Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-"v" guruh talabasi



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/28
tarix02.01.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#40001
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish. (3)

«Rasizm»  so‘zi  «rasa»  (irq)  atamasidan  kelib  chiqqan.  Bu  atama  XVII 

asrdan  boshlab  Evropada  «insoniyat  nasli»ni  turli  irqiy  guruhlar,  jumladan,  «oq» 

va  «sariq»  irqqa  ajratish  uchun  qo‘llana  boshladi.Irqchilik  -  odamlar  o‘rtasidagi 

ijtimoiy  tengsizlik,  bosqinchilik,  zo‘ravonlik  va  urushlarni  kishilarning  turli 

irqlarga  mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy  ta’limot  Irqchilik 

ta’limoti  «oq  tanli»larning  afzalligi,  ularning  azaldan  «oliy  irq»  etib  tanlangani, 

boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha 

taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‘oyasi 

o‘zining  «ilohiy»  tabiatiga  ko‘ra  «oq»  irqlarni  «quyi»  irqlar  ustidan  hukmron 

qilishga  da’vat  etishga  qaratilgan  edi.  Irqchilik  milliy  mansubligi  va  terisining 

rangiga  ko‘ra  farqlanib  turuvchi  kishilarga  tazyiq  o‘tkazish,  ularni  haqoratlash, 

urish  va  o‘ldirish  kabi  harakat-hodisalarda  yaqqol  namoyon  bo‘ldi.  U  buyuk 

davlatchilik,  ashaddiy  shovinizm,  «tanlangan»  xalqlarning  milliy  afzalligi 

g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga 

nisbatan  bosqinchilik,  ta’lonchilik  amaliyoti  bilan  yaqindan  bog‘liqdir.  Irqchilik 

ta’limoti  bilan  qurollangan  fashistlar  Germaniyasi  «oriylar  irqi»  hukmronligini 

o‘rnatish maqsadida jahon urushini bashlagani bunga yaqqol misoldir. Hozir ham 



 

 

 



21 

reaksion 

mafkuraga 

asoslangan 

kayfiyatdagi 

ayrim 


guruhlar, 

ularning 

nazariyotchilari  irqchilik  g‘oyalarini  targ‘ib  etib,  «qoloq»  xalqlarning  go‘yo 

mustaqil  rivojlanishga  ruhiy  tayyor  emasliklarini  da’vo  qilmoqdalar.  Dunyoning 

turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va harakatlarni xalqlar ozodligini bo‘g‘ishga 

ular  ustidan  hukmronlik  o‘rnatishga  intilish  deb  tushunish  mumkin.  Sobiq  ittifoq 

parchalanib ketganidan so‘ng ba’zi imperiyacha fikrlovchi ayrim siyosatdonlar va 

ularning  nazariyotchilari  qarashlarida  ham  irqchilik  kayfiyatlari  paydo  bo‘lganini 

kuzatish  mumkin.  Bunday  qarashlarning  asossiz  ekanini  hayot  ko‘rsatmoqda. 

Ma’lumki,  irqlar  odamlarning  ikkilamchi  tashqi  nasli  xususiyatlari  (badanining 

rangi  yuz-bosh  tuzilishi  kabi  belgilari)  bir  xil  bo‘lgan,  tarixiy  darda  shakllangan 

guruhlardir. Dunyoda evropalik, mo‘g‘ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan 

uch  asosiy  irq  bor.  Insonning  jismoniy  tuzilish  asoslari  (suyak  mushak  miya  va 

tananing  boshqa  a’zolari)  barcha  irqqa  mansub  kishilarda  bir  xildir.  Butun 

insoniyat  yagona  biologik  turga  -  «Homo  sapiens»  mansubdir.  Tarixiy  taraqqiyot 

davomida irqlarning aralashuvi irqiy belgilarning o‘zgarishi sodir bo‘lib kelgan va 

u  hozir  ham  davom  etmoqda.  Barcha  irqlar  madaniy  taraqqiyotga  birdek 

qobiliyatlidirlar.  Irqchilik  insoniyatga  qarshi  g‘oyadir.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan. 

Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi. Yana 

bir  eng  yovuz  g‘oyalardan  biri  –  terrorizmdir.  Bugungi  kunda  insoniyatga  katta 

tahdid solmoqda. 




Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin