkin. Boshlovchi biror kasb egasiga doir harakat qilib ko’rsatadi, qolganlar bu so’z qaysi kasbga oid ekanligini topishlari kerak, aks holda ular savol berishlari mumkin:

Kasbga oid ish qurollari haqidagi o’yin (das Spiel ueber die Geraete von Beruf)

O’qituvchi o’quvchilarni juftlikka ajratadi. 2 o’quvchini yuzma yuz qilib ularga so’zlar yozilgan kartochkalarni beradi.

Masalan: Messer und der Koch,der Kuli und der Schueler

1-o’quvchi: Damit kann man etwas schneiden.(Brot,Fleisch).

2-o’quvchi: Das ist das Messer. Wir benutzen es fuers Brot schneiden.


Bu o’quvchilar yozuvni bir biriga ko’rsatmasligi kerak. O’quvchilar kartochkadagi ish qurolining nomini aytmasdan, o’sha so’zni tasvirlashlari shart. Boshqasi o’sha ish qurolini topishi kerak:

24.Kishilar ovozlari orqali so’z topish (Stimme vermuten)

Bu uyinda o’quvchilar kishilar xursand bo’lganda, xafa bo’lganda, kasal bo’lganda qanaqa ovoz chiqarishini o’rganadilar.

O’qituvchi: Sie sind im Konzert,in der Buehne.

O’quvchi: Singen und sagen,ich singe.

O’qituvchi: Jemand ist hier…

O’quvchi: Sie fluestern etwas ins Ohr und sie sagen:ich fluestere.

O’qituvchi: Sie haben Fussschmerzen.

O’quvchi: Schreien und sagen;ich schreie.

O’yin oxirida o’quvchilar o’zlari xuddi shunday harakatlar topib, aytishlari va ijro qilishlari mumkin.

25. Ogoxlantirish, bildirish iboralariga oid o’yin (Notizen und Warnungsspiel.)

O’qituvchi ikki turdagi kartochkalarni tayyorlaydi. Birinchi turdagi kartochkalarda ba’zi joylarda aytiladigan iboralar va gaplar yoziladi. Ikkinchi tur kartochkalarda esa shu gaplar va iboralar aytish mumkin bo’lgan joylar ko’rsatiladi. Masalan:

1-o’quvchi: Viele Studenten lesen Buecher.

2 o’quvchi-: In der Bibliothek.

3-o’quvchi: Tickets sind verkauft.

4-o’quvchi: Sie sind vor dem Teather.

5-o’quvchi: Zoepfe dein Haar fuer das Geldwechsel.

6-o’quvchi: Sie sind in der Bank.

26. Mantiqni kuchaytirish uchun ishlatiladigan o’yin (Nachdekspiel) Bu usul o’quvchilarga turli sifatlarni tanlash imkonini beradi. Buning uchun o’qituvchi har xil tipdagi savollar yozilgan kartochkalarni tayyorlab qo’yadi:

Ist das sehr interessant, nicht wahr?

Sie ist sehr schoen,ist sie wirklich?

Haben Sie gute Tage gehabt?

Kartochkalar stol ustiga qo’yiladi.

O’qituvchi o’quvchilardan birini chaqirib, kartochkalarning birini olib, savolini o’qishini buyuradi. Bu o’quvchi boshqa o’quvchidan sifatlarni ishlatgan holda savolga javob berishini so’raydi. 1-o’quvchi: Sie kocht sehr gute Speisen? nicht wahr? Karim? o’quvchi: (Karim) Gut? Sie kocht schmackhaft.

Kim sifatlardan o’rinli foydalana olmasa yoki xatoga yo’l qo’ysa yutqazgan hisoblanadi.

27. Gaplarni kengaytirish uchun ishlatiladigan o’yin (Saetze weiter verlaengern.)

Bu o’yin ham sifatlarga taalluqli bo’lib, gaplarda bir necha sifatlar ishlatilishi lozim:

O’qituvchi : Er isst ein Apfel.

1-o’quvchi: Er isst ein roter Apfel.

2-o’quvchi: Er isst ein grosser roter Apfel.

28.Sinonim so’zlarni ishlatishda qo’llaniladigan o’yin. (Synonyme benutzen.)

Bu o’yinda o’qituvchi bir so’zni aytadi, o’quvchilar shu so’zning sinonimlarini topishadi.Qaysi o’quvchi ko’p sinonim topaolsa, o’sha o’quvchi g’olib hisoblanadi:

O’qituvchi: die Faehigkeit.

1-o’quvchi: das Talent.

2-o’quvchi: die Kunst.

3-o’quvchi: die Begabung.

O’qituvchi: Bysness.

1-o’quvchi: die Industrie

2-o’quvchi: der Handel

3-o’quvchi: das Unternehmen

4-o’quvchi: das Verkehr

Bu turdagi o’yinlar hamma yoshdagi o’quvchilarni nemis tili ogzaki nutqini ustirishga va so’z boyliklarini oshirishga yordam beradi.

Nemis tili o’qituvchilari nemis tili o’rganuvchilarining yosh xususiyatlari va bilim darajalarini hisobga olgan holda o’yin shartlarini oson yoki murakkablashtirishlari mumkin.

Ta’lim jarayonida turli hil interfaol metodlardan foydalanish ta’lim oluvchilarning faolligini oshiradi, mashg’ulotga bo’lgan qiziqishi hamda o’tilayotgan fanga bo’lgan ijobiy munosabati o’zgaradi.



2.2 O’qitishning zamonaviy usullari va ularning ta’limtarbiya tizimadagi orni.

“Ta’lim O’zbekiston halqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini bahsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yahshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi,kasb-kori,mahorati uzluksiz takomillashtiriladi,katta avlodlarning dono maslahati va tajribalari yuksak darajada anglab olinadi va yosh,barkamol avlodga o’tadi”11. Ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki,uning nazariy asoslari etakchi mutaxassis olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda.Ushbu ilmiy-amaliy isbotlash,o’quv jarayonlarini yuksak darajada tehnologiyalashtirish bilan chambarchas boglangandir.

Muhtaram pezidentimizning 2012 yil 28 may chiqargan “Malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorini keltirishimiz mumkin.

Ushbu qarorda ta’kidlanishicha,O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi va O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni,hamkorlikda o’qitish,shuningdek,”amaliy o’yin “lar,interfaol ta’lim uslublari,ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari,elektron ta’lim resurslari va multimediya taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o’rganib chiqishligi ko’rsatilgan.

Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy- nazariy asoslarini o’rganish va ularni ta’lim- tarbiya jarayoniga tadbiq etish zaruriyati dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki,amaldagi an’anaviy o’qitish tizimi o’z faolligini ancha yo’qotdi,yani quruq og’zaki zo’zlar yordamida o’qitish yahshi samara bermayapti.

O’qitish maqsadlarini aniq belgilash,o’qitish jarayonini loyihalash,pedagogik muvofaqqiyatlarni kafolatlash,o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir etuvchi bloklar pedagogik tehnologiyaning muhim belgi va hususiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki,ishlab chiqarishda,hususan sanoatda qo’llanilayotgan tehnologiyada kutilajak natija kafolatlanadi.Shuningdek,aniq ishchi chizmalar asosida yaratilgan detallarni yig’ish jarayoni ketma-ket bajarilaveradi,takrorlanaveradi,yani tehnologik tsikl qaytarilaveradi.Tehnologiyaning bu hususiyati pedagogik tehnologik jarayongia ham bevosita aloqadordir.Pedagogik jarayonda takrorlanuvchi,qaytariluvchi tsiklni yaratish murakkabroq kechadi.Chunki o’qitishning maqsadi,ta’lim vazifasining mazmuni,o’quv materiallarning hilma-hilligi,bilish faoliyati, o’zlashtirish darajasi o’quvchining individual hususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liqligi kabi holatlar ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi.Lekin ta’lim tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun bu qiyinchiliklarni inobatga olgan holda pedagogik tehnologiyaning qaytuvchi-takrorlanuvchi aloqasini yaratish zarur bo’ladi.U.N.Nishonaliev va B.L.Farbermanlar tomonidan pedagogik tehnologiyaga berilgan ta’rifda ko’rish mumkin:”Pedagogik tehnologiya o’quv maqsadlarining aniq belgilanishi,yakuniy natijaning kafolatlanishi,o’quv jarayonini takrorlanuvchanligining ta’minlashi va tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi bilan harakterlanadi”.Ta’rifdan ko’rinib turibdiki,o’quv jarayoniga pedagogik tehnologiya joriy etilganda,ana’naviy o‘qitish jarayoniga hos bo’lmagan yangi belgilar,hususiyatlar- o’quv maqsadlarini aniqlashtirish,o’quv jarayoniga va maqsadlariga,uning kafolatlangan natijalariga qarab tuzatishlar kiritilishi va izchil qaytuvchan aloqaning mavjudligini yaqqol sezish mumkin.

Ta’lim –tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog’langan bir nechta tarkibdan tashkil topadi:a)Shahs(o’quvchi); b)Ta’lim(tarbiya)maqsadlari;

c)Ta’lim(tarbiya)mazmun; d)Didaktik (tarbiyaviy) jarayon; e) Tashkil etish shakillari; f) Pedagogik uslublar yoki tehnologiya;g) O’qituvchi(tarbiyachi).

Pedagogik tehnologiya ta’lim-tarbiya oo’ziga hos bo’lgan innovatsion yondashuvdir.

Pedagogik tehnologiya-oldindan loyihalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini muntazam va tadrijiy tarzda amalga oshirishni ta’minlovchi tehnologik tartiblar yig’indisi.Pedagogik tehnologiya,bu-faqat ta’limda tehnika vositalaridan foydalanishgina emas(pedagogik tehnologiya ilk bor shunday tushunilgan edi),balki o’quv tarbiya jarayonini maza’mundor tehnikaviy amalga oshirishdir,xususan:konstruktsiyalash va usullar xamda materiallarni qo’llash vositasida ta’lim samaraliligini oshiruvchi omillarni taxlil etish yo’li bilan ta’lim jarayonini optimallashtirish tamoyillarini aniqlash va usullarini ishlab chiqishdir. 2.3 KHK larda nemis tilida ixtisoslik atamalarini darslarda qo’llash masalalari

Kasb-hunar kollejlarida nemis tilida ixtisoslik atamalarini o`rgatish uchun talabalarga turli xil metodlardan foydalanish mumkun. Avval xar bir guruhda egalanishi kerak bo`lgan chet tili darajasi mashqlarni tanlash, shunindek dars strkuturasiga aloxida etibor berish kerak. O`qitishda interaktiv metodlardan foydalanilsa natija yaxshi bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi va kadrlar tayorlash milliy dasturi to`g`risidagi qonunlarida mamalakatimizda jaxon andozalari talablariga javob bera oladigan yuksak malakali mutaxasis kadrlar tayorlash vazifalari qo`yilgan mazkur vazifalarni uddalash uchun ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o`qitishning yangi usullarini joriy qilish lozim. Xozirgi payitda ta’limda o`qitishning ananaviy usullari bilan birga turli hil noananaviy usullari jumladan, xamkorlk pedagogikasiga amal qilina boshladi, chunki xamkorlik pedagogikasi aynan shaxsga yo`naltirilgan bo`lib, quydagi xususiyatlarga ega: pedagogik o`qitish jarayoniga o`qituvchi, o`quvchilarni, subyekt sifatida jalb qilinadi. Turli ish usullarini qo`llaydi. Muammoli o`qitishdan keng foydalaniladi, individuvalashtirilgan va tabaqalashtirilgan o`qitishni informatsion texnlogiyalarini yangi pedagogik texnologiyalarini ta’limga joriy etadi. Bunday o`qitish o`quvchilarni nafaqat bilim va ko`nikmalarimni balki qobilyatlarini rivojlantiradi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli ham o`quvchilrni bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalda qo`lashga tayyorlash muximdir.Germaniyada ham yoshlarni kasbga yo’naltirishga e’tibor o’z o’rniga ega :Neben der Ausbildung im Betrieb muß der jugendliche drei jahre lang an ein bis zwei Tagen pro Woche die Berufschule besuchen.Im Unterricht wird neben allgemeinbildendenFächern jener Teil der vorwiegend fachteoretischen Kenntnisse vermittelt,die der Jugendliche hier besser und in breiterem Umfang als im Betrieb lenen kann.12

Interfaol ta’limda o`qituvchi va o`quvchilar shuningdek o`quvchilarning o`rtalarida ham o`zaro hamkorlik, hamfikirlilik, hamjixatlilik,yuzaga keladi. Bu xamkorlik o`quv materiallarni o`zlashtirirsh, nazariy va amaliy bilimlalrini boyitishga xizmat qilib, shunindek muomoli vaziyatlardan ijobiy xal etilishini ta’minlabgina qolmay, talimjarayoninig ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro psixologik yaqinllik va birlikni xam yuzaga keltiradi. O`qituvchi va o`quvchilarning birgalikda xarakatlari o`zaro tasirlari va xamkorliklari ta’lim jarayonida qo`lga kirituvchi barcha muvofaqiyatlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

“Interfaol ” so`zi “Ruscha – interaktiv ” ingiliz yilida olingan bo`lib (inter-o`zaro, akt-faol xarakat, faollik tasirchanlik) o`zaro xarakat birgalikda faoliyat ma’nolarini bildiradi. O`zaro, birgalikdagi faoliyat jarayonida o`qituvchi- o`quvchi, o`quvchi – o`quvchi orasidagi ta’lim maqsadlariga erishish yo`lida tashkil etuvchi xamkorlik kuzatiladi.

Interfaol metodlar yordamida uyushtiriladigan mashg`ulotlarda o`quvchilar ma’lum darajada o`qtuvchiga, gurughga esa yagona o`zaro xamkorlikni yuzaga kelishini ta’minlovchi ta’limiy xamjixat jamoaga aylanadi.

Interfaol talim o`qituvchi va o`quvchlar o`rtasida yuzaga keluvchi o`zaro munosabat odatda u yoki bu muomoni qay tarzda xal etish, qarorlarini qabul qilinishini ifodalaydigan munozara shaklida namoyon bo`ladi.

Ta’lim berish jarayoni o`qitish metodikasi tushunchasi bilan uzviy bog`liqdir.

Metodika-bu siz foydalanayotgan kitoblar yoki media moslamalari emas balki sizning darsingizni qanday tashkil etilishidir. O`qitish metodikasi boshqacha so`zlar bilan aytsak-bu ta’lim jarayonida o`quvchi o`qituvchining o`zaro xamkorligdagi ishidir. Oxirgi tarfimiz ko`rgazmali misollar bilan tushuntiramiz. Quyidagi jadvallarda o`qitishning ta’lim jarayonidagi shartlari darsda o`qituvchi va o`qituvchining o`zaro xamkorlik jarayoni sifatida ko`rsatilib, maqsad avvalgi va yangi bilim va konikmalarni umumlashtirishdir.



Agar umumlashtirishni olsak, talim berishning dastlabki kunlaridan to shu kungacha to`plangan tasdiqlangan va keng miqiyosda qabul qilingan o`qituvchi va o’quvchilarning o`zaro xamkorligidagi xarakatining 3 xil ko`rinishini taxminan quyidagi jadvalda keltirish mumkun (jadvaldagi nillar (strelka) xarakat yo`nalishini belgilaydi).1. Jadval

Passiv metod

2-Jadval (faol metod)




O`QUVCHI

O`QITUVCHI

O`QUVCHI

O`QUVCHI

Yuqorida keltirilgan jadvallarda ko`rinib turibdiki ta`lim berishning xamma metodik yondashuvlarni 3 guruhga bo`lish mumkun.



  1. passiv metodla.

  2. faol metodlar.

  3. interaktiv metodlar.

Xar bir keltirilgan metodik yondashuvlar o`zining aloxidaligiga ega.

Quyidagi xar bir metodik yondashuvni ko`rib o`tamiz.

Passiv metodik yondashuv, 1-jadvaldan ko`rinib turibdiki bu yondashuvda dars jarayonida o`qituvchiu eng asosiy qiyofa, o`quvchi essa passiv tinglovchi sifaytida namoyon bo`lyapti. Passiv darsdagi o`quvchilar bilan qayta bog`lanish savol berish, aloxida va sinov ishlari, testlar vaxokozolar orqali amalga oshiriladi. Passiv metod o`quvchilar o`quv materiallarini o`zlashtirish nuqtaiy nazaridan qaragandan eng samarasiz usul xisoblanadi, lekin uning avzalligi darsga tayorgarlik ko`rishning nisbatan og`ir emasligi va chegaralangan vaqt ichida nisbatan ko`p o`quv materialini berish imkoniyati borligida. Shu tomonlarini xisobga olib ko`pkina o`qituvchular boshqa usullardan bu usulni avzal ko`radilar. Xaqiqatdan ham bazi xollarda tajribali va moxir o`qituvchilarning qo`llarida bu yondashuv samarali bo`lishi mumkun. Agar o`quvchi material o`rganishning asosiga yo`naltirilgan aniq maqsadlarga ega bo`lsa. Passiv darsning eng keng tarqalgan ko`rinishi bu nazariyadir (leksiya) darsnng bu ko`rinishi oliy ta’limda keng tarqalkgan, chunki talabaga materialni chuqur o`rganish maqsadiga ega bo`lgan yetuk inson sifatida qarash mumkun vaxolanki, faol metodlarni qo`llansa ko`proq natija berish mumkun edi.

Faol metodik yondashuv.



Ikkinchi jadvaldan ko`rinib turibdiki bu ko`rinish dars jarayonida o`qituvchi va o`quvchi xamkorligidagi faoliyatlardir. Bunda o`quvchilar passiv tinlovchilar emas balki darsning faoli ishtirokchilaridir agar passiv darsda asosiy xarakatlanuvchi qiyofa o`qituvchi bo`lsa bu yondashuvda o`qituvchi va o`quvchi teng xuquqz egadir. Passiv darslarda xukumronlik usuli mnazarda tutulga bo`lsa faol darslarda demakritik usul nazarda tutiladi. Faol va interaktiv metodik yondashuv ko`pkina umumiylika egadir. Umuman olganda intaraktiv metodni faol metodning ko`proq zamonaviylashgan ko`rinishi deb xisoblash mumkun.faol metodan interaktiv metodning farqi ta’lim jarayonidas o`quvchilarni nafaqat o`qituvchi bilan balki bir birlari bilan o`zaro xamkorligidagi nazarda tutiladi.

Dars jarayoni

Darsning mavzusi: Trikotaj to’g’risida tushuncha

Darsning ta’limiy maqsadi:To’qimalar tuzilishi to’g’risidagi umumiy ma’lumotga ega bo’lish yordamida trikotaj to’g’risida umumiy tushunchani chet tilida berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:Trikotaj to’qish usullari,uning turlari,undan tayyorlanadigan zamonaviy liboslarnig ekologik sof va inson sog’lig’iga hech qanday zarari yo’qligi sabali,kundan kunga ushbu maxsulotlarga extiyojlarning ortib borayotganligini talabalar ongiga singdirish orqali faxr, milliy g’urur ruxida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:Soha atamalarini nemis tilida qo’llashni o’rgatish,ona tilida olgan bilimlarini chet tili yordamida mustaxkamlash.

Darsning jixozlari:Prezentation ma’lumot,(Plakatda,Diskda el. Variant),Darslik,

Plakatlar, rangli flamasterlar;

Darsda qo’llaniladigan matodlar va usullar:Og’zaki tushuntirish va namoyish qilish,”klaster”,”guruhlarda ishlash”,”aqliynhujum”.

Darsning bosqichlari jadvali:

T/R

Dars

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3daqiqa

2

Aqliy hujum”yordamida o’tilgan darsni takrorlash.

12daqiqa

3

Yangi mavzuni bayon qilish

20daqiqa

4

Guruhlarda ishlashda”,”Mavsumiy kiyimlar namoyishi”orqali yangi mavzuni mustahkamlash

16daqiqa

5

Amaliy ish:Trikotaj haqida nemis tilida ma’lumot berishni mashq qilish.Plakatlar asosida.

20 daqiqa

6

Dars yakuni:Guruhlar ishini baholash

7daqia

7

Uyga topshiriq berish

2daqiqa

Darsning borishi

Tashkiliy qism Salomlashish,Davomatni aniqlash…

Asosiy qism O’tgan mavzuni so’rash va uyga vazifani tekshirish.

O’qituvchi:Was war unsere letzte Thema?

Talabalar:Chemiefasern und ihre besonderheiten

O’qituvchi:Was war die Hausaufgabe?

Talabalar:Also,die Hausaufgabe war,die besonderheiten der chemischen Fasern lernen(ins wasser sinken,probieren zu verbrennen)

Aqliy hujum”tarzida o’tgan mavzuni mustahkamlash.

O’qituvchi:Sagen sie mir,welche Fasern sind chemiefasern?

Talabalar:natürlichen und syntetische Stoffen mit schweren chemischen und mechanische Methoden entwickelende Fasern sind Chemiefasern.

O’qituvchi:Welche Arten von Chemiefasern kennen wir?

Talabalar:Es gib zwei Arten von Chemiefasern:künstliche und syntetische Fasern

O’qituvchi:Wie brennt man Viskose und Stappel?

Talabalar:Viskose brennnt als Papier dann wird es Aschenputtel.

O’qituvchi:Was bekommen wir nach brennung des Lavsanfaser?

Talabalar:Schwarze Dämpf,dann wird es ein hartes Gegenstand.

O’qituvchi o’tilgan mavzu bo’yicha talabalar bilimini baholaydi.

O’tilgan mavzuni hulosalash:Sie haben schon die besonderheiten der Fasern gelernt.Sie können doch über die Bekommung der Chemiefasern,die besonderheiten der künstlichen und Syntetischefasern auf Deutsch erklären.

Yangi mavzu bilan tanishtirish:Heute sprechen wir über Trikostoffen.

Erklärung des neuen Stoffes:Trikotaj (Frans.trikotage, trikoter-to‘qish ) ,bir yoki birqancha iplardan(Garn) halqa hosil qilish yo’li bilan olinadigan mahsulot yoki mato(Stoff) va ularning bog’lanib o’rilishiga(zusammen strikken) aytiladi.Shakliga ko’ra trikotaj tanda va arqoq o’rilgan bo’ladi,bir ilmoqli hamda ikki ilmoqli(ancha qalin va og’ir) ,tekis va sur‘atli bo’ladi.Trikotajdan kiyimlar(die Kleidung), uzun paypoq(der Stumpf),qo’lqoplar(die Handschuhe)va boshqa ko’plab mahsulotlar yaratiladi.

Trikotaj mashinalari(to’qish), trikotaj, mato, donali mahsulotlarni mehanik to’qishda qo’llaniladi.Dastlabki trikotaj mashinalari Angliyada(qo’l m.si 1589 yili,mehanik-1769yili).Iplarni joylash va o’rish usuliga ko’ra mashinalar eniga va bo’yiga o’riydigan bo’ladi.trikotaj mashinalari silliq va yumaloq,birlamchi yo‘ki ikkilamchi bo’lishi mumkin.

Trikotaj mahsulotlari(Trikkostoffprodukten)Ichkiyim va tashqi kiyimlar yaratadi, uzun paypoq-paypoqli va qo’lqopli mahsulotlar.

Trikotaj mahsulotlari ommabob, bezarar(sog’liq uchun), badanga yopishib turuvchi, cho’ziluvchan, qulay hisoblanadi.


O’qituvchi:Trikotaj deb nimaga aytiladi? Trikotaj mahsulotlarga qanday mahsulotlar kirishini klaster usuli bilan ko’rib chiqamiz.

Kichik guruhlarga sanoq sonlar yordamida bo’lib olinadi,guruhlarga plakatlar va rangli flamasterlar beriladi.Topshiriq: mavzu bo’yicha tushunganlarini plakatlarda aks ettirish so’n nemis tilida tushuntirib berish.

1-guruh Trikotaj mashinalari haqida ma’lumot beradi

2-guruh Trikotaj to’qima turlarini

3-guruh Trikotaj mahsulotlarini kegaytirib yoritib berishlari kerak.

Javoblar baholanadi.

Hulosalash:Heute haben wir Trikostoff gelernt,und jetz kennen wir die Strickmashinen,Trikowaren,Trikostoffarten.

Uyga vazifa:Machen Sie Reschersche mit Trikowaren.Danke für ihre aktive Tätigkeit,die Stunde ist aus Auefwiedersehen.

Kasb – hunar kollejlarda chet tilini o’qitish o’z maqsadlariga ega. Biz buni oldindan anglab olishimiz kerak. Bu maqsadni bilish chet tili o’qitish metodikasiga ta’sir qiladi va shu bilan bir qatorda maxsus lug’atlar sifatiga xam katta ta’sir qiladi.

Demak, asosiy manba xozirgi darsliklarda xam matnlardir. Ular asosidanemis tilini boshqa tomonlari xam teng olib boradilar. Xozirgi darsliklarni 2 tomonini ko’rishimiz mumkin; qiyin va oson tomonlarini.

Qiyin tomoni leksikani ko’p berilishi, grammatikani og’ir joydan boshlanishi talabaga qiyinlik qilishi.

Afzallik tomoni shu leksika, grammatikani rasmlar va sxemalar, turli ro’llarda berilishi.

Bu mashqlarda og’zaki nutqni, tinglab tushunishga ko’proq e’tibor berilgan. Yozma nutqni rivojlantirish o’quvchining o’ziga xavola etilgan. Ko’plab mashqlar o’quvchining hikoya qilish, so’zlab berish qobilyatini rivojlantirishga mo’ljallangan.

Tizim sifatida olingan mashq turlariga qisman mos keladi, ya’ni:

1) Gapirishni o’rgatadigan:

2) Tinglab tushunishni o’rgatadigan;

3) O’qishni o’rgatadigan;

4) Yozishni o’rgatadigan mashqlar.

Aytib o’tish kerakki, monologik, diologik mashqni o’rgatuvchi mashqlar xam mavjud. .

Kasb – hunar kollejlari oldida turgan vazifalarga qarab hususan o’quvchilarning axborot berishiga, suxbat olib borishiga va badiy ilmiy – ommabop xamda ijtimoiy siyosiy adabiyotlardan bo’lmagan matnlarni to’la tushungan xolda o’qitishni o’rgatish vazifasiga qarab belgilanadi.

Matnlar mashqlar bilan bir katorda darsliklarning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Matn deganda bir mavzu yoki bir syujet mazmuni bilan birlashtirilgan, ravon o’qiladigan hikoyani tushunamiz. Matnlarda ko’zda tutilgan maqsadlardan biri o’quvchilarni nutq modelini yodlashga o’rgatishdan iboratdir.

Matnlar talabalarni o’qishga o’rgatish, tinglab tushunish, yangi so’zlarni o’rganish, tarjima qilish gap tarkibida qo’llanilishini o’rgatish maqsadida tanlanadi.

1- 2- 3 bosqichlar uchun mo’ljallangan darsliklar o’g’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Masalan: dialoglar, monologlar, ko’proq multimedia larni tasvirlash matnlari bular ko’proq yangi leksika orqali talabalarni og’zaki nutqini, gapirish qobilyatini oshiradi Kasb – hunar kollejlari darsliglarida ko’proq maktub shaklida hikoyalar berilganki, ular orqali talabalar kerakli mavzuga oid ma’lumotlarni oladi.



XULOSA

1. Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda chet tillarni o’rganishga va o’qitishga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Zeroki bugungi kunda jaxondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqiyoti uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan xamjixatlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan halqimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning axamiyati bexad katta. Ma’lumki, ta’lim to’g’risidagi Qonunda chet tillarni o’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor berilgan. Chunki o’quvchi yoshlarga chet tillarini o’rgatmay turib, ularni rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.

2. Kasb – hunar kollejlarda chet tilini o’qitish o’z maqsadlariga ega. Biz buni oldindan anglab olishimiz kerak. Bu maqsadni bilish chet tili o’qitish metodikasiga ta’sir qiladi va shu bilan bir qatorda darslik tuzilishiga xam katta ta’sir qiladi. Masalan: agar xozirgi dasrliklar bilan mustaqillikdan oldingi darsliklarni olib qarasak, ular orasida ancha farq bo misolida ko’rishimiz mumkin. U ancha murakkabroq tuzilgan. Bu murakkabliklar uni leksika, grammatika sathlarida ko’rinadi.

3. Darslikdan kutilgan samarani oshirish masalasi munosabati bilan ko’pincha turli muammolar paydo bo’ladi.

4. Yuqori bosqich darsliklarida illyustratsiya bilimni ortirish va umumta’lim vazifasini o’taydi. Bunda tili u o’raganayotgan mamlakatning shaxarlari, landshafti va kishilarning turmushini ifoda etuvchi fotolardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

5. Darslikni tuzatishda uning mazmuni, undagi matnlar va mashqlar nisbati va izchillgi darslikning metodik tuzilishi, bezatilishi va darslikga berilgan ilovalar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Darslikga nimalarni kiritish zarurligi xaqida turli xil fikrlar va mulohazalar mavjud.

6. Avvalo darslik kimga mo’ljallanganligi aniqlangan xolda baxolanishi kerak. Kasb – hunar kollej o’quvchilari uchun mo’ljallangan darslik qanday bo’lishi kerak. Darslikning mazmuni ma’lum darajada Kasb – hunar kollejlari oldida turgan vazifalarga qarab hususan o’quvchilarning axborot berishiga, suxbat olib borishiga va badiy ilmiy – ommabop xamda ijtimoiy siyosiy adabiyotlardan bo’lmagan matnlarni to’la tushungan xolda o’qitishni o’rgatish vazifasiga qarab belgilanadi.

7. Kasb – hunar kollejlari chet tili darsliklarining hammasida lug’atlar mavjuddir. Lug’atlarning ko’pchiligi o’rganilgan so’zlar va ba’zi so’z birikmalarini ichiga olgan chet tili, ona tili. Masalan:nemischa – o’zbekcha lug’atlardir. Xozirgi vaqtda darslik tizuvchilarning ko’pchiligi Kasb – hunar kollejlari darsliklarida birgina chet tili – ona tili lug’ati berilishining o’zi etarli deb o’ylaydilar.Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarga misol qilib,2002 yili ilk bor davlat tilida chop etilgan M.M.Muqimovning « Trikotaj tehnologiyasi »darsligini olishimiz mumkin.Muallif ushbu darslikni yaratishda barcha to’qimachilik atamalarini o’zbek tilidagi variantini qo’llashga harakat qilgan.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

Asosiy adabiyotlar:


  1. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида - хавфсизликка таҳдид, баркамоллик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. “Ўзбекистон” нашриёти. Тошкент, 1997

  2. Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Тошкент, 2000

  3. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Тошкент, 2010

  4. Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”: 1997 йил. 29 август. Олий таълим меъёрий хужжатлар тўплами. – T.: Шарқ, 1997. – 17 б.

  5. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги қонуни. 1997 йил. 29 август. Олий таълим меъёрий хужжатлар тўплами. – Т.: Шарқ, 2001. – 3 б.

  6. Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. – T.: Шарқ, 1999, 5-махсус сон. – 480 б.

  7. «Чет тилларни урганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида». Узбекистон Республикаси Президентининг Қарори, 2012 йил 10 декабрь. “Халк сузи”, 2012 йил 12 декабрь

  8. Умархўжаев М.Э. Немис тили лексикологияси ва фразеологияси. Андижон, 2010

9. Саидалиев С.С. Чет тил ўқитиш методикасидан очерклар: Ўқитувчи

ва талабалар учун қўлланма. −Наманган: НамДУ, 2004.



Qo’shimcha adabiyotlar
1. Гальскова Н. Д. Современная методика обучения иностранным языкам:

Пособие для учителя. – 2–е изд. – М.: АРКТИ, 2003.

2. Галськова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам. – Москва: Издательскиe центр «Академия», 2007.

3. Jalolov J.J. Chet tilini o’qitish metodikasi: Chet tillar oliy o’quv yurtlari (fakulg’tetlari) talabalari uchun darslik. −T.: O’qituvchi, 1996.

4. Методика обучения иностранным языкам в среднеe школе: Учебник/Н.И.Гез, М.В.Ляховицкая, А.А.Миролюбов, С.К.Фоломкина, С.Ф.Шатилов. − М.: Высшая школа, 1982.

5. Андреевская – Левенстерн А.С. Методика преподавания французского языка в среднеe школу, М., 1983

6. Миньяр – Белоручев К.К Методика обучения французского языка М., 1990

7. 8. Соловова Е. Н. Методика обучения иностранным языкам. Базовыe курс лекциe: Пособие для студентов пед.вузов и учителеe –М.: Просвещение, 2003.

9. Джалалов Д.Д. Проблемы содержания обучения иностранному языку. −Т.: Фан,1987.

10. Зимняя И. А. Психология обучения иностранным языкам в школе. −М.: Просвещение, 1991. −222с.

11. Иностранные языке в школе: Методик журнал.

13. Общая методика обучения иностранным языкам в среднеe школе/Под ред. А.А. Миролюбова, И.В.Рахманова, В.С.Цетлин. −М.: Просвещение, 1967.

15. Основные направления в методике преподавания иностранных языков в XIX-XX в.в./Под ред. И.В.Рахманова. (Авт.И.В.Рахманов, Н.И.Гез, И.А. Зимняя, С.К. Фоломкина, А.Я.Шайкевич.). −М.: Педагогика, 1972.

16. Пассов Е.И. Основы методики обучения иностранным языкам. −М.: Русскиe язык, 1977.

17. Первые шаги в профессию учителя иностранного языка: Пособие для студентов/К.И.Саломатов, Т.А. Волкова, Т.Н.Добронравова и др. −Л.: Просвещение, 1979.

18. Практическиe курс методики преподавания иностранных языков:англиeскиe, немецкиe, французскиe: Учебное пособие/ П. К. Бабанская, Т. П. Леонтьева, И. М. Андреасян, А. Ф. Будько, И. В.Чепик. –Изд. 2–е., –М.: Тетра Системс, 2003.

19. Sattorov T.Q. Bo’lajak chet tili o’qituvchisining uslubiy omilkorligini shakllantirish texnologiyasi. –T.: TDYuI, 2003.

20. Теоретические основы методики обучения иностранным языкам в среднеe школе / Под ред. А.Д.Климентенко, А.А.Миролюбова.−М.: Педагогика, 1981.

21. Языкова Н.В. Сборник задач и заданиe по методике преподавания иностранных языков: Пособие для студентов. −Л.:Просвещение, 1977.

22. O’rta umumtahlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari hamda qo’llanmalari

23.Щукин А. Н. Обучение иностранным языкам: Теория и перевод. Учебное пособие. –М.: Филоматис, 2004.

24.V.P. Danilenko “ Русская терминалогия”, “ Наука” nashri N1977

25. M.P. Senkevich, Akobirov S “Til va terminalogiya “

26.Xojiyev X . “Termin taminlash mezonlari”

27. “Проблематика определенних терминов в словарях разних типов” M1976

28. Ya. I. Barannikov “Введение в язикознание” saratov universiteti 1973



Internet materiallari

    1. Man-Made Textile Enzyclopedia http:wwwantiqbook com/2d Enzyclopedia of Textile Finishing http://wwwscribd com/

    2. www.geogle.ru

    3. www.ziyonet.uz

    4. www.Internet explorer.ru

    5. www.daad.de


1 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида - хавфсизликка таҳдид, баркамоллик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. “Ўзбекистон” нашриёти. Тошкент, 1997, 56b

2 O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”: 1997 yil. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlar to’plami. – T.: SHarq, 1997. – 17 b.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. 1997 yil. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlar to’plami. – T.: Sharq, 2001. – 3 b.

3 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1997 yil.

4 «Чет тилларни урганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида». Узбекистон Республикаси Президентининг Қарори, 2012 йил 10 декабрь. “Халк сузи”, 2012 йил 12 декабрь


5 Pahta va kimyoviy tolalarni yigirish” (I-II qismlar,1979,1986yil)

6 «Словарь русского языка”lug’atidan(1-nashri,M.,1973)

7 Langenscheidts Goßwörtebuch deutsch als Fremdsprache.S.312

8 Musayev.K.M. формирование, развитие и современные проблемы терминологиию M: Наука, 1986.

9


10 Земская E.A. Kaк делаются слова – Москва, 1963.

11 (I.A.Karimov.”O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’li”.Toshkent,”O’zbekiston” nashriyoti,1994 yil,78-sahifa)


12 Tatsachen über Deutschland .


Yüklə 256,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin