Diniy aqidaparastlik esa - siyosiy maqsadlar yo‘lida mavjud ijtimoiy
muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo bo‘lgan paytdagi arkonlar asosida hal
etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. Aqidaparastlar diniy e’tiqod
shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan, o‘sha zamondagi siyosiy-
ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan barcha yo‘l-yo‘riqlarning qa’tiy
hamda og‘ishmay bajarilishini talab qiladilar va shu tariqa diniy oqimlarni
ifodalashda qo‘llanadigan islohot shaklini shart qilib qo‘yadilar.
Dostları ilə paylaş: |