Bitiruv malaka ishining tuzilishi: kirish, uchta bo‘lim, sakkista paragraf,
xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan
iborat.
11
1.BOB. Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari.
1.1 Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari
tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning
tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar
tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning,
Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan
ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy
vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va
ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab
etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek
oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va
qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart-
sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran
o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy,
tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart-
sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga
ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya
muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga
quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.
Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva,
M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh
munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining
turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z
tadqiqotlarida
o‘zbek
ayollarining
huquqiy
masalalari,
oila-nikoh
munosabatlarining
huquqiy
jihatlarini
o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z
tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov
esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa,
12
Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari
e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova,
H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga
xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar
shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.
Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi o‘zaro
munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda
psixologiya fanining keng tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda. Bu sohada
psixolog
olimlardan
G‘.B.Shoumarov,
Ye.A.Morshinina,
E.G‘oziev,
V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova, A.Shojalilov,
T.M.Adizova,
E.Usmonov,
X.Karimov,
Sh.Sh.Jo‘raeva,
R.S.Samarov,
O.Shamieva, N.Salaeva, F.R.Ro‘ziqulov va boshqalar olib borayotgan ilmiy
tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan
tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar
turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindosh-
urug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar
baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi
ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor
berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.
E.G‘oziev o‘z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila
buzilishlari haqida ham alohida to‘xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha
an’ana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qo‘yish, rashk, madaniy
hordiq chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar
ishlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, E.G‘ozievning bu sohadagi
ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning
o‘ziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham
qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz.
V.M.Karimova o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar
shakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasida tarbiyaning o‘ziga xos
13
tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari
davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida,
sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida
oilaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, oilaviy hayot muammolariga doir
materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni
ilgari surgan. Muallifning fikricha, oiladagi tarbiya nola xayot yolining
debochasidir, u murakkab va ko‘p komponentli psixologik tizim bo‘lib, ularning
tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos
tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va
ahamiyati to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy
normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik
tushunchalar kiradi.
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq
shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim-
tarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot
muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila
a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning
ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini
ta’minlaydi .
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand
tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni
oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro
munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy
ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid
masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy
xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u
yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib
qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir
etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning
14
sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan.
M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari
keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik
xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy
yo‘nalishda tahlil qilinadi.
N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan
ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy
ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif,
hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy-
madaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega
ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda
qanday kechish holatini aniqlashga erishgan.
M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan
birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining
qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning
noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi
va boshqalar kiradi.
Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va
ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi,
ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi
xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim .
A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan.
Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara
olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga
sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni
oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa
va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib,
oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning
oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash
15
zarurligi ta’kidlangan.
X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar
boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi,
ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek
oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga
xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish
imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan
nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga
tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir
qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi.
X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz
beradigan nizoli holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar
klassifikatsiyasini asoslashda nizo sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning
ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va
boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tadqiqotlariga tayanib
oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish choralari, unda o‘zaro
murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi.
O.Shamievaning tadqiqotlari rahbar ayollar shaxsining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rahbar ayollarning faoliyati ularning
ijtimoiy-psixologik
tuzilmasini
ijtimoiy
vaziyatlarga
nisbatan
xulqni
muvofiqlashtirish jarayonida tarkib topishi, takomillashishi va rivojlanib borishi
ilmiy asoslangan. Shuningdek, rahbarga xos shakllangan sifat va fazilatlar
(ijtimoiy, psixologik va madaniy) oilada shaxslararo munosabatlarning
barqarorlashuviga,
undagi
tarbiyaviy-psixologik,
muhitning
yanada
yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy-
psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini
ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda
respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil
16
qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali ham
oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida ta’kidlab o‘tadi. F.Ro‘ziqulov
ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat
qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari,
Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam
bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlari nihoyatda ayanchli, noxush
holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy
ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi.
Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek
oilalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab
tuzilmaliligi,
qarindosh-urug‘chilik
aloqalarining
kuchliligi,
oila-nikoh
munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida
ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-xotinlarning turmush
darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi.
|