Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-"v" guruh talabasi


Mafkura  yakkahokimligi  tushunchasi  va  uning  mohiyati



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix02.01.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#40001
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish. (3)

Mafkura  yakkahokimligi  tushunchasi  va  uning  mohiyati  Alohida 

mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda biron-bir mafkuraviy tizim 

yagona  ilmiy  jihatdan  asoslangan  eng  adolatli,  jamiyatdagi  muayyan  qatlam 

manfaatlarini  ifoda  etuvchi  mafkura  deb  e’lon  qilinadi.  O‘zining  mohiyati  yoki 

biron  bir  jihati  bilan  undan  farq  qiluvchi  g‘oyalar,  qarashlar,  mafkuralar  yot  va 

dushman mafkuralar sifatida e’tirof etiladi.  



G‘oya  va  mafkurani  mutlaqlashtirishning  g‘ayriinsoniyligi  Bu  siyosat 

harbiy-hududiy  va  mafkuraviy  bosqinchilik  qilishga,  o‘zining  mustabidchilik 

tartiblarini  keng  miqyosida  qaror  toptirishga  qaratiladi.  Lekin,  tarixiy  haqiqat 

shundan  iboratki,  mustabidchilik  mafkuralarining  turli  andozalari  va  ularning 

loyihalari asosida yaratilgan, demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada 

halokatga  uchrashi  muqarrar.  SHu  sababli  yakkahokimlikka  intilgan,  mutlaq 

haqiqatni  e’tirof  etishga  da’vo  qiladigan  mafkuraning  istiqboli  yo‘q.  CHunki,  u 

yakkahokimlik o‘rnatish barobarida o‘zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-

barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya 

                                                             

1

 Каримов И.А. «Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва 



тараққиёт кафолатлатлари. -Т.: «Ўзбекистон», 1997, 51- бет

 



 

 

 



16 

g‘oyalari  hukmron  mafkuraga  aylansa,  hurfikrlik,  vijdon  erkinligi  va  qarashlar 

xilma-xilligi cheklanadi. Mutlaq haqiqatga egalik da’vosi, mustabidlik prinsiplarini 

kuchaytiradi.1991  yilda  sobiq  Ittifoq  tarqalib  ketishi  bilan  uzil-kesil  inqirozga 

uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat? 

Birinchidan,  u  o‘zini  insoniyat  tafakkuri  erishgan  eng  yuksak  cho‘qqi,  mutlaq 

haqiqat ifodasi deb hisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizga yot degan 

aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi; 

Ikkinchidan,  bu  mafkura  targ‘ibotchilari  zo‘ravonlik  prinsipi  «majbur  qilamiz» 

qabilida  ish  tutar,  ushbu  g‘oyalar  hamma  joyda,  hamma  vaqt  hech  istisno  va 

to‘xtovsiz targ‘ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishiga yo‘l qo‘yilmas 

edi. Kimki bu g‘oyaga qarshi chiqsa, shafqatsiz jazolanar, butun davlat mexanizmi 

ana shu jazoni turli shakllarda amalga oshirishga qaratilgan edi. 

Uchinchidan,  bu  mafkura  nomigagina  ijtimoiy  guruhlar  mafkurasi  edi.  Aslida 

sobiq  Ittifoq  davrida  ziyolilar,  dehqonlar,  xizmatchilar,  qolaversa,  «etakchi  sinf» 

bo‘lgan  ishchilarning  orasida  ham  mafkuradan  norozi  bo‘lganlar  bor  edi.  Lekin 

metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi; 



To‘rtinchidan,  bu  mafkura  hech  kimga  vijdon  erkinligi,  o‘z  fikrini  ochiq  bayon 

etish,jumladan,  xorij  fuqarolari  bilan  xolisona  muloqatda  bo‘lishga  ham  yo‘l 

qo‘ymas  edi.  Bordi-yu  kimdir  shunga  jur’at  etsa,  «xalq  dushmani»,  «burjuaziya 

malayi»ga aylanar edi; 



Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalmilallik zo‘r 

berib  kuylanardi.  Kimki  milliy  qadriyatlar  to‘g‘risida  gap  ochsa,  darhol 

«millatchi»ga chiqarib qo‘yilardi. Milliy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, mutaxassis, 

ziyoli, olim, boshqalar «qoloq», «shubhali kishi» hisolanardi; 



Oltinchidan,  bu  davrda  milliy  tarix,  xususan,  O‘zbekiston  tarixi  mutlaqo  tan 

olinmas edi. Nari borsa, ular ko‘pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos; 



Ettinchidan,  xalqlarning  diniga,  diniy  merosiga,  diniy  qadriyatlariga  nisbatan 

mutlaqo  noto‘g‘ri  munosabatda  bo‘lishar  edi.  Jumladan,  xalqimizning  ulug‘ 

siymolari  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Ahmad  YAssaviy,  Najmiddin  Kubro, 

Bahouddin  Naqshband,  Mahmud  Zamahshariy,  Imom  Moturidiy,  So‘fi  Olloyor 

kabi allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, ulardan foydalanish taqiqlangan 

edi; 



Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin