Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Bitiruv  malaka  ishining  tuzilishi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#43921
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

Bitiruv  malaka  ishining  tuzilishi:      kirish,  uchta  bo‘lim,  sakkista  paragraf,    

xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan 

iborat. 

 



11 

 

1.BOB.  Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari. 



1.1  Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning  jaxon psixologlari 

tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi. 

Oila  va  oilaviy  tarbiya  muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  olimlarning 

tadqiqotlarida  asosiy  e’tibor  oila  bo‘yicha    amaldagi  bo‘linishga  va  Bolalar 

tarbiyasida  ota-onalarning  faol  darajasiga  qaratiladi.  Shuningdek,  ota-onalarning, 

Bolalarning  hamda  aellarning  bandligi  va  ularning  Bolalar  tarbiyasiga  bo‘lgan 

ta’siri  oilaning  moddiy  imkoniyatlari  va  turar  joylariga  bog‘lab  o‘rganiladi. 

 

Jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy  kamoloti  yoshlarni  turli  ijtimoiy 



vazifalarni  bajarishga,  to‘plangan  munosabatlarga  doir  tajribalar,  moddiy  va 

ma’naviy  qadriyatlarga  har  tomonlama  va  uzoq  tayorlash  lozimligini  talab 

etmoqda.  Ijtimoiy-tarixiy  va  ilmiy  manbalarning  guvohlik  berishicha,  o‘zbek 

oilasining  hayoti,  undagi  o‘zaro  munosabatlar,  uning  urf-odatlari,  an’analari  va 

qadriyatlari,  turmush  tarzi,  madaniyati,  tarbiyaviy  muhiti  va  mehnat  shart-

sharoitlari jiddiy ilmiy  muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran 

o‘rganila  boshlandi.  Ana  shu  yillardagi  dastlabki  tadqiqotlar  ko‘proq  falsafiy, 

tarixiy,  etnografik  yo‘nalishdagi  va  oilaning  tarbiyaviy  va  mehnat  shart-

sharoitlarini  o‘rganishga  qaratilgan  bo‘lsa,  keyingi  tadqiqotlar  o‘z  xarakteriga 

ko‘ra,  oilaning  madaniy,  huquqiy,  tibbiy,  uning  turmush  tarzi,  undagi  tarbiya 

muhitining  ahamiyati,  o‘zaro  munosabatlarning  psixologik  qonuniyatlarini 

o‘rganishga  qaratilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Mazkur  tadqiqotlar  sirasiga 

quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. 

Jumladan,  X.Toshtemirov,  L.S.Yaxyoev,  G.M.Hamidova,  T.T.To‘ychieva, 

M.Xolmatovalar  tomonidan  oilaviy  turmushning  falsafiy  jihatlari,  oila-nikoh 

munosabatlarining  takomillashish  an’analari  va  hozirgi  zamon  o‘zbek  oilasining 

turmush  tarzi  o‘rganilgan.  Sh.A.Isroilov,  F.M.Otaxo‘jaev  va  boshqalar  o‘z 

tadqiqotlarida 

o‘zbek 

ayollarining 

huquqiy 

masalalari, 

oila-nikoh 

munosabatlarining 

huquqiy 

jihatlarini 

o‘rganganlar.  M.R.Bo‘rieva  o‘z 

tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  demografik  jihatlarini  tadqiq  etgan.  B.Z.Umarov 

esa  o‘z  ishlarida  o‘zbek  oilasining  sotsiologik  jihatlarini  tadqiq  etgan.  Ayniqsa, 



12 

 

Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari 



e’tiborga  loyiqdir.  A.  Q.  Munavvarov,  M.  I.  Sanginov,  O.Musurmonova, 

H.Uzoqov,  O.To‘raeva  va  boshqalar  o‘z  tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  o‘ziga 

xosligi,  tarbiyaviy  imkoniyatlari  va  shart-sharoitlari,  o‘zaro  munosabatlar 

shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.  

Oilaviy  hayot  psixologiyasi,  oila-nikoh  munosabatlari,  oiladagi  o‘zaro 

munosabatlar,  undagi  ziddiyatlar,  ajralishlar  va  uning  oqibatlari  keyingi  yillarda 

psixologiya  fanining  keng  tadqiqot  ob’ektiga  aylanib  bormoqda.  Bu  sohada 

psixolog 

olimlardan 

G‘.B.Shoumarov, 

Ye.A.Morshinina, 

E.G‘oziev, 

V.M.Karimova,  M.G.Davletshin,  N.A.Sog‘inov,  S.A.Oxunjonova,  A.Shojalilov, 

T.M.Adizova, 

E.Usmonov, 

X.Karimov, 

Sh.Sh.Jo‘raeva, 

R.S.Samarov, 

O.Shamieva,  N.Salaeva,  F.R.Ro‘ziqulov    va  boshqalar  olib  borayotgan  ilmiy 

tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.  

E.G‘ozievning  oilaviy  hayot  muammolari  sohasida  olib  borilayotgan 

tadqiqotlari  diqqatga  sazovordir.  Olimning  ta’kidlashicha,  oilaviy  munosabatlar 

turli  negiz;  iqtisodiy,  mafkuraviy,  hissiy  irodaviy,  axloqiy-aqliy,  qarindosh-

urug‘chilik,  yaqinlik  va  do‘stlik-  birodarlik  asosida  quriladi.  Ana  shu  negizlar 

baquvvat  oilada  er-xotin  totuvligi,  oila  barqarorligi,  oilaning  baxti  va  farovonligi 

ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida  ana shu muhim asoslarga e’tibor 

berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.  

E.G‘oziev  o‘z  tadqiqotlarida  oilada  yuzaga  keladigan  ziddiyatlar  va  oila 

buzilishlari    haqida  ham  alohida  to‘xtalib,  tarbiyaviy  qashshoqlik,  oilada  ortiqcha 

an’ana  va  marosimlarning  mavjudligi,  ichkilikka  ruju  qo‘yish,  rashk,  madaniy 

hordiq chiqarish  imkoniyatining  yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar 

ishlar  mavjudligini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Shuningdek,  E.G‘ozievning  bu  sohadagi 

ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning 

o‘ziga  xosligi,  oila  barqarorligining  ijtimoiy-psixologik  mezonlari  haqida  ham 

qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz. 

V.M.Karimova  o‘zbek  yoshlarida  oila  to‘g‘risidagi  ijtimoiy  tasavvurlar 

shakllanishi,  o‘zbeklarning  oilaviy  psixologiyasida  tarbiyaning  o‘ziga  xos 



13 

 

tomonlari  haqida  salmoqli  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan.  Muallif  tadqiqotlari 



davomida  o‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodida,  islom  dinining  muqaddas  manbalarida, 

sharq  mutafakkirlari  asarlarida,  taniqli  pedagog  va  psixolog  olimlar  asarlarida 

oilaning    farzand  tarbiyasidagi  ahamiyati,  oilaviy  hayot  muammolariga  doir 

materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni 

ilgari  surgan.  Muallifning  fikricha,  oiladagi  tarbiya  nola  xayot  yolining 

debochasidir, u    murakkab  va  ko‘p  komponentli  psixologik  tizim  bo‘lib,  ularning 

tarkibiga  oilaning  umumiy  qadriyatlari,  shaxslararo  munosabatlarga  xos 

tasavvurlar,  erkak  va  ayol  fazilatlari,  ularning  oilaviy  munosabatlardagi  o‘rni  va 

ahamiyati  to‘g‘risidagi,  oilaviy  rollar  va  ularni  amalga  oshiruvchi  ijtimoiy 

normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik 

tushunchalar kiradi. 

Oilaviy-munosabatlar  asosan  shaxs  ijtimoiylashuvining  dastlabki  davridanoq 

shakllana  boshlaydi  va  uning  o‘zgarishida  ijtimoiy-psixologik  omillar,  ta’lim-

tarbiya,  oila  muhiti,  milliy-ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlar,  shaxsning  muloqot 

muhiti  va  shaxsiy  faolligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Oilaviy-munosabatlar  har  bir  oila 

a’zosining  bilish  tizimida  shakllangan  ong  tarkiblaridan  iborat  bo‘lib,  shaxsning 

ijtimoiy  va  individual  tajribasi  sifatida  uning  oilaviy  hayotga  tayyorligini 

ta’minlaydi . 

V.M.Karimova  tadqiqotlarida  oilaviy-munosabatlarning  xarakteri  farzand 

tarbiyasiga  ta]siri  bolaning  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etishi,  ya’ni 

oilaning  katta  yoki  kichikligi,  to‘liq  yoki  noto‘liqligi,  undagi  rollar,  jinsiy  o‘zaro 

munosabatlar  haqida  va  reproduktiv  tasavvurlar  xarakterini  belgilashi  va  shaxsiy 

ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan. 

Oiladagi  o‘zaro  munosabatlarning  asosini  tashkil  etgan  oilaviy  tarbiyaga  oid 

masalalar  va  ularning  differensiatsiyasi  o‘zining  yosh,  hududiy  va  jinsiy 

xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  ular  avvalo  har  bir  oilaning  ruhiy  ma’naviy  muhiti,  u 

yerdagi  milliy  qadriyatlar,  an’analar,  rasm-rusumlar  qanchalik  saqlanib 

qolganligiga  ham  bog‘liqligi  asoslangan  Bu  holat  tarbiya  jarayoniga  katta  ta’sir 

etishi  muallif        tomonidan      psixologik  nuqtai  nazardan  tahlil  qilib,  uning 



14 

 

sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. 



M.G.Davletshin  tadqiqotlarida  o‘zbek  oilasining  etnopsixologik  muammolari 

keng  qamrovli  o‘rganilgan,  shuningdek,  ta’lim  tizimida  o‘quv-tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil  etishda  etnopsixologik  omillarni  e’tiborga  olish  masalalari,  etnopsixologik 

xususiyatlarning  O‘zbekiston  psixologiya  fanida  o‘rganilganlik  darajalari  nazariy 

yo‘nalishda tahlil qilinadi. 

N.A.Sog‘inov    o‘z  tadqiqot  ishlarida  o‘zbek  oilalarida  kuzatiladigan 

ajralishlarning  etnopsixologik  xususiyatlari,  uning  farzand  tarbiyasiga  salbiy 

ta]sirlarini  uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, 

hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy-

madaniy  muhitida  ana  shu  sabablarning  qaysi  birlari  kuchliroq  ta’sirga  ega 

ekanligini  o‘zbek  qishloq  va  shahar  oilalari  misolida  hamda  erkak  va  ayollarda 

qanday kechish holatini aniqlashga erishgan. 

M.A.Sog‘inovning  ta’kidlashicha,  o‘zbek  oilalarida  er-xotinlarni  yoki  ulardan 

birini  ajralishga  undovchi  muhim  sabablar  sirasiga:  turmush  o‘rtog‘ining 

qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning 

noo‘rin  aralashuvi: turmush  o‘rtog‘ining oilaning  umumiy  masalalariga  befarqligi 

va boshqalar kiradi. 

Muallifning  e’tirof  etishicha,  o‘zbek  oilasidagi  ajralish  sabablari,  motivlari  va 

ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, 

ana  shunday  holatlarda  ularning  oldini  olish  choralari haqida  to‘xtalib,  mutasaddi 

xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . 

A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. 

Ba’zi  bir  yoshlar  oila  qurib  ota-onalik  funksiyasini  yetarli  darajada  bajara 

olmasliklari,  bu  holat  esa  yosh oilalarda  bir  qator  qiyinchiliklar  va  muammolarga 

sabab  bo‘layotganligi  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Shunga  binoan,  tadqiqotda  yoshlarni 

oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa 

va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, 

oila  qurgan  yoshlar  turmush  tarzini  kuzatib  borish  asosida  undagi  ixtiloflarning 

oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash 



15 

 

zarurligi ta’kidlangan. 



X.Karimovning  ilmiy  ishlarida  o‘zbek  oilasida  er-xotin  orasidagi  nizolar 

boshqa  millat  vakillari  (rus,  ukrain  va  boshqa)  oilalaridagi  nizolardan  farqlanishi, 

ya’ni  o‘ziga  xos  etnopsixologik  xususiyatlarga  ega  ekanligi  aniqlangan  o‘zbek 

oilalaridagi  er-xotin orasida  nizolarning kelib  chiqishiga  milliy-madaniy  muhitiga 

xos  bo‘lgan  nikoholdi  omillarining  xususiyatlari:  ya’ni  ba’zida  tanishish 

imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan 

nizo  sabablarini  tomonlar  o‘zidan  qidirmasligi,  uni  bartaraf  etishda  ota-onalarga 

tayanish,  oiladagi  o‘zaro  munosabatlar  qo‘pollik  asosiga  qurilishi  va  boshqa  bir 

qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. 

X.Karimov  tadqiqot  ishlari  natijalariga  tayanib  er-xotin  o‘rtasidagi  yuz 

beradigan  nizoli  holatlarning  klassifikatsiyasini  ishlab  chiqqan.  Nizolar 

klassifikatsiyasini  asoslashda  nizo  sabablari,  unda  ishtirok  etganlar  soni,  uning 

ifodalanish  darajalari,  nizo  o‘chog‘i,  yo‘nalganlik  xarakteri,  bosqichlari  va 

boshqalar  asos  qilib olingan.  Shu  bilan bir  qatorda,  muallif  tadqiqotlariga  tayanib 

oilaviy  nizolarning  oldini  olish  yo‘llari,  bartaraf  qilish  choralari,  unda  o‘zaro 

murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi. 

O.Shamievaning  tadqiqotlari  rahbar  ayollar  shaxsining  ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda  rahbar  ayollarning  faoliyati  ularning 

ijtimoiy-psixologik 

tuzilmasini 

ijtimoiy 

vaziyatlarga 

nisbatan 

xulqni 


muvofiqlashtirish  jarayonida  tarkib  topishi,  takomillashishi  va  rivojlanib  borishi 

ilmiy  asoslangan.  Shuningdek,  rahbarga  xos  shakllangan  sifat  va  fazilatlar 

(ijtimoiy,  psixologik  va  madaniy)  oilada  shaxslararo  munosabatlarning 

barqarorlashuviga, 

undagi 

tarbiyaviy-psixologik, 

muhitning 

yanada 


yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. 

F.R.Ro‘ziqulov  ilmiy  izlanishlarida  o‘zbek  oilalarda  ajralishning  ijtimoiy-

psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada 

ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini 

ta’minlashning  ba’zi  omillari  to‘g‘risidagi  ilg‘or  qarashlarni  va  hozirgi  kunda 

respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  davlat  ahamiyatidagi  tadbirlarni  tahlil 




16 

 

qilarkan,  oila-nikoh  munosabatlarining  jiddiy  jihatlaridan  biri  sifatida  hali  ham 



oilalarning  buzilishi  -  ajralishlar  borligini  alohida  ta’kidlab  o‘tadi.  F.Ro‘ziqulov 

ajralish  miqdori  haqida  gapirar  ekan,  «Ajralish  respublikamiz  hududida  istiqomat 

qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari, 

Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam 

bo‘lsa-da,  biroq  o‘zbek  oilalarida  ajralish  asoratlari  nihoyatda  ayanchli,  noxush 

holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy 

ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. 

Muallifning  tadqiqot  xulosalariga  ko‘ra,  ajralish  va  uning  asoratlari  o‘zbek 

oilalarida  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  ko‘p  bolalilik,  uning  murakkab 

tuzilmaliligi, 

qarindosh-urug‘chilik 

aloqalarining 

kuchliligi, 

oila-nikoh 

munosabatlarining  etnik  xususiyati  ko‘proq  saqlanib  kelganligi,  o‘zbek  oilasida 

ajralish  boshqa  xalqlarnikiga  nisbatan  qoralanishi,  er-xotinlarning  turmush 

darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi. 

 



17 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin